Axborot tizimlari nazariy asoslari magistratura mutaxassisliklari uchun o




Download 1,73 Mb.
Pdf ko'rish
bet29/96
Sana30.01.2024
Hajmi1,73 Mb.
#148577
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   96
Bog'liq
ATT

Axborot ta’minoti 
Axborot ta‟minotining vazifasi boshqaruv qarorlarini qabul qilishda 
ishonchli axborotlarni o„z vaqtida shakllantirish va uzatishdan iboratdir. 
Axborot ta‟minoti – umumlashtirilgan hujjatlashtirish tizimi
korxonada aylanayotgan axborot oqimlari sxemasi, axborotni kodlash va 


40 
tasniflashning yagona tizimi hamda berilganlar bazasini qurish 
uslubiyatining mosligidir. 
Umumlashtirilgan hujjatlashtirish tizimi davlat, respublika, tarmoq 
va regional darajalarda yaratiladi. Uning asosiy maqsadi – umumiy 
ishlab chiqarish turli sohalarining ko„rsatkichlarini taqqoslashdir. Ular 
uchun qo„yiladigan talablar me‟yori ishlab chiqilgan: 
umumlashtirilgan hujjatlashtirish tizimiga bo„lgan talablar
boshqaruvning turli darajalarida unifitsirlangan shakldagi 
hujjatlarga bo„lgan talablar; 
rekvizitlar va ko„rsatkichlar tarkibi va tartibiga bo„lgan talablar; 
umumlashtirilgan shakldagi hujjatlarni tadbiq qilish tartibi, 
yuritish va ro„yxatdan o„tkazishga bo„lgan talablar. 
Ammo, umumlashtirilgan hujjatlashtirish tizimining mavjudligiga 
qaramasdan, ko„plab korxonalarni tahlil qilib chiqilganda doimo o„ziga 
xos kamchiliklar aniqlanadi: 
qo„lda ishlov berish uchun katta hajmdagi hujjatlar; bir xil 
ko„rsatkichlar turli hujjatlarda takrorlanadi
katta hajmli hujjatlar bilan ishlash mutaxassislarni asosiy 
vazifalaridan chalg„itadi; 
yaratilgan, ammo qo„llanilmaydigan ko„rsatkichlarning 
mavjudligi va boshqalar. 
Bunday kamchiliklarni bartaraf etish axborot ta‟minotini yaratishda 
asosiy masalalardan biri hisoblanadi. 
Axborot oqimlari sxemalari axborotning harakatlanish yo„li va 
uning hajmi, boshlang„ich axborotning shakllanish joyi va natijaviy 
axborotdan foydalanishni tasvirlaydi. Bunday sxemalarni tahlil qilish 
natijasida barcha boshqaruv tizimini yanada rivojlantirishning chora va 
tadbirlarini ishlab chiqish mumkin. 
Axborot hajmini aniqlash va uning to„liq tahlilini o„tkazish 
imkonini beruvchi axborot oqimlari sxemasini tuzish quyidagilarni 
ta‟minlaydi: 
foydalanilmayotgan va takrorlanuvchi axborotlarni chiqarib 
tashlash; 
axborotni tasniflash va ratsional taqdim etish. 
Bunda axborotning boshqaruv darajalari bo„yicha harakatlanish 
bog„lanishlari masalalari batafsil ko„rib chiqilishi lozim. Boshqaruv 
qarorlarini qabul qilish uchun qanday ko„rsatkichlar zarur, qandaylari 
zarur emasligini aniqlash lozim. Har bir ijrochiga faqat qo„llanilayotgan 
axborot tushishi lozim. 


41 
Berilganlar bazasini qurish uslubiyati ularni loyihalashning nazariy 
asoslarida jamlangan. Buni tushunish uchun asosiy g„oyalarini amalga 
oshiruvchi ikkita ketma-ket bosqichlar misolida keltiramiz: 
1-bosqich: uning faoliyati tarkibi va sinfiyligini tushunish; axborot 
oqimlari sxemasini qurish; mavjud bo„lgan hujjat almashinuvi tizimini 
tahlil qilish; axborot obyektlari va ularga mos xossa va vazifalarini 
bayon etuvchi rekvizitlar (parametrlari, xossalari) tarkibini aniqlash 
maqsadlarda korxonaning barcha funksional bo„limlarini kuzatish 
2-bosqich
1-bosqichda 
kuzatilgan 
faoliyat 
doirasi 
uchun 
ma‟lumotlarning axborot-mantiqiy modelini qurish. Bu modelda 
obyektlar va ular rekvizitlari o„rtasida barcha aloqalar o„rnata olingan va 
optimallashtirilgan bo„lishi lozim. Axborot-mantiqiy modeli uning 
negizida yaratiluvchi berilganlar bazasini shakllantirish uchun asos 
bo„ladi. 
Axborot ta‟minotini yaratish uchun quyidagilar zarur: 
korxonani boshqarish tizimining barcha funksiyalari, masalalari, 
maqsadlarini aniq tushunish; 
tahlil qilish uchun axborot oqimlari sxemasi ko„rinishida taqdim 
etilgan axborotning yaratilish vaqtidan boshqaruvning turli 
darajalarida qo„llanilishigacha bo„lgan harakatini aniqlash; hujjat 
almashinuvi tizimini zamonaviylashtirish
kodlash va tasniflash tizimlarining mavjudligi va qo„llanilishi; 
axborotning o„zaro bog„liqligini ifodalovchi axborot-mantiqiy 
modellarini yaratish usullarini egallash; 
mashina tashuvchilarida axborot massivlarini yaratish zamonaviy 
texnik ta‟minotning mavjud bo„lishini talab qiladi. 

Download 1,73 Mb.
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   96




Download 1,73 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Axborot tizimlari nazariy asoslari magistratura mutaxassisliklari uchun o

Download 1,73 Mb.
Pdf ko'rish