• MUSTAQIL ISH №1 Mavzu: Hozirda ishlab chiqarilayotgan shaxsiy kompyuterlarning protsessorlari va ularning xususiyatlari.
  • «axborot texnologiyalari va menejment universiteti» «di-117-22 dasturiy injinering»




    Download 1,06 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet1/2
    Sana24.05.2024
    Hajmi1,06 Mb.
    #252485
      1   2
    Bog'liq
    Toshqulov



     
     
     
     
     
    «AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA MENEJMENT 
    UNIVERSITETI»
     
     
    «DI-117-22 DASTURIY INJINERING» 
     
    «AXBOROT TEXNOLOGIYALARI» KAFEDRASI
     
    «KOMPYUTERNI TASHKIL ETISH» FANIDAN
     
     
    MUSTAQIL ISH №1 
     
    Mavzu: 
    Hozirda ishlab chiqarilayotgan shaxsiy kompyuterlarning 
    protsessorlari va ularning xususiyatlari.
     
     
     

    Bajardi: Toshqulov T.X.
     

     
    Qabul qildi: Hoshimov O.
     
     
     
     
     
     
    Qarshi – 2024 y.
     
     


    Mazvu:Hozirda ishlab chiqarilayotgan shaxsiy 
    kompyuterlarning protsessorlari va ularning x
    ususiyatlari 
    Reja 
    1.Kirish
    2.Hozida ishlab chiqarilayotgan shaxsiy kompyuterlarning
    protsessorlari 
    3.Protsessorlarning xususiyatlari 
    4.Xulosa 
    5.Foydalanilgan adabiyotlar 


    Protsessorlar haqida umumiy ma’lumot va ularni tanlash bo’yicha 
    maslahatlar 
    Protsessor kompyuterning “miyasi” hisoblanadi va uning ichidagi chip har 
    xil hisoblash va boshqa vazifalarni amalga oshiradi. Qanday kompyuter 
    sotib olishingizga qarab, protsessor qimmat yoki arzon bo’lishi mumkin. 
    Kompyuteringizning samarali ishlashi protsessorning sifatiga va qanday 
    turkumga kirishiga ham bog’liq. Kompyuter sotib olayotganda to’g’ri 
    protsessorni tanlash chuqur texnik bilimni talab qiladi, shuning uchun men 
    bu maqolamda protsessorning, asosan, qaysi xususiyatlariga e’tibor berish 
    kerakligini aytib o’taman. Bular protsessorning tezligi (частота-frequency), 
    nechta yadrosi borligi, brend (qaysi kompaniya tomonidan ishlab 
    chiqarilgani) va kesh xotirasi kabi xususiyatlaridir. 
    Protsessorning tezligi uning eng asosiy jihatidir. Odatda, bu ma’lumot 
    protsessorning ustida yozilgan bo’ladi (“2,8 GHz” yoli “2,6 GHz” degan 
    yozuvlar). Protsessorning 
    tezligi qancha yuqori bo’lsa, shuncha yaxshi, 
    lekin, zamonaviy protsessorlarda ko’p yadrolilik ( dual core, quad core) 
    degan tushuncha ham bor. Bitta protsessorning o’zida ikkita, to’rtta va eng 
    zamonaviy protsessorlarda 8 ta gacha yadro bor. Protsessorda yadro 
    qanchalik ko’p bo’lsa, u ham shunchalik yaxshi, ammo, ko’p yadroli 
    protsessorlar bir yadroli protsessorlardan ancha qimmat turadi.
    H
    ozirda ko’pchilik xaridorlar ikki yadroli protsessorlarni (dual core yoki 
    core2duo) sotib olishmoqda, lekin ikki yadrolik protsessorning ishlash 
    samarasi uning qanday programmalar uchun ishlatilishiga bog’liq. Oddiy 
    ofis kompyuteri uchun ikki yadroli protsessor shart emas, bir yadroli 
    Celeron protsessorlari ham hujjat yozish kabi vazifalarni a’lo darajada 
    bajarishadi, lekin, o’yin o’ynashni yoki videomontaj qilish bilan 
    shug’ullanadigan foydalanuvchi uchun ikki yadroli protsessor qo’l kelishi 
    mumkin. 


    Protse
    ssorning yana bir asosiy xususiyatlaridan biri uning brendi, ya’ni 
    qaysi kompaniya tomonidan ishlab chiqilganidir. Protsessor ishlab 
    chiqaruvchi ikkita gigant mavjud 
    – Intel va AMD. Bu kompaniyalar va 
    ularning qay birining mahsuloti yaxshiroq ekanligi haqida azaliy munozara 
    bor, men bu munozaraga qo’shilmagan holda, Intel kompaniyasi 
    protsessorlari bizga har jihatdan qulay ekanligini aytib o’tmoqchiman, xolos. 
    Protsessorlarning kesh xotirasi ham asosiy xususiyatlardan biridir. Kesh 
    xotira ham qanchalik 
    katta bo’lsa, shuncha yaxshidir. Zamonaviy 
    protsessorlarda 1mb, 2mb va undan ortiq kesh xotira mavjud. 
    Quyidagi misolda bir nechda protsessorlar va ularning xususiyatlari 
    keltirilgan. Ular orasidan qaysi biri siz uchun mos kelishini tanlab olsangiz 
    ham b
    o’ladi. Bu yerda ularning O’zbekiston bozorlaridagi taxminiy narxlari 
    ham berilgan. 
    Protsessor Intel Celeron 440 
    Ishlab chiqaruvchi: Intel 
    Turkum: Celeron 
    Protsessor tezligi: 2 GHz 
    Yadrolar soni:1 ta 
    L2 kesh xotirasi: 512kb 
    Narxi: 101, 200 so’m 
    Protsessor Intel Core 2 Quad Q8300 
    Ishlab chiqaruvchi: Intel 
    Turkum: Core 2 Quad Yorkfield 
    Protsessor tezligi: 2,5 GHz 
    Yadrolar soni: 4 ta 
    L2 kesh xotirasi: 4 mb 
    Narxi: 386, 400 so’m 


    Protsessor Intel Core i7-920 
    Ishlab chiqaruvchi: Intel 
    Turkum: Core i7 
    Protsessor tezligi: 2,6 GHz 
    Yadrolar soni: 4 ta 
    L2 kesh xotirasi: 1 mb 
    Narxi: 770, 500 so’m 
    Protsessor AMD Athlon II X2 240 
    Ishlab chiqaruvchi: AMD 
    Turkum: Athlon II 
    Protsessor tezligi: 2,8 GHz 
    Yadrolar soni: 2 ta 
    L2 kesh xotirasi: 2 mb 
    Narxi: 218,500 so’m 
    Protsessor AMD Phenom II X4 
    Ishlab chiqaruvchi: AMD 
    Turkum: Phenom II X4 
    Protsessor tezligi: 3 GHz 
    Yadrolar soni: 4 ta 
    L2 kesh xotirasi: 2 mb 
    Narxi: 644.000 so’m 
    Protsessor AMD Athlon II X4 630 
    Ishlab chiqaruvchi: AMD 
    Turkum: Athlon II X4 
    Protsessor tezligi: 2,8 GHz 
    Yadrolar soni: 4 ta 
    L2 kesh xotirasi: 2 mb 
    2007 yil yanvar oyi boshlarida Las-Vegasda bo’lib o’tgan CONSUMER 
    ELECTRONICS SHOW (CES) 2007 xalqaro ko’rgazmasida Intel korporasiyasi yana 
    uchta to’rt yadroli, shu jumladan Intel®Core™2 Quad savdo belgisi bilan ish joyi 


    kompyuterlari uchun prosessor modelini ham rasmiy taqdim etdi. Endi to’rt 
    yadroli prosessorlar bilan kompyuterlarni barcha sotib olishi mumkin bo’ladi. 
    Hozirgi kunda Intel korporasiyasi ish joyi kompyuterlari va korporativ server-
    sistemalar bozor segmenti uchun mo’ljallangan to’rt yadroli prosessorlar to’qqizta 
    modellarini taqdim etadi.
    Intel®Core™2 Quad prosessori to’rta hisoblash yadrosiga ega va kompyuter 
    sezgirligi, katta tezligini ta’minlaydi. Bu yangi to’rt yadroli prosessorni 
    distribyuterlar orqali buyurtma bilan olish mumkin va Intel marketing dasturi 
    ishtirokchilari — kompaniyalar-yig’uvchilar ish joyi kompyuterlarida foydalanish 
    uchun olishlari mumkin. Intel kompaniyasi bir prosessorli serverlar uchun to’rt 
    yadroli prosessorlar ikki modellarini ishlab chiqarish boshlanishini ham ma’lum 
    qildi. Yangi prosessorlari eng ilg’or Intel Core 2 Duo va to’rt yadroli prosessorlar 
    oilasini to’ldiradi, hozirda ish joyi kompyuterlari, noutbuklar va serverlar uchun 29 
    ta ikki yadroli va to’rt yadroli modellari mavjud.
    «Ommaviy kompyuterlar uchun to’rt yadroli prosessorlar texnologiyasini taqdim 
    etib, Intel navbatdagi ildam odimni amalga oshirdi — Intel korporasiyasi 
    prezidenti va bosh ijrochi direktori Pol Otellini (Paul Otellini) — ish joyi 
    kompyuterlari endi foydalanuvchilarga yangi va ajoyib imkoniyatlarni taqdim etib 
    ilgari faqt superkompyuterlar ega bo’lgan mahsuldorlik darajasiga erishadilar». 
    Intel ko’p yadroli prosessorlari foydalanuvchining kompyuter bilan ishlashi deyarli 
    barcha tomonlarini yaxshilashga imkon beradi. Intel®Core™ revolyusion 
    mikroarxitektura asosida yaratilgan bu mikroprosessorlar yuksak mahsuldorlikka 
    ega va o’yinlar uchun kompyuterlarga mo’ljallangan. Ularning asosiy ustunliklari 
    — zamonaviy qo’shimchalarni bozor shu qismi uchun xos bo’lgan parallelizm 
    yuksak darajasida ta’minlashidan iborat. To’rt yadroli prosessorlari ustunliklari va 
    qudratli imkoniyatlaridan to’la darajada foydalana oladigan ko’p yo’nalishli 
    qo’shimchalar va keyingi avlod o’yinlari yaratish sohasida Intel korporasiyasi DT 
    ishlab chiqaruvchilari bilan faol hamkorlik qilmoqda. To’rt hisoblash yadrosi 


    hisobiga bunday prosessorlar asosidagi kompyuterlar Adobe After Effects*, 
    Premiere Pro 2.0*, Windows Media Encoder*, Snapstream* va Win DVD* kabi 
    yuqori tezlikda hisoblash bilan ko’p oqimli qo’shimchalarni bajarish uchun juda 
    mos yechim hisoblanadi. Agarda yaqinda Microsoft Windows Vista* taqdim 
    etilganini eslasak bozorga yangi dasturiy tizim va uning barcha imkoniyatlarini 
    ta’minlaydigan yangi prosessorlar deyarli bir vaqtda chiqarilishi kamdan-kam 
    uchraydigan holatidir. 
    Mahsuldorlik yangi darajalaridan tashqari to’rt yadroli prosessorlar 
    foydalanuvchilar uchun multimediali axborotlar va raqamli o’yinlarni yaratish, 
    tahrir qilish, ko’rish va tinglash uchun imkoniyatlarni kengaytiruvchi ko’p masalali 
    hisoblash muhitini ta’minlaydi. Intel®Core™2 Quad prosessori bilan kompyuterlar 
    yuksak aniqlikdagi videoni ko’rish uchun mos keladi. Ulardan oilaviy multimediali 
    dam olish marzkalari sifatida ham foydalanish mumkin — chunki bir necha 
    talabchan qo’shimchalarni bir vaqtda bajarilishi mumkin bo’ladi. To’rtta hisoblash 
    yadrolari bir ncha multimediali oqimlar bilan ishlashga imokn beradi, shuning 
    uchun Intel® Viiv™ texnologiyasi asosidagi yangi prosessorlar bilan shaxsiy uy


    kompyuter o’yinlar, dam olish uchun juda keng imkoniyatlarni ta’minlab raqamli 
    uy konsepsiyasiga juda mos keladi

    Protsessorning turi va xususiyatlarini aniqlash usullar
    Bilamizki, kompyuterning ishlash samaradorligini ta’minlovchi «yuragi» – uning 
    protsessori hisoblanadi. Ayni shu qismiga ko‘p narsa bog‘liq. Xo‘sh, siz o‘z 
    kompyuteringizda qanaqa protsessor o‘rnatilganini bilasizmi?
    Buni aniqlashning quyidagi yo‘llari mavjud:
    Birinchi usul: Vazifalar dispetcheri yordamida
    Ekranning pastki qismiga – vazifalar panelining bo‘sh joyiga sichqonchaning o‘ng 
    tugmachasi bilan chertamiz. Ochilgan menyuda «Vazifalar dispetcheri», ya’ni 
    «Dispetcher zadach» bandini tanlaymiz. 


    Ochilgan dispetcher oynasidagi ikkinchi – «Proizvoditelnost» varaqasiga o‘tamiz, 
    unda kompyuterning ishlash samaradorligi xususiyatlarini aks ettiradi. Eng yuqori 
    qismida esa qurilmangizning markaziy protsessori haqidagi ma’lumotlar ham 
    ko‘rsatiladi. 

    Download 1,06 Mb.
      1   2




    Download 1,06 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    «axborot texnologiyalari va menejment universiteti» «di-117-22 dasturiy injinering»

    Download 1,06 Mb.
    Pdf ko'rish