|
Axborot texnologiyalari va
|
bet | 1/2 | Sana | 13.05.2024 | Hajmi | 5,1 Mb. | | #228215 |
Bog'liq Oybek Maxsudov (Individual loyiha)
AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA
KOMMUNIKATSIYALARINI RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI
MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI
TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI
“Axborot texnologiyalarining dasturiy taminoti” kafedrasi
“Individual loyiha” ishi
Mavzu: WebSocket lar asosida real-time chat.
Bajardi:Maxsudov O.
(F.I.O.)
Rahbar: Bo’riev Y.
(F.I.O.)
Toshkent 2022
MUNDARIJA
Kirish
I. Loyihadan ko’zlangan maqsad
II. Loyihaning arxitekturasi va uni realizatsiya qilish
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar
Kirish
Barchaga ma’lumki raqamli texnologiyalar kundan kunga rivojlanib bormoqda. Aytish mumkinki, biz yashab turgan ayni davr, allaqachon, Raqamli Texnologiyalar davri deb nomlanib bo’ldi. Rivojlanish shu darajada jadalki shu onda ishlab chiqilgan mahsulot (albatta, dasturiy mahsulot) 10 daqiqadan keyin hamma uchun tanish, shu vaqtning o’zida yangi bo’lmagan mahsulot deb hisonlanadi. Shunday bir holatda yangi g’oya bilan dunyoga chiqib shu pazitsiyani “ushlab” tura olish hazilakam ish emas, albatta.
Har birimiz shu davrning o’ziga xosliklaridan nasibador bo’lib qolishimiz kerak, nazarimda. Kichik loyihalar bo’lsada qilib ko’rib, kundalik hayotimizda amalga oshirgan loyihamizdan foydalanib, ishimizni bir muncha osonlashtirishga yoki bo’lmasa hech bo’lmaganda hayotimizga rangbaranglik olib kirishga qiziqishim bo’lishi kerak.
Shaxsan o’zim mustaqil holda turli dasturiy ta’minotlar ishlab chiqishga qiziqaman. Shulardan birini mana shu loyihada yoritib berishga harakat qilaman. Oldin dasturiy ta’minotni ishlab chiqishdan ko’zlangan maqsadlar bilan tanishamiz. Keyin asta sekinlik bilan kod qismiga o’tamiz.
Loyihadan ko’zlangan maqsad
Yuqorida aytib o’tilganidek joriy davr Raqamli Texnologiyalar davri deb tilga olinadi. Bundan tashqari, ushbu asrni Ijtimoiy tarmoqlar asri deb nomlasak mubolag’a bo’lmaydi. Ijtimoiy tarmoqlar rivojlanib borgani sari butun dunyo bitta qishloqqa o’xshab qoldi. Yangiliklar juda tez yoyiladi, dunyoning narigi chekkasida sodir bo’lgan hodisani ijtimoiy tarmoqalar yordami, kerak bo’lsa real vaqtda kuzatsa bo’ladigan darajaga ham yetishildi. Haqiqatda inson yaqinlari bo’lsin, tanishlar bo’lsin ular bilan muloqotda bo’lishni, albatta, istaydi. Bu uchun esa ijtimoiy tarmoq ajoyib yechim sifatida ko’rildi. Buni sezgan bir nechta gigant kompaniyalar o’zlarining ijtimoiy tarmoqlari bilan maydonga chiqishdi. Facebook, Instagram, Telegram, YouTube, Twitter kabi tarmoqlar shular jumlasidan. Barchasining o’ziga xos yondashuvi mavjud.
Aslini olganda ularning ishlashi sohadan ozmoz habari bor odamga juda qizib tuyuladi. Masalan, Telegram dan yozilgan habar qanday qilib zudlik bilan hamsuhbatga ko’rindi, yoki YouTube qanday qilib men uchun haqiqatda qiziq bo’lgan videoni menga taklif qilyapti, qanday qilib jonli translyatsiyalar amalga oshirilmoqda, va h.k.
Bayoni keltirilayotgan ushbu loyihada, Telegram kabi real-time axborot almashiniladi. Albatta, funksionallik Telegramdagi kabi kuchli bo’lmaydi va IU ham o’ziga yarasha bo’ladi, ammo, e’tibor qaratilishi kerak bo’lgan jihatlar bular emas.
Loyihani shakllantirishdan maqsad, hech bo’lmaganda Telegram ga o’xshagan real-time messengerlarning xonaki bo’lsada variantlari qanday ishlashi haqida tasavvur hosil qilish.
Yuqorida aytilganidek, ijtimoiy tarmoqlar ma’lum kompaniyalarga tegishli. Odamlar ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish jarayonida shaxsiy ma’lumotlaridan ham foydalanishlari mumkin. Lekin bir savol tug’iladi, bu kompaniyalar qay darajada ishonchli, ular bizning ma’lumotlarimizdan g’arazli maqsadlarda foydalanmasliklariga kim kafolat beradi? Loyihaning ikkinchi maqsadi borki, u ham bo’lsa, kelajakda yuqorida sanalgan ijtimoiy tarmoqlarning mahalliylashtirilgan, milliy alternativlarini ishlab chiqilishiga bir turtki bo’lishdir.
Endi esa bevosita loyihaning arxitekturasiga o’tamiz.
|
| |