Sanoatda va iqtisodiyotda axborot tizimlari
Axborot texnologiyalarini sanoat, savdo, bank ishi sohalariga tadbiq
etish birinchi navbatda axborot tizimlarini yaratish yo„li bilan rivojlandi.
XX asrning 60-yillarida yuzaga kelgan KABT (korxonalarni avtomatik
boshqarish tizimi) o„nlab yillar mobaynida «og„izda» bo„ldi. Ammo,
kompleks avtomatlashtirish bosh muammosi hal qilinmadi, lekin bunday
tizimlarni ishlab chiqish malakasi jamlandi. Axborot texnologiyalarini
zamonaviy darajada tijoratni boshqarish sohasiga tadbiq qilish
masalalarini yecha oladigan malakali kadrlar tayyorlandi.
KABTni loyihalashda standartlashtirish, moslik masalalari hisobga
olinmadi. Bu zamonaviy texnologiyalarni tadbiq qilishni qiyinlashtirdi
va o„zgartirishlar kiritishga katta mablag„ talab qildi. Hozirgi kunda
predmet sohasining turliligiga qaramasdan, zamonaviy standartlar va
korporativ axborot texnologiyalari printsipiga asoslangan korporativ
axborot tizimlari (KAT) keng tarqalgan.
KAT yordamida yechiladigan masalalarni uch sinfga bo„lish
mumkin:
standart buxgalteriya va statistik hisobot asosida olinadigan
hisobot ko„rsatkichlarini shakllantirish (soliq xizmati, statistika,
investorlar va h.k.);
yuqori agregirlangan ko„rsatkichlar asosida tijoratni rivojlantirish
bo„yicha boshqaruvning strategik qarorlarini ishlab chiqish;
tarkib bajarilishining turli tomonlari tavsiflarini ifodalovchi
yuqori detallashtirilgan ko„rsatkichlar asosida tezkor boshqaruvga
yo„naltirilgan taktik qarorlarni ishlab chiqish.
KATni tadbiq etishda asosiy qiyinchilik diagnostika hisoblanadi. Bu
yerda uch bosqichni ajratish mumkin:
tizimli tahlil va mavjud tarkib hamda boshqaruv texnologiyasini
baholash;
axborot texnologiyalari asosida boshqaruv tizimi va
tashkillashtirish tarkibining yangi usullarini ishlab chiqish;
boshqaruvni qayta tashkillashtirish holati, tadbiq qilish rejasi,
boshqaruv hujjat almashinuvi reglamenti (loyihasi)ni ishlab
chiqish.
KATni shartli ravishda adadli (tirajli), yarim buyurtmali va
buyurtmaliga bo„lish mumkin.
Adadli KATlar ishlab chiquvchi tomonidan qayta ishlashni talab
qilmaydi va o„zgartirishlar kiritish imkonini bermaydi. Bunday tizimlar
kichik korxonalar uchun mo„ljallangan.
70
Yarim buyurtmali tizimlar buyurtmachi talablariga javob beradi va
kichik kapital xarajatlarni talab qiladi. Ularning asosiy qo„llanilish
sohasi katta korxonalar (tijorat jarayon zanjirida beshtadan ortiq kishi va
oyiga yuzlab hujjatlar).
Buyurtmali tizimlar hozirgi axborot texnologiyalari darajasida
o„tmishga ketdi, ular ishonchli emas, qabul qilingan standartlar
talablariga mos kelmaydi, qiyinchilik bilan takomillashtiriladi. Ularning
asosiy qo„llanilish sohasi – juda katta maxsus ishlab chiqarish
korxonalari.
Hozirgi kunda korporativ tizimlar bozorida ko„p sonli chet el
ishlanmalari taklif qilinmoqda. KATlar moliyani, xodimlarni, zaxiralarni,
ta‟minotni va ishlab chiqarishni boshqarishda, texnik xizmat
ko„rsatishda, rejalarni boshqarishda keng qo„lanilmoqda.
Bank faoliyatini axborotlashtirishda ikki asosiy yo„nalishni ajratish
mumkin:
tezkor axborotni kiritish va tiklash masalasini axborotlashtirish,
standart hisobni olish (korxona BBBT asosida OLTP-On-Line
Tranzaction Processing – tizimlar);
yuqori darajali tahliliy masalalarni axborotlashtirish (bank
faoliyati tahlili, tavakkalli boshqarish va h.k.).
Birinchi holatda korxonaning berilganlar bazasini boshqarish
tizimlari asosidagi OLTP-tizimlar deb nomlanuvchi tizimlardan
foydalanadi.
Ikkinchi
holatda
axborotlarni
saqlash
(Data
Warrehouse)
texnologiyasi va tezkor tahliliy (analitik) ishlov berish ilovalari OLAP
(On-Line Analytic Processing) ishlatiladi.
KATlardan tashqari, boshqaruvning alohida funksiyalarini bajaruvchi
alohida dasturiy tizimlar ham mavjud:
Buxgalteriya dasturlari: 1S: Buxgalteriya, BEST, Parus, Turbo-
buxgalter, Info-buxgalter;
Savdoni avtomatlashtirish tizimlari: 1S: Torgovlya, Parus, BEST 4,
Folio;
Axborot-ma‟lumot tizimlari: Garant, Konsultant, Plyus, Kodeks;
Tijorat-loyihalash uchun dasturlar: Triumf-analitik, Project Expert,
Microsoft Project;
Ombor hisobini avtomatlashtirish tizimlari: 1C: Sklad, Folio, BEST,
Parus;
Hujjat almashinuvini avtomatlashtirish tizimlari: Delo, Lotus Notus,
1S: Dokumentooborot.
71
KATni qurish jarayonida texnologik jarayonlarni avtomatlashtirilgan
boshqarish tizimlari (TJABT) alohida ko„riladi. Hozirgi kunda TJABT
sohasida quyidagi tamoil (printsip)larga asoslangan ochiq tizimlar
konsepsiyasi asosiy hisoblanadi:
pastdan yuqoriga turli ishlab chiqaruvchi firmalar dasturiy-
apparat vositalarining mosligi;
buyurtmachi yo„naliishi asosida jo„natuvchi firma stendida barcha
tizimni kompleks sozlash va tekshirish.
Ko„pgina hollarda TJABT ikki darajali boshqaruv tizimini
ifodalaydi. Quyi daraja boshqaruv obyektidan to„g„ridan-to„g„ri keluvchi
axborotga birlamchi ishlov beruvchi nazoratchilarni o„z ichiga oladi.
Nazoratchilarning dasturiy ta‟minoti odatda rele-kontaktli sxemalar tili
kabi texnologik tillarda amalga oshiriladi.
Yuqori darajani barcha kelayotgan axborotlarni saqlovchi, tahlil
qiluvchi va ishlov beruvchi hamda operator bilan muloqotda bo„lishni
ta‟minlovchi, ma‟lumotlar omborlari va ishchi stantsiyalar vazifalarini
bajaruvchi kuchli kompyuterlar tashkil qiladi. Yuqori darajaning asosiy
dasturiy ta‟minoti bo„lib SCADA (Supervision Control And Acquisition)
paketlari hisoblanadi.
Ochiq
tizimlar
konsepsiyasi
ochiq
modulli
nazoratchilar
arxitekturasi General Motors firmasi tomonidan ishlab chiqilgan OMAC
(Open Modular Architecture Controls) da kuzatiladi. Unga yaqin
konsepsiyalar Yevropa (European Open Systems Architecture for
Controle within Automatation Systems-OSACA), Yaponiya (Japan
International Robotics and Factory Automation-IFORA, Japan Open
Systems for Controller Architecture-OSEC) va Amerika (Technologies
Enabling Agile Manufacting-TEAM Projects) tashkilotlari tomonidan
taklif qilingan.
OMAC-talablar mazmuni asosiy terminlarini quyidagicha bayon
qilish mumkin:
Open – apparat va dasturiy ta‟minot integratsiyasini ta‟minlovchi
ochiq arxitektura;
Modular – modulli arxitektura, Pluge and Play rejimida tashkil
etuvchilardan foydalanish imkonini beradi;
Scalable – masshtablanuvchi arxitektura, aniq masala uchun
konfiguratsiyani oson o„zgartirish imkonini beradi;
Economical – iqtisodiy arxitektura;
Maintenable – yengil xizmat ko„rsatiluvchi arxitektura.
Nazoratchilar
apparat
platformalari
yuqori
ishonchlilikka,
72
tezkorlikka ega bo„lgan PC-kompyuterlarda joylashadi. PC-nazoratchilar
operatsion muhiti ham ochiqlik talablarini qoniqtirishi lozim. Bu yerda
QNX (QSSL firmasi, Kanada) operatsion tizimi keng tarqalgan hisoblanadi.
QNX arxitekturasi ochiq, modulli va oson o„zgartiriluvchi (modifikatsiya)
hisoblanadi. Bunday tillarda ishlashdan jamlangan malaka IEC 1131-3
standartida keltirilgan va beshta asosiy til vositalari belgilangan:
1. SFG – ketma-ket funksional sxemalar tili;
2. LD – releli diagrammalar tili;
3. FBD – funksional blokli diagrammalar tili;
4. ST – tarkiblangan matn tili;
5. IL – qo„llanmalar (instruktsiya) tili.
|