Mavzu: Sohaning faol va nofaol terminlari. Reja




Download 101.81 Kb.
Sana26.03.2024
Hajmi101.81 Kb.
#177246
Bog'liq
Sohaning faol va nofaol terminlari
2-ma`ruza, Oilaga korreksion dastur, ish reja, Айбек Тажимуратов, Mavzular 2 Informatika o‘qitish metodikasi, Mavzular 1 Informatikani o\'qitish texnologiyalari va loyihalashtirish, namuna, Mavzu Informatika fanlarini o\'qitishda multimediyali texnologiy-fayllar.org, Simulyatsiyaga kirish va kichik korxonalarning boshlang’ich holati , Dars vaqti 2 soat I. Ma`Ruzaning maqsadi-fayllar.org, Kitob 1648 uzsmart.uz, Sohaning texnologik o‘lchashlari va asboblari, O’zbekiston Respublikasining “Davlat tili haqida” gi qonunlari hamda, O‘zbek adabiy tili me’yorlari

MAVZU: Sohaning faol va nofaol terminlari.
Reja:
1.Sohaviy nofaol terminlar
2.Faol terminlar
3.Hozirgi qoʻllanilayot terminlar
Nofaol so‘zlar. Adabiy tilga o‘xshab shevalar ham rivojlanib, yangi so‘zlar hisobiga boyib, o‘zgarib boradi. Bunday o‘zgarish, ko‘pincha, shevalar lug‘at tarkibida ro‘y beradi. Bu ijtimoiy hayotda sodir bo‘lgan o‘zgarishlar bilan bog‘liqdir. Ayniqsa, jamiyatda ro‘y beradigan har xil o‘zgarish sababli zamon talablariga javob bermagan so‘zlar iste’moldan chiqadi, ularning o‘rniga boshqalari kirib keladi. Demak, til, jumladan, uning shevalarida ham yangilanishlar, eskirishlar sodir bo‘lib turadi. Bular davr talabi bilan bog‘liqdir. Ba’zi so‘zlar qo‘llanish doirasining kengayish va aksincha, ayrimlarining passiv qatlamga o‘tishi bu jarayonni yanada tezlashtirishi mumkin. Ta’kidlash kerakki, bular hammasi nisbiy hodisadir. Sababi zamonaviylik va eskirganlikning o‘zi ham davrga ko‘ra nisbiy hisoblanadi. Eskirgan so‘zlar vaqti kelib, yana faollashishi va aksincha yangi so‘zlar tezda muomaladan chiqib ketishi mumkin. Buni faqat adabiy tildagina emas, shevalarda ham kuzatilayotganligini ta’kidlash kerak.
Arxaizmlar eskirgan so‘z tiplaridan biri bo‘lib, zamonaviy narsa va hodisalarning eskirib qolgan nomlaridir. Agar istorizm hodisasida predmet yoki hodisaning o‘zi ham, nomi ham eskiradigan bo‘lsa, arxaizm hodisasida esa predmet va hodis zamonaviy bo‘ladi, ularning nomi yoki nomlaridan biri eskiradi, iste’moldan chiqadi, natijada narsa yoki predmetlar, hodisalar nomlari yangisi bilan atalaoshlaydi. Xullas, bunda, asosan, hozirda hayotda mavjud bo‘lgan narsalarni ifodalashda kamida ikkita so‘z ishtirok etadi, ulardan biri faol ishlatilsa, ikkinchisi, passiv leksik qatlamga o‘tadi va asta-sekin eskiradi, faqat tarixiy davr kaloritini berish maqsadidagina qo‘llanishi mumkin.
Shevalarda bir paytlar faol ishlatiladigan soqta so‘zi o‘ynaladigan kartani anglatgan. Keyingi davrda karta so‘zining aktiv qo‘llanishi natijasida soqta so‘zi passiv leksik qatlamga o‘tib, iste’moldan chiqa boshlagan. Shuni alohida ta’kdlash kerakki, arxaik so‘zlar shevalarda tarixiy so‘zlarga nisbatan ko‘pchilikni tashkil qilmaydi. Sababi shevalarda eski so‘zlar o‘rnini yangisi egallanishi jarayoni juda sekinlik bilan o‘tadi.
Adabiy tilda bo‘lganidek, shevalarda ham so‘zlarning iste’moldan
chiqishi,ularning o‘rnini boshqasi egallashi jamiyatda sodir bo‘layotgan o‘zgarishlar bilan chambarchas bog‘liqdir.
Narsa, hodisa nomidan biri eskirgan so‘zlar-leksik arxaizmlar shevalarda ko‘pchilikni tshkil qiladi. Qadimgi davrdan to hozirgacha shevalarda arxaizmga aylangan leksemalarga quyidagilarni kiritish mumkin:
Satil (chelak), talak (omborxona), madrapxana (xojatxona), tuzuv (taqinchoq), kaparat (magazin), lazim (ishton), dukart (qaychi), tirnaq (fundament), savax (ip), shangil//sarxum (kurshka), alam (bayroq), bandirga(chorraxa), karman (shlyapa), diyzil (avtobus), dabil‘ng‘ir (og‘ solinadigan idish) va hakazo.
Hozirgi O’zbek tili lug’at tarkibida, uning iqtisodiy terminlar tizimida yuqoridagidek umumturkiy, O’zbek terminlari bilan bir qatorda fors -tojikcha, arabcha, shuningdek, ruscha-baynalmilal leksemalar ham Qo’llanib kelinayotir. Masalan, sarmoya, savdogar, tojir, sarkor, daromad, dastmoya kabi fors- tojikcha so’zlar asosiy iqtisodiy terminlar bo’lib Qo’llanmoqda. O’zbek tili iqtisodiyot terminologiyasining ruscha-baynalmilal terminlar hisobiga to’ldirilishi haqida gap ketganda shuni aytish kerakki, rus tili leksikasi imperiya davrida mahalliy tillarga, xususan, O’zbek tiliga ham O’z ta‘sirini O’tkazdi. Masalan, veksel, preyskursant, kredit, tovar, buxgalter, bank, kassir, avans, makler va boshqalar.
    • Terminlar yig`indisi va shu terminlarni o`rganuvchi soha terminologiya deyiladi. Termin grekcha terminos so`zidan olingan bo`lib, chek, chegara ma'nolarini bildiradi.

Ilm-fan, texnika, qishloq xo`jaligi va san'atga oid tushunchalarning aniq nomini bildiruvchi bir ma'noli so`z va birikmalar terminlar deyiladi.
Download 101.81 Kb.




Download 101.81 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Mavzu: Sohaning faol va nofaol terminlari. Reja

Download 101.81 Kb.