Axborot tizimlari nazariy asoslari magistratura mutaxassisliklari uchun o




Download 1,73 Mb.
Pdf ko'rish
bet27/96
Sana30.01.2024
Hajmi1,73 Mb.
#148577
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   96
Bog'liq
ATT

Internet/intranet-texnologiyalar rivojida asosiy urg„u instrumental 
dasturiy vositalarni ishlab chiqishga qaratilgan. Shu bilan birga 
berilganlar bazasi bilan ishlovchi ilovalarni ishlab chiqishning 
rivojlangan vositalarini yaratish kuzatilmaydi. 
Internet/intranet-texnologiyalarning ko„p darajali arxitektura bilan 
birlashtirilishi foydalanishda qulay va sodda, berilganlar bazasi bilan 
samarali ishlovchi axborot tizilarini yaratish uchun yechim bo„ldi. 
Bunda berilganlar ilovasining tarkibi quyidagicha ko„rinish oladi: 
brauzer– ilovalar serveri–berilganlar bazasi serveri–dinamik sahifalar 
serveri–web- server. 
Internet/intranet-texnologiyalar va mijoz-server arxitekturasining 
integratsiyalashuvi 
natijasida, 
axborotlardan 
hamkorlikda 
foydalanishning soddaligi va yuqori darajadagi samaradorligini saqlab 
qolgan holda, korporativ axborot tizimlarini tadbiq qilish va boshqarish 
jarayonini sezilarli soddalashtirdi. 
Dasturiy ta‟minot o„zining yarim asrlik davrida katta o„zgarishlarga 
ega bo„ldi: faqat sodda mantiqiy va arifmetik amallardan korxonani 
boshqarishning murakkab tizimlarigacha. Dasturiy ta‟minotning 
rivojlanishida har doim ikkita asosiy yo„nalishni ajratish mumkin: 


38 
hisoblashlarni bajarish; 
axborotlarni yig„ish va ularga ishlov berish. 
Kompyuter tizimi asosan murakkab matematik hisoblashlarni 
bajarish uchun (birinchi navbatda yadro quroli va raketa texnikasi bilan 
bog„liq bo„lgan hisoblar uchun) mo„ljallangan bo„lsa ham, hozirgi kunda 
ikkinchi yo„nalish ustunlik qilmoqda. Hisiblash texnikasi yordamida 
bajarilayotgan asosiy funksiyalarning bunday taqsimlanishi tushunarli 
holat – harbiy va ilmiy hisoblashlarga nisbatan fuqarolar tijorati ancha 
keng tarqalgan. Kompyuter texnikasi narhlarining pasayishi juda kichik 
korxonalar, hattoki jismoniy shaxslar uchun ham kompyuterlarni sotib 
olish imkonini beradi. 
Bugungi kunda korxonalar boshqaruvini kompyuterlarsiz faraz qilib 
bo„lmaydi. Kompyuterlar boshqaruv, buxgalteriya hisobi, omborlarni 
boshqarish sohalariga ancha ilgari mustahkam kirib bordi. Ammo, 
zamonaviy tijorat korxonani boshqarishda axborot texnologiyalarni keng 
tadbiq qilishni talab qiladi. Noaniqlik va havflilik sharoitida boshqaruv 
qarorini qabul qilish uchun, qanday soha bo„lishidan qat‟iy nazar (savdo, 
ishlab chiqarish, qandaydir xizmatni taqdim etish), xo„jalik-moliyaviy 
faoliyatining barcha aspektlarini doimo nazorat ostida ushlab turish 
zarur. Shu sababli, boshqaruvga zamonaviy yondashuv axborot 
texnologiyalari uchun mablag„ ajratishni talab qiladi. Korxona qancha 
katta bo„lsa, bunday ajratmalar shuncha katta bo„ladi. 

Download 1,73 Mb.
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   96




Download 1,73 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Axborot tizimlari nazariy asoslari magistratura mutaxassisliklari uchun o

Download 1,73 Mb.
Pdf ko'rish