24
mehnat samaradorligi).
Axborot tizimlari muhitida ishlashda inson obyektning o„zini emas,
balki uning umumlashtirilgan axborot modelini qabul qiladi. Axborot
tizimlarini ishlab chiqish va tadbiq etish jarayonida insonning axborotga
zaruratini e‟tiborga olish lozim. Olinayatgan axborot
passiv (axborot
foydalanuvchiga qat‟iy algoritmda taqdim etiladi) yoki
aktiv
(foydalanuvchi o„ziga zarur bo„lgan ma‟lumotlarni yaratadi) bo„lishi
mumkin. Axborotlarni taqdim etish amalining asosiy vazifasi «inson-
kompyuter» tizimida samarali interfeys yaratishdir. Bunda axborotni
foydalanuvchi qabul qilishi uchun qulay bo„lgan shakl (forma)ga
almashtirish amalga oshiriladi. «Inson-kompyuter» tizimida mavjud
bo„lgan interfeyslar ichida ikkita asosiy turni ajratish mumkin:
menyu
asosida («qara va tanla») va
buyruqlar tili asosida («eslab qol va ter»).
Menyu tur interfeyslar foydalanuvchining kompyuter bilan
muloqotini yengillashtiradi va tizim bilan muloqot qilish tilini
qo„shimcha o„rganishni talab qilmaydi. Muloqotning har bir qadamida
joriy vaqtda mumkin bo„lgan barcha buyruqlar menyu bo„limlari
to„plamlari ko„rinishida taqdim etiladi. Foydalanuvchi zarur buyruqni
tanlaydi. Bunday muloqot usuli boshlovchi va mutaxassis bo„lmagan
foydalanuvchilar uchun juda qulay.