74
shakllantirish doirasida o„quv jarayonining
barcha ishtirokchilari
harakatlarini birlashtirish zarur. Bu rejaning yangiliklaridan biri
kompyuterlashtirish barcha tashkil etuvchilari va ta‟minot turlari bilan
axborotlashtirish modelini ishlab chiqish hisoblanadi. Ta‟limda axborot
tizimlarining
ilmiy-texnik
darajasi
amaliy
axborot
tizimlariga
qo„yiladigan talablarga mos keladi. Muammo
metodologik savollarni
qayta ishlashning yetarli darajada emasligidir.
Texnologik aspekt. Axborot jamiyatining texnologik asosi
telekommunikatsiya va axborot tizimlari hisoblanadi. Ular iqtisodiy
o„sishni yuzaga keltiradi, jamiyatda katta hajmli
axborot va bilimlarga
erkin murojaat
qilish
uchun
sharoit
yaratadi,
sotsial-iqtisodiy
almashinuvlarga va axborot jamiyatining shakllanishiga olib keladi.
Uslubiy aspekt. Zamonaviy axborot tizimlarining asosiy ustunliklari
(ko„rgazmalilik, axborotlarni ifodalashning aralash formalari –
ma‟lumotlar, grafik tasvirlar, stereoovoz,
animatsiya, katta hajmli
axborotlarga ishlov berish va saqlash, xalqaro axborot manbalariga
kirish) ta‟lim jarayonini qo„llashning asosi bo„lishi lozim.
Ta‟lim jarayonida axborot manbalarining samaradorligiga ta‟sir
ko„rsatuvchi asosiy omillar quyidagilardan iborat: