Axborot tizimlari nazariy asoslari magistratura mutaxassisliklari uchun o




Download 1,73 Mb.
Pdf ko'rish
bet33/96
Sana30.01.2024
Hajmi1,73 Mb.
#148577
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   96
Bog'liq
ATT

Modellar ombori. Modellarni yaratishdan maqsad biror bir obyekt 
yoki jarayonni optimallashtirish va bayon etish hisoblanadi. Modellar 
qaror qabul qilish tizimlarida tahlil o„tkazishni ta‟minlaydi. Modellar, 
muammoning matematik interpretatsiyasiga tayangan holda, aniq 
algoritmlar yordamida to„g„ri qaror qabul qilish uchun foydali axborotni 
topish imkoniyatini yaratadi. Masalan, chiziqli dasturlash modeli 
manbalarga berilgan chegaralanishlarda bir necha tur mahsulotlar ishlab 
chiqarishning eng foydali dasturini aniqlash imkoniyatini beradi. 
Foydalanish maqsadiga ko„ra modellarni ikki turga bo„lish mumkin: 
optimallashtiruvchi va bayon etuvchi
Optimallashtiruvchi modellar biror ko„rsatkichning maksimal yoki 
minimal nuqtalarini topish bilan bog„liq (masalan, boshqaruvchilar 
ko„pincha qanday harakatlar harajatlarni minimallashtirish yoki 
aksincha, foydani maksimallashtirishni bilishni xohlaydilar). 
Bayon etuvchi modellar qandaydir tizimning boshqaruv maqsadlari 
(optimallashtirish) uchun emas, balki uning holatini bayon etish uchun 
yo„naltirilgan. 
Qaror qabul qilish tizimlarida berilganlar modellari strategiktaktik 
va tezkor modellardan tashkil topgan. 
Strategik modellar korxonaning maqsadini, unga erishish uchun 
zarur bo„lgan manba hajmlarini o„rnatish hamda bu manbalarni olish va 
ulardan foydalanish siyosati uchun boshqaruvning yuqori darajalarida 
qo„llaniladi. Strategik modellar uchun qamrab olish kengligi, ko„plab 
o„zgaruvchilar, ma‟lumotlarni siqilgan agregirli shaklda taqdim etish 
xarakterlidir. Ko„pincha bu ma‟lumotlar tashqi manbalarda jamlangan 
va sub‟yektiv xarakterga ega bo„lishi mumkkin. Strategik modellarda 
loyihalash chegarasi, odatda, yillarda o„lchanadi. Bu modellar bir aniq 
korxonada foydalanish uchun determinlashgan, bayon etuvchi, 
maxsuslashtirilgan bo„ladi. 


47 
Taktik modellar o„rta daraja boshqaruvi tomonidan mavjud 
manbalarni taqsimlash va foydalanish ustidan nazorat o„rnatish uchun 
qo„llaniladi. Ularni qo„llash mumkin bo„lgan muhitlar ichida 
quyidagilarni ajratish mumkin: 
moliyaviy rejalashtirish; 
ishchilarga talablarni loyihalash; 
savdoning o„sishini loyihalash; 
korxonaning joylashuvi sxemasini qurish. 
Bu modellar odatda korxonaning alohida qismlariga tadbiq qilinadi 
(masalan, ishlab chiqarish va savdo tizimiga) va o„z ichiga 
agryegirlangan ko„rsatkichlarni olishi mumkin. Taktik modellar bir 
oydan ikki yilgacha bo„lgan davrni o„z ichiga oladi. Bu yerda ham 
tashqari manbalardan ma‟lumot talab qilinishi mumkin, ammo asosiy 
e‟tibor korxonaning ichki ma‟lumotlariga qaratilishi lozim. 
Tezkor modellar boshqaruvning quyi darajalarida tezkor qarorlar 
qabul qilish uchun qo„llaniladi va kun va haftalarda belgilanadi. Bu 
modellarni tadbiq qilish o„z ichiga quyidagilarni oladi: debitorlik va 
kreditorlik hisobotlari, ishlab chiqarish kalendarini loyihalash, 
zahiralarni boshqarish va boshqalar. Tezkor modellardan korxona ichki 
ma‟lumotlarini hisoblashda foydalaniladi. Ular optimallashgan va 
universaldir (ya‟ni, turli korxonalarda qo„llanilishi mumkin). 

Download 1,73 Mb.
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   96




Download 1,73 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Axborot tizimlari nazariy asoslari magistratura mutaxassisliklari uchun o

Download 1,73 Mb.
Pdf ko'rish