32
paketli ishlov berish chegaralangan qismni egallaydi.
OLTP tizimlari
uchun buyurtmalar, to„lovlar, so„rovlar va boshqalarda muhim
ahamiyatga ega bo„lgan sodda tranzaksiyalar doimiy oqimi xarakterlidir.
Ular uchun muhim talablar quyidagilardan iborat bo„lishi mumkin:
tranzaksiyalarga ishlov berishdagi
yuqori samaradorlik;
telekommunikatsiya orqali berilganlar bazasiga masofaviy
kirishda axborotni ishonchli yetkazib berish.
Qaror qabul qilish tizimlari –
DSS (
Decision Support System)
axborot tizimlarining boshqa turini ifodalaydi. Uning yordamida
yetarlicha murakkab so„rovlar turli kesimlarda: vaqt, geografik va
boshqa ko„rsatkichlar bo„yicha tanlab olinadi va tahlil qilinadi.
33
Axborot-ma’lumot tizimlari keng sinfi gipermatnli hujjatlar va
mul‟timediaga asoslangan. Bunday axborot tizimlari Internet tarmog„ida
keng rivojlangan.
Ofis axborot tizimlari sinfi qog„ozli hujjatlarni elektron ko„rinishga
o„tkazishga, ish yuritishni avtomatlashtirish va hujjat almashinuvini
boshqarishga asoslangan.
Katta axborot tizimlari, ko„pincha, barcha guruhni o„z ichiga oladi.
Bundan
tashqari, korxona doirasidagi korporativ axborot tizimlari
odatda turli sohalarda tadbiq qilinadigan bir qator sistema ostlaridan
tashkil topadi.