Axborot tizimlari nazariy asoslari magistratura mutaxassisliklari uchun o




Download 1,73 Mb.
Pdf ko'rish
bet44/96
Sana30.01.2024
Hajmi1,73 Mb.
#148577
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   96
Bog'liq
ATT

Ekspert tizimlar 
So„nggi o„n yilliklar mobaynida sun‟iy tafakkur (intellekt) doirasida 
olib borilgan izlanishlar natijasida yangi ekspert tizimlar yoki bilimlar 
injeneriyasi yo„nalishi shakllandi. Bu yo„nalish masalalariga inson- 
ekspertlar uchun murakkab bo„lgan masalalarni yechish uchun bilim va 
xulosa jarayonlaridan foydalanuvchi dastur (qurilma)larni ishlab chiqish 
va kuzatish kabilar kiradi. Ekspert tizimni umumiy holda sun‟iy tafakkur 
tizimlari tarkibiga kiritish mumkin. Bu tizimlar nafaqat berilgan 
jarayonlarni bajaradi, balki qidirish metajarayonlari asosida yangi aniq 
masalalarni yechish jarayonlarini qo„llaydi. Hozirgi kunda ekspert 
tizimlar inson faoliyatining turli sohalarida qo„llanilmoqda. Ekspert 
tizimlar integral mikrosxemalarni loyihalash, nosozliklarni qidirish, 
dasturlashni avtomatlashtirishda keng qo„llanilmoqda. 
Ekspert tizimni qo„llash quyidagi imkoniyatlarni beradi: 
integral mikrosxemalarni loyihalashda ishlab chiqarish 
samaradorligi 3 - 6 barobar ortadi, bunda ayrim amallarning 
bajarilish 10 - 5 marta tezlashadi (Nech firmasi ma‟lumotlari); 
qurilmalardagi nosozliklarni qidirishni 5 - 10 barobar tezlashtiradi; 
dasturchilarning ishlab chiqarish samaradorligini 5 barobargacha 
orttiradi (Toshiba firmasi ma‟lumotlari); 
malakali tayyorgarlikda o„rganuvchilar bilan ishlashda 
harajatlarni 8 - 12 barobarga kamaytirishga erishish mumkin 
(sifatini yo„qotmagan holda). 
Ekspert tizimlarni tadqiq qilish va ishlab chiqish turli davlatlarning 
axborotlashtirish dasturi asosini tashkil qiladi. Masalan, Amerikada 10 
yillik strategik kompyuter dasturi uchun 1,6 mlrd. $ miqdorida mablag„ 
ajratishni rejalashtirgan. 


64 
Oddiy ekspert tizim quyidagi asosiy tashkil etuvchilardan tuzilgan: 
hal qiluvchi (masalani yechuvchi-interpretator), berilganlar bazasi deb 
nomlanuvchi ishchi xotira, tushuntirish va muloqot qilish, bilimlarni 
olish komponetlarini o„z ichiga olgan bilimlar ombori. 
Ekspert tizimni ishlab chiqishda quyidagi mutaxassisliklar vakillari 
ishtirok etadilar: 
ekspert tizim masalasini yechishi lozim bo„lgan muammoviy soha 
bo„yicha ekspert; 
bilimlar injeneri – ekspert tizimni ishlab chiqish bo„yicha 
mutaxassis; 
anjomiy vositalarni ishlab chiqish bo„yicha dasturchi-mutaxassis. 
Ekspert tizim ikki rejimda ishlaydi: bilimlarni olish va masalalarni 
yechish (mos ravishda maslahat hamda ekspert tizimdan foydalanish 
rejimi deb ham nomlanadi). 
Ekspert tizim masalani yechish rejimida an‟anaviy dasturlardan 
farqli ravishda nafaqat yozilgan amallar ketma-ketligini bajaradi, balki 
qo„shimcha ravishda uni shakllantiradi ham. Agar ekspert tizimning 
javobi foydalanuvchiga tushunarsiz bo„lsa, qo„shimcha ravishda javob 
qanday olinganligi to„g„risida tushuntirishni talab qilishi mumkin. 
Ekspert tizimi o„zining kichik doirasida mavjud bo„lgan bilimlardan 
foydalanib, masalani yechish yo„llarini qidirishni asta sekinlik bilan 
kamaytirib borishdan foydalanadi. Ekspert tizimlarda masalalarni 
yechish jarayonida quyidagilardan foydalaniladi: 
isbotlash texnikasiga asoslangan va inkorni inkor qilishdan 
foydalanuvchi mantiqiy xulosa usuli; 
kirishdagi ko„p sonli ma‟lumotlardan obyektni aniqlash uchun 
qarorlar qabul qilish «daraxti»ni qurishga asoslangan tarkibiy 
induktsiya usuli; 
ekspertlar malakasini qo„llashga asoslangan evristik qoidalar 
usuli. 

Download 1,73 Mb.
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   96




Download 1,73 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Axborot tizimlari nazariy asoslari magistratura mutaxassisliklari uchun o

Download 1,73 Mb.
Pdf ko'rish