50
bo„lishi mumkin.
Berilganlar bazasi obyektlari bilan ishlash ikki xil rejimda yoki
fazada amalga oshiriladi:
rejalashtirish (konstruksiya) fazasi va
ishchi
faza. Berilganlar bazasi axborot bilan ishlashdan avval, uni rejalashtirish
zarur.
Microsoft Word bo„sh fayli yoki
Microsoft Excel bo„sh varag„ini
ochishdan farqli o„laroq,
Microsoft Access barcha obyektlari
rejalashtirilishi kerak (shu jumladan, axborotlarni saqlash uchun
jadvallar ham). Ko„pgina hollarda bunday ish maxsus konstruktor
rejimida amalga oshiriladi.
Ikkala holatda ham obyekt rejasi, ma‟lumotlar bilan ishlashda bu
obyektni qo„llaganda, uning ko„rinishini ifodalaydi. Masalan, jadvalni
rejalashtirishda unga kiritish mumkin bo„lgan ma‟lumot turlari beriladi.
Rejalash fazasidan so„ng, ishchi faza boshlanadi, ya‟ni axborotlarni
kiritish va tahrirlash uchun berilganlar bazasining turli obyektlaridan
foydalaniladi. Ishchi faza konstruktor rejimi kiritish, tahrirlash va
axborotlarga ishlov berish uchun jadval yoki forma rejimi bilan
almashadi.
Avvaliga bu juda murakkab ko„rinsa ham, Accessning foydali
tomonlaridan biri, turli tur obyektlar bilan ishlashda, hamda obyektlarni
rejalashdan foydalanishga o„tilganda menyu ko„rinishi va anjomlar
paneli masalaga mos ravishda o„zgaradi. Turli oynalar faollashtirilganda,
joriy oyna bilan ishlash uchun mo„ljallangan vositalargagina kirish
mumkin bo„ladi.
Jadvallar. Jadval tarkibi konstruktor rejimida aniqlanadi. Kiritish va
tahrirlash odatda jadval rejimida amalga oshiriladi.