Robototexnika soxasi
Ma`lumki, «robot» so’zi bizning tilimizga ilmiy fantastikadan kirib kelgan. Birinchi bor bu suzni oltmish yil oldin taniqli chex fantast yozuvchisi Karel Chepek ishlatgan. Ammo «mexaniq odamlar» undan oldinrok xam ma`lum edi. O’rta asrlarda inson iste`dodlariga ega bo’lgan musiqachi-qo’g’irchoq yoki rassom-qo’g’irchoqlar paydo bo’lganligi ma`lum.
Komp`yuter asri boshlanishi bilan insonni og’ir va zararli mehnatdan ozod etadigan robotlar paydo bo’ldi.
Ular garchi odam kiyofasida bo’lmasa-da, ko’plab funksiyalarni (ishlarni) bajara oladilar. Masalan, UzDAEWOOavto O’zbekiston — Koreya qo’shma avtomobil` korxonasida turli ishlarni bajaradigan robotlar keng qo’llanilmoqda.
Bugungi kunda robotlar mashinasozlik zavodlarida, po’lat quyish sexlarida, ximiyaviy laboratoriyalarda, qurilishda keng qo’llanilmoqda. Robotlarni yaratish bilan shug’ullanadigan texnikaning maxsus shoxobchasi — robototexnika paydo bo’ldi.
Robotlar orasida keng tarqalgani bu robot manipulyatorlardir. Manipulyatorlar — o’ta sezgir va kuchli mexaniq quldir.
Robotlarni komp`yuter boshqarib turadi, ya`ni komp`yuter robotning «miyasi»dir, ular telekameralar orqali «ko’rib», mikrofonlar yordamida «eshitadilar», ya`ni axborot qabul qiladilar. Maxsus datchiqlar «sezgi» organi vazifasini o’taydi.
|