Kompyuter va foydalanuvchi o‘rtasida interfeysni boshqarish tizimi




Download 1,73 Mb.
Pdf ko'rish
bet34/96
Sana30.01.2024
Hajmi1,73 Mb.
#148577
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   96
Bog'liq
ATT

Kompyuter va foydalanuvchi o‘rtasida interfeysni boshqarish tizimi 
foydalanuvchi tili, xabarlar tili va foydalanuvchi bilimlaridan tashkil 
topgan. 
Foydalanuvchi tili – foydalanuvchi tizimga nisbatan klaviatura 
imkoniyatlaridan, ekranga yozuvchi elektron qalamlardan, sichqoncha, 
joystik, ovoz orqali beriluvchi buyruqlar va boshqalardan foydalangan 
holda munosabatni amalga oshiradi. Foydalanuvchining eng sodda tili 
shakli kirish va chiqish hujjatlari formalarini yaratish hisoblanadi. 
Foydalanuvchi chiqish shaklini (hujjatni) olgandan so„ng, zarur 
ma‟lumotlar bilan to„ldiradi va kompyuterga kiritadi. Qaror qabul qilish 
tizimi zarur tahlilni o„tkazadi va chiqish hujjati ko„rinishida o„rnatilgan 
shaklda natijalarni beradi. 
So„nggi vaqtlarda vizual interfeysning ommaviyligi sezilarli 
darajada ortib bormoqda. Foydalanuvchi «sichqoncha» manipulyatori 
orqali ekranda unga tasvir ko„rinishida taqdim etilgan obyekt va 
buyruqlarni tanlagan holda o„z harakatlarini amalga oshirmoqda. 
Xabarlar tili – bu foydalanuvchi ekranida ko„rinuvchi, printerda 
olingan ma‟lumotlar (belgilar, grafika, rang), chiquvchi ovoz signallari 


48 
va h.k. Foydalanilayotgan interfeys samaradorligining asosiy o„lchami 
foydalanuvchi va tizim o„rtasida tanlangan muloqot shakli hisoblanadi. 
Hozirgi kunda muloqotning quyidagi shakllari keng tarqalgan: 
so„rov- javob rejimi, buyruq rejimi, menyu rejimi, ifodalardagi 
kompyuter taklif etayotgan bo„shliqlarni to„ldirish rejimi. Har bir shakl 
masala turiga, qabul qilinayotgan qaror va foydalanuvchining 
xususiyatlariga qarab bir qator kamchilik va yutuqlarga ega. 
Uzoq davr davomida xabarlar tili displey ekraniga chiqarilgan yoki 
chop qilingan hisobot yoki xabar bo„lgan. Endi chiqish ma‟lumotlarining 
yangi imkoniyati mashina grafikasi yuzaga keldi. Mashina grafikasi 
ekranda va qog„ozda rangli grafik tasvirlarning uch o„lchamli tasvirini 
yaratish imkonini beradi. Ko„rgazmalilikni orttiruvchi mashina 
grafikasidan foydalanish qaror qabul qilish tizimlarida ommaviy bo„lib 
bormoqda. 
So„nggi 
bir 
necha 
yillarda 
yangi 
yo„nalish, 
multiplikatsiyaning rivojlanishi kuzatilmoqda. Multiplikatsiya, ayniqsa, 
fizik tizim va obyektlarni modellashtirish bilan bog„liq bo„lgan qaror 
qabul qilish tizimlari chiqish ma‟lumotlarini interpretatsiya qilishda 
samara bermoqda. 
Yaqin yillarda inson ovozidan xabarlar tili sifatida foydalanish 
kutilmoqda. Hozirda bu shakldan moliya sohasining qarorlarini qabul 
qilishga mo„ljallangan tizimlarda qo„llanilmoqda. 
Foydalanuvchi bilimlari – bu foydalanuvchi tizim bilan ishlash 
jarayonida bilishi lozim bo„lgan ma‟lumotlar. Unga nafaqat 
foydalanuvchining 
harakat 
rejasi, 
balki 
kompyuter 
tomonidan 
berilayotgan darsliklar, ko„rsatmalar, boshqaruv ma‟lumotlari ham 
kiradi. 
Qaror qabul qilish tizimi interfeysining rivojlanishi bu uchta tashkil 
etuvchining rivojlanishidagi yutuqlari bilan aniqlanadi va quyidagi 
imkoniyatlarga ega bo„lishi lozim: 
foydalanuvchi tanlovi bilan qaror qabul qilish jarayonida ularni 
o„zgartirgan holda muloqotning turli shakllarini boshqarish; 
ma‟lumotlarni tizimga turli usullar bilan uzatish; 
tizimning turli qurilmalaridan turli formatdagi ma‟lumotlarni 
olish; 
foydalanuvchi bilimlarini (so„rov asosida yordam ko„rsatish, 
ko„rsatma berish) tekis qo„llab quvvatlash. 

Download 1,73 Mb.
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   96




Download 1,73 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Kompyuter va foydalanuvchi o‘rtasida interfeysni boshqarish tizimi

Download 1,73 Mb.
Pdf ko'rish