• Tarkibiy boyitishda
  • Paragmatik boyitish
  • Axborot tizimlari nazariy asoslari magistratura mutaxassisliklari uchun o




    Download 1,73 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet10/96
    Sana30.01.2024
    Hajmi1,73 Mb.
    #148577
    1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   96
    Bog'liq
    ATT

    Obyekt namunasi – bu to„plamning aniq bir elementi. Masalan, 
    avtomobilning davlat raqami obyekt bo„lishi mumkin. Bu obyektning 
    namunasi aniq nomer – 01 K 874 BA. 
    Sinf – bu real hayotning tarkibi va umumiyligi bilan bog„langan 
    elementlar to„plamidir. Sinf elementi – berilgan to„plamning aniq 
    elementidir. Masalan, avtomobillarni ro„yxatga olish nomerlari sinfi. 
    Axborotning 
    ortiqchaligini 
    kamaytirish 
    uchun 
    «boyitish» 
    jarayonidan foydalaniladi. Masalan, korxona xodimlari ro„yxatini 
    kompyuterda saqlashda ayrim hollarda familiyalarining boshlang„ich 
    uchta xarfini kiritish kifoya. Axborotlarni boyitish usullari ichida 
    tarkibiy, statistik, semantik va paragmatik boyitishlarni ajratish mumkin. 
    Tarkibiy boyitishda talab qilingan aniqlik, axborot manbalarining 
    xizmat ko„rsatish tezligi va tahlil qilinayotgan jarayon chastota spektriga 
    bog„liq bo„lgan axborotni ifodalovchi parametrlarini o„zgartirish nazarda 
    tutiladi. 
    Statistik boyitishda statistik ma‟lumotlarni jamlash, jamlangan 
    ma‟lumotlardan saralanganlariga ishlov berish amalga oshiriladi. 
    Semantik boyitish axborotning mazmunini, hisoblashlar va 
    bildirishlar, tushunchalarni ajratish va tasniflash, mantiqiy formalarni 
    minimallashtirishni bildiradi. Semantik boyitish natijasida ishlov 
    berilayotgan yoki uzatilayotgan axborotni umumlashtirishga va undagi 
    mantiqiy qarama-qarshiliklarni yo„qotishga erishiladi. 
    Paragmatik boyitish qaror qabul qilish uchun axborotni qo„llashda 
    muhim bosqich hisoblanadi. Olingan axborotlardan foydalanuvchi 
    maqsad va vazifalariga mos keluvchi eng zarurlari tanlab olinadi. 
    Axborotlarga ishlov berish 
    Axborotlarga ishlov berish deyilganda, bir «axborot obyekti» ustida 
    ma‟lum bir algoritmlarning bajarilishi natijasida boshqa «axborot 
    obyekti»ni shakllantirish tushuniladi. Bu jarayon axborotning turli- 
    tumanligi va hajmi ortishining asosiy vositasi hisoblanadi. 
    Ishlov berishning eng yuqori darajasida sonli va sonli bo„lmagan 
    ishlov berish usullarini ko„rsatish mumkin. Ko„rsatilgan ishlov berish 
    turlari «ma‟lumot» tushunchasiga turlicha izoh beradi. Sonli ishlov 
    berishda o„zgaruvchi, vektorlar, matritsalar, ko„p o„lchovli massivlar, 


    14 
    o„zgarmaslar kabi obyektlar qo„laniladi. Sonli bo„lmagan ishlov 
    berishda obyekt sifatida fayllar, yozuvlar, maydonlar, tarmoqlar, 
    nisbatlar va hokazolar olinishi mumkin. Yana bir farqli tomoni shundaki, 
    sonli ishlov berishda ma‟lumotlar mazmuni katta ahamiyatga ega emas, 
    ayni vaqtda sonli bo„lmagan ishlov berishda bizni yaxlitligicha mosligi 
    emas, balki obyekt haqida ma‟lumotlar qiziqtiradi. 
    Zamonaviy hisoblash texnikasi yutuqlari nuqtai nazaridan 
    axborotlarga ishlov berishning quyidagi turlarini ajratish mumkin: 
    ketma-ket ishlov berish, bir protsessorga ega bo„lgan, an‟anaviy 
    fon-neyman arxitekturali EHMlarda qo„laniladi; 
    parallel ishlov berish, EHMda bir necha protsessor bo„lganda 
    qo„llaniladi; 
    konveyerli ishlov berish, turli masalalarni yechish uchun EHM 
    arxitekturasida ayni bir manbalardan foydalanish bilan bog„liq. 
    Elektron hisoblash mashinalarning mavjud arxitekturalarini 
    axborotga 
    ishlov berish nuqtai nazaridan quyidagi sinflardan biriga taalluqli 
    deb olish qabul qilingan: 
    Buyruq va ma’lumotlar yakka oqimli arxitekturaci (SISD). Bu 
    sinfga, «atribut-qiymat» juftligi bilan ishlovchi, markaziy protsessor 
    bo„lgan, an‟anaviy fonneyman arxitekturali bir protsessorli tizimlar 
    tegishlidir. 
    Buyruq va ma’lumotlar yakka oqimlari arxitekturaci (SIMD). Bu 
    sinfning alohidaligi, bir xil protsessorlarni boshqaruvchi bir (markaziy) 
    nazoratchining 
    mavjudligi 
    hisoblanadi. 
    Nazoratchi, 
    protsessor 
    elementlari imkoniyatlariga, protsessorlar soniga, qidiruv rejimini 
    tashkilashtirish va manzil tasniflariga qarab, quyidagilarni ajratish 
    mumkin: 
    vektorli va matritsali masalalarni yechish uchun qo„llaniluvchi 
    matritsali protsessorlar; 
    sonli bo„lmagan masalalarni yechishda va unda saqlanayotgan 
    ma‟lumotlarga to„g„ridan-to„g„ri murojaat qilish mumkin bo„lgan 
    xotiralarni qo„llovchi assosiativ protsessorlar; 
    sonli va sonli bo„lmagan ishlov berish uchun qo„llaniluvchi 
    protsessor ansambllari; 
    vektorli va konveyerli protsessorlar. 
    Ko‘p oqimli buyruqlar va bir oqimli ma’lumotlar arxitekturalari 
    (MISD). Bu sinfga konveyerli protsessorlarni kiritish mumkin. 
    Ko‘p oqimli buyruqlar va ko‘p oqimli ma’lumotlar arxitekturalari 


    15 
    (MIMD). Bu sinf axitekturalariga quyidagi konfiguratsiyalarni kiritish 
    mumkin: multi protsessorli tizimlar, multiishlov beruvchi tizimlar, ko„p 
    mashinalardan tashkil topgan hisoblash tizimlari, hisoblash tarmoqlari. 
    Ma‟lumotlar bilan ishlash jarayonini shartli ravishda quyidagicha 
    taqsimlash mumkin: 
    Ma’lumotlarni yaratish – ishlov berish jarayoni sifatida, qandaydir 
    algoritmning bajarilishi natijasida axborot yaratishni va keyinchalik 
    undan yuqori darajalarda foydalanishni nazarda tutadi. 
    Ma’lumotlarni modifikatsiyalash – yangilarini kiritish va 
    keraksizlarini yo„qotish yo„li bilan amalga oshiriluvchi, aniq predmet 
    sohasidagi o„zgarishlarni tasvirlash bilan bog„liq bo„lgan axborotlardir. 
    Xavfsizlik, nazorat va yaxlitlik – axborot modelida predmet 
    sohasining holatini tasvirlash uchun yo„naltirilgan va axborotning 
    xavfsizligini, texnik va dasturiy vositalar zararlanishi va uzilishlaridan 
    himoyalanishni ta‟minlaydi. Kompyuter xotirasida saqlanayotgan 
    axborotni qidirish, turli so„rovlarga javob berishda mustaqil harakat va 
    axborotga ishlov berishda yordamchi amal sifatida amalga oshiriladi. 
    Qaror qabul qilish – axborotga ishlov berishda bajariluvchi asosiy 
    amal hisoblanadi. Qabul qilinadigan qarorlarnig ko„pligi turli matematik 
    modellardan foydalanish zaruratini keltirib chiqaradi. 
    Hisobotlar, hujjatlar yaratish – axborotni ham inson, ham 
    kompyuter tomonidan o„qiy olish mumkin bo„lgan formaga 
    aylantirishdir. Bu amal xujatlarni saralash va skanerlash, hisoblash, 
    ishlov berish amallari bilan bog„langan. 
    Axborotlarga ishlov berish amallari eng keng qo„llaniladigan muhit 
    qarorlar qabul qilish muhiti hisoblanadi. Qaror qabul qilish jarayonlari 
    haqida keyingi mavzularimizdan birida to„xtalib o„tamiz. 


    16 

    Download 1,73 Mb.
    1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   96




    Download 1,73 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Axborot tizimlari nazariy asoslari magistratura mutaxassisliklari uchun o

    Download 1,73 Mb.
    Pdf ko'rish