|
Axborot tizimlari nazariy asoslari magistratura mutaxassisliklari uchun oBog'liq ATTAccessda so‘rovlar ma‟lum talablarga javob beruvchi axborotlarni
berilganlar bazasidan olish vositasi bo„lib xizmat qiladi. So„rovlar
yordamida qidiriladigan yozuvlar shartlarini aniqlash mumkin. So„rovlar
sodda bo„lishi mumkin, masalan, kitobning narxi $ 10 dan ortiq bo„lgan
yozuvlarni chiqarish. Bir necha ketma-ket taqqoslashlarni o„z ichiga
olgan murakkab holda ham bo„lishi mumkin.
Har qanday so„rovning asosida mos ravishda satr va ustunlarda
ko„rilayotgan maydon va shartlar kiritiladigan so‘rov blanki yotadi.
Ma‟lumotlar bilan jadval yoki forma rejimida ishlayotganda
yozuvlar uchun so„rovlar yaratishda Записи / Фильтр / Расширенный
фильтр (Filter / Advanced Filter / Sort) buyrug„idan foydalanish
mumkin. Bu buyruqni bajarish natijasida, quyidagicha muloqot oynasi
ochiladi:
Расширенный фильтр buyrug„i haqiqiy so„rovga nisbatan ayrim
chegaralanishlarga ega:
tanlash shartlarini berishda Расширенный фильтр buyrug„i
bajarilganda faol bo„lgan jadval (so„rov) maydonlaridan
foydalanish mumkin;
haqiqiy so„rov blanklarida ko„zda tutilgan imkoniyatlardan
ayrimlariga kirish imkoniyati yo„q.
So„rovlar bir necha shartlardan tashkil topgan, yozuvlarni tasvirlash
diapazonini kichraytirish imkonini beradi. Har bir shart uch elementdan
tashkil togan:
taqqoslash uchun qo„llaniladigan maydon;
bajariladigan taqqoslash turini izohlovchi operator;
maydondagi qiymat taqqoslanadigan kattalik.
Shart yaratish uchun bu axborotni so„rov blankiga kiritish zarur.
Avvalom bor shartda qo„llaniladigan maydon nomi tanlanadi.
Условие отбора (Criteria) satrida sichqoncha tugmasi bosilib,
qiymat bilan birga operator kiritiladi. Условие отбора satrida
sichqoncha o„ng tugmasi bosiladi va ochilgan kontekstli menyuda
Построить (Build) buyrug„i bajariladi.
|
| |