25
ishlash imkonini beruvchi yagona universal
interfeysdan foydalanishi
lozim. Bu talablarni Web- texnologiya qanoatlantiradi. Hisoblash
texnikasi vositalarining rivojlanishi ananaviy parametrlar o„rniga
murakkab
vaziyatlarga
olib
keldi
(qobiliyatining o„zgarishi,
samaradorlik, o„tkazuvchanlik, xotira hajmi). Bu vaziyatdan chiqishning
birinchi qadami
Teodor Xolm Nilson tomonidan taklif qilingan
gipermatn
bo„ldi. Gipermatn bu oddiy matn bo„lib, o„z
qismlariga va boshqa
matnlarga murojaatlarni o„z ichiga oladi.
Gipermatn sifatida kitobni olish mumkin: mundarija boblar,
bo„limlar va mavzularga murojaatni ifodalaydi. Kitobning ichida boshqa
manbalarga
murojaatlar
mavjud.
Turli
hududiy
masofaviy
kompyuterlarda matnlar joylashtirish imkonini beruvchi Internet
tarmog„ining yuzaga kelishi bilan gipermatnning rivojlanishi davom
etdi. Bunda mavjud interfeysning turli ko„rinishdagi axborotlarni taqdim
etish imkoniyati mavjud bo„lmaganligi,
yagona tartiblangan axborot
to„plamiga ko„pgina iste‟molchilarning kirish imkoniyati yo„qligi
sababli interfeysni rivojlantirish talab qilinadi. Bu masalani yechish
uchun Web- navigator taklif qilindi va joriy etildi. Web-server turli
ta‟minotchilardan olingan axborotlarni foydalanuvchiga yagona
ko„rinishda taqdim etuvchi axborot kontsentratori sifatida yuzaga keldi.
Web vositalar axborotlarni Web-navigator
yordamida zarur darajada
detallashtirish imkoniyatini yaratib berdi.
Foydalanuvchilarga axborot xizmatlari ko„rsatishning eng qulay
shakli bo„lgan Web-texnologiya quyidagi xususiyatlarga ega:
axborotni qabul qiluvchiga nashr ko„rinishida taqdim etiladi;
nashr turli xil axborot manbalarini va geografik joylashuvlarni
birlashtirishi mumkin;
axborot manbalaridagi o„zgarishlar tezda nashrlarda aks ettiriladi;
nashrlar boshqa nashrlarga joylashuvi va so„nggi manbadan
chegaralanmagan holda murojaat
qilishi mumkin;
chop etuvchi axborotning foydalanuvchiga yetkazilish jarayoni
bilan qiziqmaydi;
axborotdan foydalanuvchilar soni chegaralanmagan;
nashrda taqdim etilgan axborotlar, gipermatnli murojaatlar va
kontekstli qidiruv vositalari hisobiga kirish uchun qulay;
texnologiya axborot manbalari va turlariga alohida talablar
qo„ymaydi;
nashrlar sifati zamonaviy multimedia standartlariga mos keladi
(matn, grafika, ovoz, video, animatsiya).