• Huquqiy ta’minot
  • Axborot tizimlari nazariy asoslari magistratura mutaxassisliklari uchun o




    Download 1,73 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet30/96
    Sana30.01.2024
    Hajmi1,73 Mb.
    #148577
    1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   96
    Bog'liq
    ATT

    Tashkiliy ta’minot 
    Tashkiliy ta‟minot – bu axborot tizimini yaratish bo„yicha vosita va 
    usullar jamlanmasi bo„lib, ishchilar va texnik vositalar o„rtasidagi aloqa 
    jarayonidagi usullarni aniqlaydi. 
    Tashkiliy ta‟minot quyidagi amallarni bajaradi: 
    axborot tizimi qo„llanilayotgan tashkilot (korxona) boshqaruv 
    tizimi tahlili va avtomatlashtirish masalalarini aniqlash; 
    axborot tizimi bo„yicha texnik masalalarning iqtisodiy-texnik 
    asoslarini loyihalash va asoslash (masalalar kompyuterda 
    yechilganda); 
    tashkilot (korxona)ning tarkibi va tartibi bo„yicha boshqaruv 
    qarorlarini, boshqaruv masalalarini yechish usullarini tayyorlash. 


    42 
    Tashkiliy ta‟minot – axborot tizimini ishlab chiqish va joriy etish 
    jarayonida ishchilar va texnik vositalarning hamkorligini chegaralovchi 
    usul va vositalar mosligidir. 
    Huquqiy ta’minot 
    Huquqiy ta‟minot – axborotlarni olish, almashtirish va foydalanish 
    tartibini chegaralovchi, axborot tizimining yaratilishi, bajarilishi va 
    huquqiy maqomini aniqlovchi huquqiy normalar majmuidir. Huquqiy 
    ta‟minotning asosiy maqsadi qonuniylikni mustahkamlash hisoblanadi. 
    Huquqiy ta‟minot tarkibiga davlat hokimiyati organlari qonunlari, 
    ko„rsatmalari, buyruqlari va vazirliklar, tashkilotlar, mahalliy hokimiyat 
    organlarining boshqa normativ hujjatlari kiradi. Huquqiy ta‟minotda har 
    qanday axborot tizimining bajarilishini ta‟minlovchi umumiy qism va 
    aniq bir tizimning bajarilishini boshqaruvchi lokal qism ajratiladi. 
    Axborot tizimini ishlab chiqish bosqichlari huquqiy ta‟minoti ishlab 
    chiquvchi va buyurtmachi o„rtasidagi shartnoma munosabatlari bilan 
    bog„liq me‟yoriy hujjatlarni, shartnomadan chetga chiqishlarni huquqiy 
    boshqarishni ta‟minlaydi. Axborot tizimining bajarilishi bosqichlari 
    huquqiy ta‟minoti quyidagilarni o„z ichiga oladi: 
    axborot tizimining statusi; 
    xodimlarning huquqlari, vazifalari va javobgarligi; 
    boshqaruv jarayoni alohida turlarining huquqiy holati; axborotni 
    yaratish va foydalanish tartibi va h.k. 

    Download 1,73 Mb.
    1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   96




    Download 1,73 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Axborot tizimlari nazariy asoslari magistratura mutaxassisliklari uchun o

    Download 1,73 Mb.
    Pdf ko'rish