• KADRLAR TAYYORLASH MILLIY DASTURI
  • Mavzu: O’zbekiston Respublikasining “Davlat tili haqida” gi qonunlari hamda “Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi” kabi davlat hujjatlarida o’zbek tilini Davlat tili sifatida o’qitish masalalari bo’yicha ma’lumot to’plash. Reja




    Download 84.54 Kb.
    Sana25.03.2024
    Hajmi84.54 Kb.
    #177148
    Bog'liq
    O’zbekiston Respublikasining “Davlat tili haqida” gi qonunlari hamda
    2-ma`ruza, Oilaga korreksion dastur, ish reja, Айбек Тажимуратов, Mavzular 2 Informatika o‘qitish metodikasi, Mavzular 1 Informatikani o\'qitish texnologiyalari va loyihalashtirish, namuna, Mavzu Informatika fanlarini o\'qitishda multimediyali texnologiy-fayllar.org, Simulyatsiyaga kirish va kichik korxonalarning boshlang’ich holati , Dars vaqti 2 soat I. Ma`Ruzaning maqsadi-fayllar.org, Kitob 1648 uzsmart.uz, Sohaning texnologik o‘lchashlari va asboblari, O‘zbek adabiy tili me’yorlari, Sohaning faol va nofaol terminlari

    MAVZU: O’zbekiston Respublikasining “Davlat tili haqida” gi qonunlari hamda
    “Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi” kabi davlat hujjatlarida o’zbek tilini Davlat tili sifatida o’qitish masalalari bo’yicha ma’lumot to’plash.
    REJA:
    • O’zbekiston Respublikasining “Davlat tili haqida
    • Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi

    O‘zbekiston Respublikasining “Davlat tili haqida” gi Qonuni 1989 yili 21oktabrda qabul qilindi. Mustaqillik sharofati bilan o‘zbek tili – davlat tiliga e’tibor kuchaydi va ona tilimizning ijtimoiy mavqeyi kengaydi. O‘zbek tilining taraqqiyoti va istiqboli to‘g‘risida g‘amxo‘rlik qilinib, bir qancha qarorlar qabul qilindi.
    1995 yilning 21 dekabrida O‘zbekiston Respublikasining yangi tahrirdagi “Davlat tili haqida”gi Qonuni e’lon qilindi. Bu qonun 24 moddadan iborat bo‘lib, uning birinchi moddasida asosiy qonunimiz bo‘lgan Konstitutsiyamizning to‘rtinchi moddasida yozilganidek, “O‘zbekiston Respublikasining davlat tili o‘zbek tilidir” deb yozib qo‘yilgan.
    O‘zbek tilida to‘g‘ri, ifodali so‘zlash va yozish, ona tilimizning sofligi va boyligi to‘g‘risida tinmay g‘amxo’rlik qilish, uning iste’mol doirasini kengaytirib borish davlatimiz fuqarolarining burchi sanaladi. Xususan, har bir yosh, o‘quvchi va talaba ona tilidagi so‘z boyligini oshirish hamda til imkoniyatlaridan o‘rinli foydalanishga doimo harakat qilishi foydalidir. So‘z fikrning qurolidir, kishi qanchalik ko‘p so‘z bilsa, uning fikrlash doirasi, dunyoqarashi ham shunchalik keng bo’ladi.
    Inson faoliyatida til borliqni bilish va fikr almashish vositasi vazifasini bajaradi.
    Til vositasida insoniyat tomonidan jamg‘arilgan bilimlar qayd etiladi, saqlanadi va avloddan avlodga yetkaziladi . Til - millat ruhining ko‘zgusidir. Til millatning bor yo‘g‘i o‘y – fikri, dunyoqarashi, orzu – umidlari, Vatani, his tuyg‘ulari gavdalanadi. Tildagi har bir so‘z , uning har bir shakli inson tafakkuri va tuyg‘usining natijasidir.
    Til yahlit bir tizim sifatidagina ijtimoiy vazifani bajara oladi. Til asosiy birliklari: tovush, so‘z, qo‘shimcha, gaplar orqali grammatik jihatdan, ohang vositasida va mantiqan o‘zaro bog’lanishda borliq haqidagi hukmlarni ifodalaydi, nimanidir tasdiqlaydi yoki inkor qiladi.
    Til insoniyat tomonidan yaratilgan, unga xizmat qiladigan va har qaysi millatning ijtimoiy – madaniy taraqqiyotiga mos tarzda rivojlanib boradigan ijtimoiy hodisadir.
    KADRLAR TAYYORLASH MILLIY DASTURI
    Inson, uning har tomonlama uyg‘un kamol topishi va farovonligi, shaxs manfaatlarini ro‘yobga chiqarishning sharoitlarini va ta’sirchan mexanizmlarini yaratish, eskirgan tafakkur va ijtimoiy xulq-atvorning andozalarini o‘zgartirish respublikada amalga oshirilayotgan islohotlarning asosiy maqsadi va harakatlantiruvchi kuchidir. Xalqning boy intellektual merosi va umumbashariy qadriyatlar asosida, zamonaviy madaniyat, iqtisodiyot, fan, texnika va texnologiyalarning yutuqlari asosida kadrlar tayyorlashning mukammal tizimini shakllantirish O‘zbekiston taraqqiyotining muhim shartidir.
    Kadrlar tayyorlash milliy dasturi “Ta’lim to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining qoidalariga muvofiq holda tayyorlangan bo‘lib, milliy tajribaning tahlili va ta’lim tizimidagi jahon miqyosidagi yutuqlar asosida tayyorlangan hamda yuksak umumiy va kasb-hunar madaniyatiga, ijodiy va ijtimoiy faollikka, ijtimoiy-siyosiy hayotda mustaqil ravishda mo‘ljalni to‘g‘ri ola bilish mahoratiga ega bo‘lgan, istiqbol vazifalarini ilgari surish va hal etishga qodir kadrlarning yangi avlodini shakllantirishga yo‘naltirilgandir.
    Dastur kadrlar tayyorlash milliy modelini ro‘yobga chiqarishni, har tomonlama kamol topgan, jamiyatda turmushga moslashgan, ta’lim va kasb-hunar dasturlarini ongli ravishda tanlash va keyinchalik puxta o‘zlashtirish uchun ijtimoiy-siyosiy, huquqiy, psixologik-pedagogik va boshqa tarzdagi sharoitlarni yaratishni, jamiyat, davlat va oila oldida o‘z javobgarligini his etadigan fuqarolarni tarbiyalashni nazarda tutadi.
    Download 84.54 Kb.




    Download 84.54 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mavzu: O’zbekiston Respublikasining “Davlat tili haqida” gi qonunlari hamda “Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi” kabi davlat hujjatlarida o’zbek tilini Davlat tili sifatida o’qitish masalalari bo’yicha ma’lumot to’plash. Reja

    Download 84.54 Kb.