• Avtomatlashtirilgan ofis tizimlari
  • Axborot tizimlari nazariy asoslari magistratura mutaxassisliklari uchun o




    Download 1,73 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet43/96
    Sana30.01.2024
    Hajmi1,73 Mb.
    #148577
    1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   96
    Bog'liq
    ATT

    Hisobotlar yaratish. Hisobotlar berilganlar bazasidagi axborotlarni 
    tasvirlash uchun qo„llaniladi. Hisobotlarni monitor ekranida ko„rish 
    odatda noqulay, chunki ular chop qilish uchun mo„ljallangan. Accessda 
    hisobot tarkibiga boshqa obyektlar ham kiradi, masalan, Nakleyka 
    Masteri tayyorlagan manzilli nakleykalar va Diagramma Masteri 
    tayyorlagan diagrammalar. Ular axborotni berilganlar bazasi jadvali 
    maydonlaridan oladi va foydalanuvchiga qulay ko„rinishda tasvirlaydi. 
    Diagramma Masteri Office barcha dasturlari bilan hamkorlikda 
    qo„llaniladi. 
    Standart hisobotlar ikki turga bo„linadi: ustunli va satrli (lentali). 
    Ustunli hisobot oddiy formani eslatadi. 
    Avtomatlashtirilgan ofis tizimlari 
    Tarixan avtomatlashtirish ishlab chiqarishdan boshlangan va 
    keyinchalik, birinchi navbatda kotiblarning og„ir qo„l mehnatini 
    avtomatlashtirish 
    maqsadida, 
    ofisda 
    tarqaldi. 
    Kommunikatsiya 
    vositalarining rivojlanishi bilan mehnat samaradorligini oshiruvchi ofis 
    tizimini avtomatlashtirish boshqaruvchilarni va mutaxassislarni ham 
    qiziqtirib qo„ydi. Ofisni avtomatlashtirish – xodimlar, an‟anaviy 
    kommunikatsiya tizimini (yig„ilishlar, telefon qo„ng„iroqlari va 
    buyruqlar) almashtirish emas, balki uni to„ldirish hisoblanadi. Bu 
    tizimlardan birgalikda foydalanish boshqaruv mehnatini ratsional 
    avtomatlashtirishni ta‟minlaydi. 
    Avtomatlashtirilgan ofis tizimi ham korxona ichkarisida, ham tashqi 
    muhit bilan kompyuter tarmoqlari va boshqa zamonaviy axborot bilan 
    ishlash va uzatish vositalari yordamida kommunikatsion jarayonlarni 
    tashkillashtirish va qo„llashdir. Korxonani boshqarishning barcha 
    darajalari menejerlari uchun juda qulay. 
    Hozirgi kunga avtomatlashtirilgan ofis tizimlaridan boshqaruvchi, 
    mutaxassis, kotiba, idora xizmatchilari foydalanmoqdalar. Ayniqsa, bu 
    qandaydir muammolarni hal qilishda ishtirok etayotgan guruhlar uchun 
    qulay. U xodimlar va kotibalar mehnatining samaradorligini oshirish va 
    ortib borayotgan axborot hajmini o„zlashtirish imkonini beradi. Ammo, 
    bu ustunliklar muammolarni yechishda avtomatlashtirilgan ofisdan 
    anjomiy vosita sifatida qo„llash bilan taqqoslaganda ikkinchi darajali 
    hisoblanadi. 
    Menejer tomonidan qabul qilinayotgan qarorlarning zamonaviy 
    kommunikatsiyalar yordamida qabul qilinishi korxona iqtisodiy o„sishini 
    ta‟minlashga qodir. 
    Kompyuterli va nokompyuterli texnik vositalar uchun bir necha 


    61 
    o„nlab dasturiy mahsulotlar mavjud bo„lib, ular avtomatlashtirilgan ofis 
    tizimini ta‟minlaydilar. Bular: matn va jadval protsessorlari, elektron 
    pochta, elektron kalendar, audio pochta, telekonferensiyalar, videomatn, 
    tasvirlarni saqlash va boshqaruvning maxsuslashtirilgan faoliyati 
    (masalan, buyruqlarning bajarilishi ustidan nazorat qilish). 
    Bulardan tashqari, nokompyuter vositalari ham keng qo„llaniladi: 
    audio va videokonferensiyalar, faksimil aloqasi, kseroks va boshqa 
    orgtexnika vositalari. 
    Har qanday tizimning asosiy tashkil etuvchisi berilganlar bazasi 
    hisoblanadi. Avtomatlashtirilgan ofisda berilganlar bazasi, amaliy 
    darajada ma‟lumotlarga ishlov berish texnologiyasidagi kabi, o„zida 
    korxonaning ishlab chiqarish mavzularini jamlaydi. Ma‟lumotlar bazaga 
    korxonani o„rab turgan tashqi muhitdan ham kelib tushishi mumkin. 
    Bunda mutaxassislar ma‟lumotlar muhitida ishlashning asosiy 
    texnologik amallarini egallagan bo„lishlari lozim. 
    Masalan, markaziy kompyuterning berilganlar bazasida kundalik 
    savdo, korxona savdo agentlari tomonidan sotilayotgan mahsulotlar yoki 
    alohida keltirilgan xom ashyo haqida ma‟lumotlar saqlanadi. 


    62 
    Har kuni elektron pochta orqali qimmatbaho qog„ozlar narxlari 
    haqida (mos berilganlar bazasida har kuni tahrirlab turiluvchi 
    korxonaning aksiyalari ham) ma‟lumotlar kelishi mumkin. 
    Axborotlar berilganlar bazasidan kompyuter ilovalariga tushadi 
    (matn protsessori, jadval protsessori, kompyuter konferensiyalari, 
    elektron pochta va boshqalar). Avtomatlashtirilgan ishchi o„rnining har 
    qanday kompyuter ilovalari korxona xodimlarining o„zaro va boshqa 
    korxona xodimlari bilan bog„lanishini ta‟minlaydi. Berilganlar bazasidan 
    olingan axborotlarni uzatish, saqlash va ko„paytirish uchun 
    nokompyuterli texnik vositalaridan ham foydalanilishi mumkin. 
    Elektron kalendar (taqvim) – tashkilot boshqaruvi va boshqa 
    xodimlarining ish jadvalini saqlash va boshqarish uchun kompyuter 
    tarmoq variantini qo„llashning yana bir imkoniyatini taqdim etadi. 
    Menejer (yoki kotib) uchrashuv yoki boshqa tadbirning vaqti va kunini 
    o„rnatadi, hosil bo„lgan jadvalni ko„radi, klaviatura yordamida 
    o„zgartirishlar kiritadi. Elektron kalendarning texnik va dasturiy 
    ta‟minoti elektron pochtaning mos tashkil etuvchilariga to„g„ri keladi. 
    Bundan tashqari, kalendar dasturiy ta‟minoti ko„pincha elektron pochta 
    dasturiy ta‟minotining tarkibiy qismi hisoblanadi. 
    Tizim qo„shimcha ravishda boshqa menejerlar kalendarlariga ham 
    kirish huquqini olish imkoniyatini beradi. U avtomatik ravishda o„z 
    jadvallari bilan uchrashuv vaqtini kelishishi mumkin. 
    Elektron kalendardan foydalanish, ayniqsa, yuqori darajali 
    boshqaruv 
    menejerlari 
    uchun 
    (ishchi 
    kuni 
    jadvali 
    oldindan 
    rejalashtirilgan) juda samarali hisoblanadi. 
    Elektron pochta (e-mail) – Internetning ajralmas qismlaridan biri 
    bo„lib hisoblanadi. Uning yordamida har qanday ma‟lumotni (xat, 
    maqola, ish qog„ozlari va boshqalar) jo„natish va olish mumkin. 
    Elektron pochta pochta jo„natmalarining eng arzon turi hisoblanadi. 
    Elektron xatlarni yozish va o„qishda tarmoqda bo„lish shart emas. 
    Internet faqat pochtani jo„natish va olish uchun zarur. Elektron pochta 
    tarmoqdan tashqari kirish (off-line) xizmati hisoblanadi. Tarmoqda 
    xatlarni uzatish tezligi juda katta. Tezlikka xatning o„lchami va qabul 
    qiluvchigacha bo„lgan masofa ta‟sir ko„rsatishi mumkin. Oddiy matnli 
    xabar manzilga bir necha minut va hattoki, bir necha sekundda yetib 
    borishi mumkin. Agar xatdan tashqari bir necha rasm ham jo„natilsa, 
    yetkazib berish vaqti ortadi. 
    Elektron pochta 
    kompyuter 
    axborotini 
    almashish 
    tizimini 
    ifodalaydi. Elektron pochtada nafaqat matnli axborotni, balki dastur 
    fayllarini, ma‟lumotlarni, rasmlarni, ovoz va videoaxborotlarni ham 


    63 
    jo„natish mumkin. Barcha ro„yxatdan o„tkazilgan foydalanuvchilar 
    uchun kommunikatsion serverda elektron quti yuritiladi. 
    Elektron pochtaning asosiy imkoniyatlari: 
    odatdagidan tezroq uzatadi;. 
    xat manzilga yetib borganda yetkazilganlik haqida avtomatik 
    tasdiq olish mumkin; 
    xabarlarni tahrirlash, saqlash va to„g„rilash qulay; hech qanday 
    qog„oz talab qilmaydi va arzon turadi; 
    xabarni bir vaqtda bir necha manzilga jo„natish imkonini beradi; 
    bir vaqtda aloqaning ikki tomonida abonyentning bo„lishini talab 
    qilmaydi. 

    Download 1,73 Mb.
    1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   96




    Download 1,73 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Axborot tizimlari nazariy asoslari magistratura mutaxassisliklari uchun o

    Download 1,73 Mb.
    Pdf ko'rish