8
qanday maqsadlarda foydalanayotganiga qarab, baholashi mumkin.
Bundan kelib chiqadi-ki, axborot
paragmatik, semantik va
sintaktik
aspektlarga ega.
Paragmatik aspekt – olinayotgan axborotni qo„llash orqali
belgilangan maqsadga erishishdir. Bu iste‟molchining holatiga ta‟sir
qiladi. Agar axborot samarali bo„lsa, iste‟molchining holati yaxshi
tomonga o„zgaradi.
Semantik aspekt – berilayotgan axborotning ma‟nosini baholash
imkonini beradi va tilning ma‟noviy elementlari yoki so„zlari o„rtasidagi
semantik bog„liqlikni aniqlaydi.
Sintaktik aspekt – axborotni taqdim etish usuli bilan bog„liq bo„lib,
axborot ishtirok etayotgan real jarayonga qarab (uni yig„ish, tasvirlash,
uzatish, shakl almashtirish, kiritish yoki chiqarish) maxsus belgilar,
nishonlar ko„rinishida taqdim etiladi.
Jamiyat va tabiatni o„zgartirish uchun insoniyat faoliyatining har
qanday turi yangi axborotlarni olish bilan kuzatilgan. Tabiat, jamiyat va
fikrlashning obyektiv qonuniyatlarini ifodalovchi mantiqiy axborot
«
ilmiy axborot» nomini olgan. Uni olinish yoki qo„llanilish sohalariga
qarab turlarga ajratish mumkin. Masalan,
siyosiy,
iqtisodiy,
fizik,
ximik,
matematik va boshqalar. Ilmiy axborot bilan bir qatorda texnika sohasida
ishlab chiqarish masalalarini yechishda
texnik axborot qo„llaniladi. U
yangi mahsulotlar, materiallar, agregatlar, konstruktsiyalar, texnologik
jarayonlarning ishlab chiqilishida asosiy omil bo„ladi. Ayrim hollarda,
ilmiy va texnik axborotlar birlashtirilib,
ilmiy-texnik axborot deb
yuritiladi. Axborotlarni vazifalariga ko„ra ham turlarga ajratish mumkin: