Axborot tizimlari klassifikatsiyasi




Download 1,73 Mb.
Pdf ko'rish
bet22/96
Sana30.01.2024
Hajmi1,73 Mb.
#148577
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   96
Bog'liq
ATT

Axborot tizimlari klassifikatsiyasi 
Qamrab olish muhiti bo‘yicha axborot tizimlarini yakkaguruhli va 
korporativ axborot tizimlariga bo„lish mumkin. 
Yakka axborot tizimlari avtonom shaxsiy kompyuterlarda amalga 
oshiriladi (tarmoqdan foydalanilmaydi). Bunday tizim umumiy axborot 
fondi bilan bog„langan bir nechta sodda ilovalarni olishi mumkin va bir 
foydalanuvchi 
yoki 
vaqt 
bo„yicha 
ajratilgan 
ishchi 
o„rni 
(foydalanuvchilar guruhi) uchun mo„ljallangan. Bunday ilovalar stolli 
yoki lokal berilganlar bazasini boshqarish tizimlari (BBBT) yordamida 
yaratiladi. Lokal BBBTlar ichida Clarion, Clipper, FoxPro, Paradox, dBase 


31 
va Microsoft Access ko„proq taniqlilari hisoblanadi. 
Guruhli axborot tizimlari ishchi guruhlar a‟zolari tomonidan 
axborotlardan jamoaviy foydalanishga yo„naltirilgan va asosan lokal 
hisoblash tarmoqlari negizida quriladi. Bunday ilovalarni ishlab 
chiqishda ishchi guruhlar uchun berilganlar bazasi serverlaridan 
foydalaniladi (SQL-server deb nomlanadi). Ko„plab SQL-serverlar 
mavjud: tijorat va erkin tarqatiluvchi. Ularning ichida quyidagi 
berilganlar bazasi serverlari: Oracle, DB2, Microsoft SQL Server, InterBase, 
Sybase, Inforqix keng tarqalgan hisoblanadi. 
Korporativ axborot tizimlari ishchi guruhlar uchun tizimlarning 
rivojlantirilgani bo„lib, katta kompaniyalarga yo„naltirilgan. Ular 
masofaviy taqsimlangan bo„g„inlar va tarmoqlarni ta‟minlashi mumkin. 
Ular asosan bir necha darajali iyerarxik tarkibga ega. Bunday 
tizimlar uchun mijoz-server yoli ko„p darajali arxitektura xarakterli. 
Bunday tizimlarni ishlab chiqishda guruhli axborot tizimlarini ishlab 
chiqishda foydalanilgan berilganlar bazasi serverlaridan foydalanish 
mumkin. Katta axborot tizimlarida Oracle, DB2 va Microsoft SQL Server 
keng tarqalgan. 
Guruhli va korporativ tizimlar uchun ma‟lumotlarning bajarilishi va 
himoyalanganligiga talablar ortadi. Bu xossalar berilganlar bazasi 
serverlarida ma‟lumotlar, muloqotlar va jo„natmalarning yaxlitligini 
qo„llash orqali ta‟minlanadi. 
Axborot tizimlarini tadbiq qiish sohasi bo„yicha ham guruhlash 
mumkin. Shuni ta‟kidlab o„tish lozim-ki, bunday guruhlash yetarlicha 
shartlidir. Ko„pincha katta axborot tizimlari yuqorida keltirib o„tilgan 
barcha tizimlarni o„z ichiga oladi. Bundan tashqari, korporativ axborot 
tizimlari odatda bir necha turli sohalarda tadbiq qilishga mo„ljallangan 
tizimostilaridan tashkil topadi. 

Download 1,73 Mb.
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   96




Download 1,73 Mb.
Pdf ko'rish