Axborot tizimlari nazariy asoslari magistratura mutaxassisliklari uchun o




Download 1,73 Mb.
Pdf ko'rish
bet26/96
Sana30.01.2024
Hajmi1,73 Mb.
#148577
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   96
Bog'liq
ATT

Ko‘p darajali arxitektura mijoz-server arxitekturasining rivojlangan 
shakli bo„lib, klassik shaklda uch darajadan tashkil topgan: 
quyi daraja – PS va PL taqdim mantiqi va funksiyalarining 
bajarilishi uchun ajratilgan va o„rta daraja ilovalarini chaqirish 
uchun dasturiy interfeysga ega bo„lgan mijozlar ilovalarini 
ifodalaydi; 
o„rta daraja – ilovalar serveri: bunda BL amaliy mantiqi bajariladi 
va u orqali DL berilganlarga ishlov berish mantiqi DS berilganlar 
bazasi bilan amal bajarishni chaqiradi; 
yuqori daraja – DS berilganlarga ishlov berish xizmatlari va FS 
faylli amallar uchun ajratilgan maxsuslashtirilgan masofaviy 
berilganlar bazasini ifodalaydi. 
Berilganlarga ishlov berishning bunday konsepsiyasi xususan 
Oracle, Borland, Sun va boshqa firmalar tomonidan targ„ibot qilinadi. 
Uch darajali arxitektura tarmoq va uning turli bo„g„inlaridagi 
yuklanishlarni imkon qadar tenglashtirishga qaratilgan va ikki darajali 
mijoz-server modelining kamchiliklarini yo„qotyadi. Amaliy mantiqdagi 
o„zgarishlar interfeysga ta‟sir qilmaydi va aksincha. PL, BL va DL 
komponentalari o„rtasidagi chegara turli tipda bo„lganligi uchun amaliy 
mantiq barcha uch daraajada ko„rinishi mumkin. Ilovalar serveri 


37 
tranzaksiyalar monitori yordamida mijozlar va boshqa serverlar o„rtasida 
interfeysni ta‟minlaydi, tranzaksiyalarni boshqarishi va taqsimlangan 
berilganlar bazasining yaxlitligini kafolatlashi mumkin. Jarayonlarni 
masofaviy chaqirish vositalari taqsimlangan hisoblash g„oyasiga ko„proq 
mos keladi: tarmoqning ihtiyoriy bo„g„inidan boshqa bo„g„inda 
joylashgan amaliy proseduralarni chaqirishni, parametrlarni uzatishni, 
masofaviy ishlov berishni va natijalarni qaytarishni ta‟minlaydi, 
Mijoz-server tizimlarining ortishi bilan uch darajaning zarurati ortib 
boradi. Uch bo„g„inli arxitektura uchun tranzaksiya monitorlari deb 
nomlanuvchi mahsulotlari nisbatan yangi hisoblanadi. Bu anjomlar 
asosan UNIX muhitiga yo„naltirilgan, ammo amaliy serverlar ilovalar 
serveri bilan mijozlar aloqasini tashkillashtirish uchun masofaviy 
proseduralarni chaqirgan holda Microsoft Windows NT negizida ham 
qurilishi mumkin. Amaliyotda lokal tarmoqlarda berilganlar bazasi ayni 
bir serverida aralash arxitekturani (ikki darajali va uch darajali) qo„llash 
mumkin. 
Shunday qilib, taqsimlangan ilovalarning ko„p darajali arxitekturasi 
korporativ axborot tizimining ishlash samaradorligini oshish va uning 
dasturiy-apparat manbalarini taqsimlashni optimallashtirish imkonini 
beradi. Ammo, hozircha O„zbekiston bozorida mijoz-server arxitekturasi 
ustunlik qilmoqda. 

Download 1,73 Mb.
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   96




Download 1,73 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Axborot tizimlari nazariy asoslari magistratura mutaxassisliklari uchun o

Download 1,73 Mb.
Pdf ko'rish