Axborot tizimlari nazariy asoslari magistratura mutaxassisliklari uchun o




Download 1,73 Mb.
Pdf ko'rish
bet40/96
Sana30.01.2024
Hajmi1,73 Mb.
#148577
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   96
Bog'liq
ATT

Accessda forma – bu jadval ma‟lumotlarini kiritish va tasvirlash 
uchun vosita. Forma boshqaruv elementlarini o„z ichiga olgan oynani 
ifodalaydi. Axborotni tasvirlash, ma‟lumotlarni kiritish va o„zgartirish, 
formani jihozlash uchun qo„llaniladigan vizual obyekt boshqaruv 
elementi deyiladi. Boshqaruv elementlariga imzolar, matn maydonlari, 
boshqaruv tugmalari, grafik obyektlar: chiziq, ramka va h.k. misol 
bo„lishi mumkin. forma hech qanday axborot saqlamaydi, faqat axborot 
bilan ishlashning qulay vositalari bilan ta'minlaydi. 
Forma jadval rejimida ma‟lumotlarga ishlov berishga nisbatan 
quyidagi ustunliklarga ega: 
odatda forma bir yozuv maydonlarini tasvirlagani bois, alohida 
yozuvga e'tibor qaratish imkonini beradi. Jadval rejimida esa, bir 
necha yozuvlar tasvirlanadi va maydondagi ma‟lumotlarni ko„rish 
uchun oynani surishga to„g„ri keladi; 
ma‟lumotlar bilan ishlash va o„qishni osonlashtiruvchi boshqaruv 
elementlarini qulay tartibda joylashtirish mumkin; 
turli boshqaruv elementlari ma‟lumotlarni kiritish va o„zgartirish 
imkoniyatiga ega; 
berilganlar bazasining ba'zi obyektlari – rasmlar, animatsiya, 
ovozlar va videokliplar – ovoz berishi yoki tasvirlanishi mumkin. 
Microsoft Access tarkibidagi masterlar yordamida yaratilgan barcha 
ma‟lumotlar omborlari ma‟lumot kiritish, yoki jadval, yoki so„rovlarda 
saqlanayotgan axborotlarni ko„rish ucun formalarni o„z ichiga oladi. 
Boshqaruv elemnenti yordamida axborotlarni o„zgartirish yoki 
kiritish uchun unda sichqoncha tugmasi bosiladi va element turiga 
bog„liq qo„shimcha amallar bajariladi – masalan, matn maydoniga 
belgilar kiritish yoki ro„yxatdan qiymat tanlash. Bir necha elementga 
ketma-ket axborot kiritish uchun ularning birinchisi faollashtiriladi, 
so„ngra navbatdagi elementga o„tish uchun [Tab] yoki [Enter] klavishi 
bosiladi ([Shift]+[Tab] klavishlar kombinatsiyasini bosish bilan avvalgi 
elementga qaytiladi). 
Yozuvni o„zgartirish yoki kiritish tugallanib, yangi yozuvga 
o„tilganida Access yangi yozuvni avtomatik ravishda saqlaydi. Bundan 
tashqari yozuvning holatini ixtiyoriy vaqtda saqlash mumkin. Buning 
uchun Записи / Сохранить запись (Records / Save Record) buyrug„i 
beriladi yoki [Shift]+[Enter] klavishlar kombinatsiyasi bosiladi. 
Formaning asosiy vazifasi ekranda ma‟lumotlarga ishlov berish va 
ko„rishdan iborat bo„lsa ham, uni ma‟lumotlari bilan birga chop qilish 
mumkin. Bu amallar boshqa Office dasturlaridagi kabi Файл (File) 


57 
menyusining Параметры страницы (Page Setup)Предварительный 
просмотр (Print Priview) va Печать (Print) buyruqlari yordamida 
bajariladi. Параметры страницы muloqot oynasining Поля (Margins) 
qo„yilmasida Печать только данные (Print Data Only) bayroqchasi 
o„rnatilsa, ekrandagi ma‟lumotlarni tayyor qog„oz blankka chop qilish 
imkonini beradi. 
Formani bir necha usul bilan yaratish mumkin, ammo ko„pgina 
hollarda berilganlar bazasi oynasining Формы (Forms) qo„yilmasida 
Создать (New) tugmasini bosishdan boshlanadi. Bu tugma bosilganda, 
Новая форма (New Form) muloqot oynasi ochiladi. 
Новая форма muloqot oynasi ro„yxatidan yangi forma yaratishning 
turli usullarini tanlash mumkin. Bular quyidagilar: 
Конструктор (Design View) qiymati mustaqil forma yaratishni 
ta'minlaydi. 
Мастер форм (FormWizard) qiymati tanlanganda, Access sizning 
ko„rsatmalaringiz asosida forma yaratadi. Bu holda, formaga 
qo„shiladigan aniq maydonni tanlash mumkin (bir yoki bir necha jadval 
yoki so„rovga tegishli bo„lgan). 
Автоформа (AutoForm) ning uch qiymati tezda aniq forma turini 
ochadi va yaratadi (ustunli, lentali yoki jadvalli). Bundan tashqari, 
Автоформа orqali yaratilgan forma har doim bir jadval yoki so„rovning 
barcha maydonlari uchun boshqaruv elementini o„z ichiga oladi. 
Диаграмма (Chart Wizard) qiymati tanlanganda Access 
ma‟lumotlarni jadval yoki so„rovdan oladi va ular asosida Microsoft 
Graph yordamida diagramma yaratadi. 
Сводная таблица (PivotTable Wizard) qiymadi taqqoslangan 
jadval yaratadi. 


58 

Download 1,73 Mb.
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   96




Download 1,73 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Axborot tizimlari nazariy asoslari magistratura mutaxassisliklari uchun o

Download 1,73 Mb.
Pdf ko'rish