|
Real iqtisodiyot
|
bet | 1/8 | Sana | 10.09.2024 | Hajmi | 128,91 Kb. | | #270767 |
Bog'liq Kurs ishi 2024 Qobiljonov sh
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY TA‘LIM , FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
SAMARQAND IQTISODIYOT VA SERVIS INSTITUTI
“REAL IQTISODIYOT” KAFEDRASI
“GLOBAL IQTISODIY RIVOJLANISH” FANIDAN
KURS ISHI
Mavzu: Global bozorlarning shakllanishi va ularning xususiyatlari
Guruh: Ik-420 guruh
Bajardi: Qobiljonov Sh.
Ilmiy rahbar: Erdonov M.
Samarqand-2024
Mundarija:
Kirish.
Asosiy qism.
1. Global bozorining shakllanishi tarixi
2. Global bozorda milliy iqtisodiyotning rivojlanishi
3. Global bozor vazifalari va tuzilishi
4. Jahon iqtisodiyotining hozirgi holati
Xulosa.
Foydalanilgan adabiyotlar.
KIRISH
Bir tomondan, xalqaro iqtisodiyot xorijiy raqobatchilar uchun bozorlarning ochilishi, xalqaro savdoning kuchayishi moliyaviy resurslar va investitsiyalarning mamlakatlararo joylashtirilishi, xalqaro ishlab chiqarish omillaridan samarali foydalanish, xalqaro ishlab chiqarishni oshirish uchun imkoniyatlar yaratishidan dalolat beradi. Natijada globallashtirish mazkur jarayonda ishtirok etadigan mamlakatlarning katta muvaffaqiyati bilan muvofiqlashadi.
Shu bilan bir vaqtda, xususan, globallashtirishning neoliberal modelining asosiy mazmuni bо‘lgan xо‘jalik hayotining keng qamrovli liberalizatsiyaning globallashtirish bilan birlashishi sharoitlarida global tovar va moliyaviy bozorlarda integrallashgan raqobatning kuchayishi raqobat kurashida kuchlilarga yon bosuvchi alohida kompaniyalar hamda alohida mamlakatlar uchun ham muqarrar risklarni anglatadi.Modomiki, rivojlangan mamlakatlar uchun globallashtirishning foydasi yetarli darajada yuqori (aynan shu yerlarda kuchli kompaniyalarining shtab kvartiralari - jahon bozorlaridagi о‘yinlar, shuningdek, sayyoraning asosiy ilmiy-texnikaviy va texnologik salohiyati, asosiy moliyaviy resurslar joylashgan), alohida ishlab chiqarishni qisqartirish, daromadlarni qayta taqsimlash, ijtimoiy tengsizlikning kutilayotgan о‘sishi kо‘rinishidagi risklar davlatning ijtimoiy siyosati bilan bо‘lib-bо‘lib kompensatsiya qilinadi.Unchalik rivojlanmagan mamlakatlarning eng zaif tomoni ularning bozorlaridan xorijiy moliyaviy kapitalning chayqov asosida nazoratsiz oqib kirishi va chiqib ketishidir. Keyingi о‘n yillikning jahon tajribasi (1994-1995 yillardagi Meksikadagi inqiroz, 1997 yildagi xalqaro (Osiyo) inqirozi, Rossiya, Braziliya, Argentinadagi ketma-ket yuz bergan inqirozli о‘zgarishlar) global moliyaviy kapitalning mamlakatlararo harakati rivojlanayotgan mamlakatlar va о‘tish iqtisodiyotidagi mamlakatlar moliyaviy va jamg‘arma bozorlarini qulatib, bu mamlakatlarning milliy valyutasi barqarorligini sо‘ndiribgina qolmay, shuningdek, mazkur mamlakatlar xо‘jaligining real tarmog‘ida juda salbiy tarzda aks etadi.
Globallashtirish jarayonlari kо‘p hollarda ilg‘or iqtisodiyotning rivojlanishi darajasini oshirishga va unchalik rivojlanmagan mamlakatlarning jahon iqtisodiyotidagi о‘rnining kuchsizlanishiga olib keladi. Kо‘pgina rivojlanayotgan mamlakatlar va о‘tish iqtisodiyotidagi mamlakatlar rivojlangan mamlakatlarga texnologik jihatdan bog‘liq bо‘ladilar: zamonaviy texnologiyalarning murakkablashuvi ularning ishlanmalari xarajatlarini juda oshirib yuboradi, о‘zlashtirilgan texnologiyalar esa komplementar omillarning, birinchi navbatda yuqori malakali va о‘qitilgan mutaxassislarning yо‘qligi tufayli yaxshi samara bermasligi mumkin.
Globallashtirish jahon iqtisodiyoti rivojlanishining umumiy qonunchiligini - uning tengsizligini bekor qilmaydi, undan, rivojlangan mamlakatlar guruhlari uchun jahon bozoridagi yetakchilikning о‘ziga xos kurashidan qochib qutilib bо‘lmaydi. D.Marshall (Buyuk Britaniya) fikriga kо‘ra, “shuni tо‘la ishonch bilan ta’kidlash mumkinki, mamlakatlararo shafqatsiz raqobat kabi tizimning bunday mohiyatli xarakteristikasi, yetakchi rivojlangan mamlakatlarning jahonda yetakchi о‘rinni egallash uchun raqobatlashishi, barcha mamlakatlarning markazlashgan yoki pereferiy (qaram yoki ta’sir doirasidagi) mamlakatlarga bо‘linishi, zamonaviy kapitalistik tizim yanada integratsiyalashib borayotganligiga qaramasdan о‘zgarmay qolmoqda. Jahon kapitalizmi barcha mamlakatlarga muvaffaqiyatli rivojlanish uchun teng imkoniyatlarni yaratmagan va bundan keyin ham yaratmaydi. Yuqori daromad olish uchun kurash shundayligicha qolmoqda. Jahon iqtisodiyoti esa huddi avvalgidek, notekis rivojlanmoqda”.
Dunyodagi uch asosiy iqtisodiy kuch AQSH, Yevropa (yoki yanada tor yondoshuv bо‘yicha Yevropa Ittifoqi) va Yaponiya о‘rtasidagi raqobat birinchi navbatda texnologik rivojlanish, yuqori texnologiyalar - mikroelektronika, biotexnologiya, yangi materiallarni yaratish va boshqalar doirasida rivojlanadi.
Jahon banki tomonidan tayyorlangan ma’lumotlariga kо‘ra, dunyoning 20 ta eng boy mamlakati aholisining о‘rtacha daromadlari 20 ta kambag‘al mamlakatlarning о‘rtacha daromadlaridan 37 marta ortiq. Keyingi 40 yilda portlashlar ikki barobarga oshdi. Dunyoning beshta boy va beshta kambag‘al mamlakatlari о‘rtasidagi daromadlardagi uzilishlar esa 1990 yilda 60:1 va 1997 yilda 74:1 tashkil qildi.
Fin eksperti K.Kilyunenning fikricha, “iqtisodiy tizim dunyoning 225 ta boy kishilarining jami boyligi 1 trln. dollardan oshganda sog‘lom hisoblanishi mumkin emas, bu 47% kishini tashkil etuvchi 2,5 mlrd. kambag‘alning yillik daromadlariga teng sayyoraning uchta boy kishisining umumiy holati 48 ta rivojlangan mamlakatning jami YAIMini oshiradi”. Rivojlangan va unchalik rivojlanmagan mamlakatlar о‘rtasida ziddiyat unchalik qat’iy emas, oldin jahon hamjamiyatining muhim tarkibiy qismi sifatida ishtirok etgan ayrim mamlakatlar bugun yaxshi rivojlanmagan mamlakatlar qatoriga kirib qolgan (BMT tasnifi bо‘yicha). AQSH jahon xо‘jaligida о‘z etakchiligini saqlab qolish va yanada oshirishga, о‘z milliy masalalarini hal qilish uchun globallashtirishning neoliberal variantidan foydalanishga harakat qiladi. Globallashtirishning, eng avvalo, moliyaviy foydasi, о‘z hududida ta’sis qilingan (1960-1970 yillardayoq), alohida pereferey mamlakatlar, offshor hududlar, xorij kapitalini jalb qilish maqsadida soliqdan ozod qilinganligini olishlari mumkin. Tо‘rt asosiy hududiy guruhni birlashtiruvchi offshor hududlarning yaxlit pleyadasi yuzaga keldi. Karib havzasining offshor hududlari Nyu-York bilan bir vaqtinchalik mintaqada bо‘lgan Shimoliy va janubiy Amerika mamlakatlariga xizmat qiladi. Fors kо‘rfazi mamlakatlaridagi offshor hududlar Yaqin Sharqning neft qazib chiqaradigan mamlakatlariga xizmat qiladi.
|
| |