Global bozorining shakillanishi tarixi




Download 128,91 Kb.
bet2/8
Sana10.09.2024
Hajmi128,91 Kb.
#270767
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Kurs ishi 2024 Qobiljonov sh

1.Global bozorining shakillanishi tarixi
Globallashuv  – bu iqtisodiy, siyosiy, madaniy integratsiya (birlashuv) jarayoni. Yoki, dunyo mamlakatlarining iqtisodiy, siyosiy va madaniy aloqalari yagona tizim doirasida, о‘zaro bog‘liq holda faoliyat kо‘rsatishi. Globallashuv jahon xо‘jaligida iqtisodiy, siyosiy, madaniy jarayonlarning tarkibiy о‘zgarishi oqibatida kelib chiqib, milliy doiradan hududlar doirasiga, hududlar doirasidan xalqaro doiraga qadar kengayib boradi. Ishchi kuchining xalqaro miqyosda kо‘chib yurishi, xarajatlar va daromadlarning milliy doiralardan chiqib ketishi, tovar va xizmatlar bozori kо‘lamining tobora kengayib borishi, moliyaviy resurslar harakati va boshqa omillar ta’sirida milliy iqtisodiyotlarning о‘zaro bog‘liqligi mustahkamlanib bormoqda.
Globallashuv tushunchasiga nisbatan yondashuvlarning xilma-xilligi. Jahon xо‘jaligining globallashuvi - XX asrning 1980 yillari oxiri - 1990 yillarning boshida keng ilmiy aylanmaga kiritilgan nisbatan yangi tushunchadir. Bu davrga qadar “globallashtirish” atamasi zamonaviy iqtisodiyotda - yirik xalqaro kompaniyalar mahsulotlarining alohida savdo bozorlari va muvofiq tarzda yagona milliy yoki xorijiy bozorni egallashga emas, balki hamma bozorlarda, ya’ni global miqyosda savdo qilishga yо‘naltirilgan korporativ strategiyalarni birlashtirish kabi muayyan, о‘ziga xos hodisani belgilash uchun foydalanilgan. Taxminan 20 yil oldin ushbu atamadan birinchilardan bо‘lib foydalangan amerikalik muallif T.Levit 1983 yildayoq chop etgan “Garvard – biznes revyudir” deb nomlangan maqolasida yirik transmilliy korporatsiyalar tomonidan ishlab chiqarilgan alohida mahsulotlar bozori birlashishi tо‘g‘risida yozgan.1980-1990 yillar bо‘sag‘asida “globallashtirish” tushunchasi yangi talqinga ega bо‘ldi: asli yaponiyalik keyinroq amerikalik mashhur iqtisodchi K.Ome ta’riflab bergan mazkur atamaning ommaga tushunarli bо‘lgan ifodasidan jahon xо‘jaligi rivojlanishining nisbatan yangi qirralari va tavsiflari, uning dastlabki taraqqiyot bosqichlaridan farqlanuvchi hozirgi holatini kо‘rsatish uchun tadbiq eta boshladilar. Tadqiqot obyektining nisbatan yangiligi (1990 yillar yuz yilliklarni bosib о‘tdi), shuningdek jahon iqtisodiyotida yuz berayotgan jarayonlarning murakkabligi va kompleksligi, hozirga qadar jahon iqtisodiyotini globallashtirish jarayonlari kam yoki kо‘proq darajada о‘xshash tushunchasi va ta’rifi yaratilishiga imkon bermadi. Globallashtirishga nisbatan turlicha yondoshuvlar, turli ta’riflar mazkur tushunchaning mazmuni va hatto uning muvaqqat chegaralari ifodalanishi saqlanib kelmoqda. Jumladan, globallashtirish jarayonlari antik davrdan buyon yoki boshqa variantlarda, dastlabki jahon bozorlari yoki yaxlit jahon xо‘jaligi yuzaga kelgan vaqtlardan e’tiboran rivojlanib kelayotgani tо‘g‘risidagi tasdiqni ham uchratish mumkin. Globallashtirish butun dunyo - tarixiy jarayon sifatida XVIII asr boshlaridan e’tiboran yuzaga kelgan deb hisoblaydi, - siyosiy konyunktura mahalliy markazi direktori V.Fedorov. Biroq, bunday tushunishda globallashtirish xо‘jalik hayotining internatsionallashtirish jarayonlari bilan ixtiyoriy yoki ixtiyorsiz ravishda bir xil bо‘lib qoladi.Bizning fikrimizcha, jahon iqtisodiyotini globallashtirish – bu xо‘jalik hayotini zamonaviy butunjahon internatsionallashtirish bosqichidir, uning doirasida jahon xо‘jaligi sifat jihatdan yangi, rivojlanishning avval notanish bо‘lgan tavsiflari va xususiyatlariga ega bо‘ladi. Shunday tavsiflar sifatida jahon xо‘jaligining muvofiq tarzda ortib borayotgan yaxlitligi hamda deyarli jahonning barcha mamlakatlari iqtisodiyotining keskin kuchayib borayotgan о‘zaro bog‘liqligi, xalqaro iqtisodiy munosabatlarga dastlab yopiq bо‘lgan mamlakatlarning jalb etilishi, global tovar va ayniqsa moliya bozorlarini shakllantirish jarayonlarini keltirish mumkin.Y.V.Shishkovning namunaviy ta’rifiga kо‘ra, jahon xо‘jaligi katta yoki kichik yaxlit iqtisodiy tizimdan nafaqat xalqaro mehnat taqsimoti, balki ulkan xalqaro, kо‘pincha butunjahon, ishlab chiqaruvchi-savdo tuzilmalari, global moliyaviy tizim hamda planetar axborot tarmog‘i bilan biriktirilgan yagona butunjahon iqtisodiy tashkilotiga aylana boshladi. Xalqaro valyuta fondi (XVF) taftishchilari jahon xо‘jaligining globallashtirishini “tovarlar, xizmatlar va jahon kapital oqimi bо‘yicha xalqaro bitimlarning turi va hajmining ortishi, shuningdek, texnologiyalarning nisbatan jadal va keng diffuziyasi natijasida jahonning barcha mamlakatlari ortib boruvchi iqtisodiy о‘zaro bog‘liqligi” sifatida ta’riflaydilar. XVFning sо‘nggi ma’ruzalaridan birida mazkur nuqtai nazar mantiqan davom ettiriladi: “Globallashtirish nima?”. Ushbu tushunchaning iqtisodiy mazmuni – jahonda milliy iqtisodning, xususan tashqi savdo va moliyaviy oqimlar yordamida yaqinlashishini kuchaytirishni anglatadi. Ba’zan hatto ishchi kuchi, bilim va texnologiyalarning milliy chegaralaridan oqimlarning misli kо‘rilmagan darajada ortib ketishi ham nazarda tutiladi. Professor A.Katsovich globallashtirish jarayonini tasvirli yoritilishi va jahon xо‘jaligining yangi tavsiflari yuzaga kelishi: “Globallashtirish chegaralar orqali iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy va madaniy aloqalarni intensifikatsiya qilish orqali aniqlanishi mumkin.Globallashtirish - bu erkin savdo tо‘g‘risidagi bitimlar uyg‘unligi, jahonni yagona va о‘ta raqobatli bozorga aylantirgan internet hamda moliyaviy bozorlarning birlashishidir, degan taklifni kiritadi. Globallashtirish jarayonlarini tushunishga yondoshuv asosida Jahon banki Prezidenti Dj.Vulfensonning jahon xо‘jaligi va jahon sotsiumi zamonaviy holati tо‘g‘risidagi mulohazalari joy olgan: “Globallashtirish jahonni yagona global tarkibga aylantiradi, milliy va internatsional birliklar esa bir-biriga qо‘shilib ketadi. Sо‘nggi moliyaviy inqiroz, OITS, global isib ketishlarni eslang. Texnologiyalarning jadal rivojlanishi yashash tarzimiz va biznes uslubimizni о‘zgartiradi. Xususiy sektor – xususiy kapital oqimlarining masalan rivojlanayotgan mamlakatlar hozirga kelib, ushbu mamlakatlarning g‘arbiy moliyalashtirish hukumat manbalaridan besh marotaba ortib ketayotgani, misli kо‘rilmagan darajada taraqqiy etib ketdi. Qashshoq mamlakatlarda tezkor urbanizatsiya yuz berib fuqarolik jamiyati vujudga kelmoqda, demokratiya rivojlanmoqda – hukumat ham markaziy hokimiyatdan mahalliy darajaga bosqichma-bosqich о‘tmoqda. Ushbu yо‘nalishlardan foydalana oladigan mamlakatlar misli kо‘rilmagan darajada ilgariga sakramoqdalar. Integratsiyadan ortda qolayotgan mamlakatlar degradatsiyalanadi (degradatsiya – regressiya – holatning yomonlashuvi). Ularning qoloqlik darajalari ortib borib, boshqa mamlakatlarga nisbatan teng huquqliligi murakkablashib boradi.
Milliy iqtisodiy aloqalarni kuchaytiruvchi nisbatan sezilarli omillaridan biri, shu bilan birga globallashtirish atributi bu – yer sharining deyarli har qanday nuqtasida moliyaviy muassasalarga istalgan miqdordagi mablag‘ni bir zumda о‘tkazib berish imkoniyatini ta’minlovchi global axborot maydoni va global axborot tarmog‘i bо‘lgan global moliya bozorini shakllantirilishi hisoblanadi. Global moliyaviy bozor doirasida milliy bozorlar (yevrobozorlar), shuningdek, offshor moliyaviy bozorlarning ahamiyati oshib boradi. Aynan “Moliyaviy kapital milliy iqtisodiyot chegaralarini buzib о‘tuvchi asosiy omil hisoblanadi».
Jahon iqtisodiyotining globallashuv jarayonini quyidagicha ifodalash mumkin:

  1. Ishlab chiqarishning xalqaro miqyosda chuqurlashuvi (resurslar almashinuvi hajmi о‘zgarmagan yoki kamaygan holda);

  2. Kapitalning xalqaro miqyosdagi hajmining ortishi va harakatining jadallashuvi;

  3. Ishlab chiqarish kuchlarining xalqaro miqyosdagi almashinuvi;

  4. Global infratuzilma obyektlarining rivojlanishi, axborotlar va ma’lumotlarning xalqaro harakatiga xizmat qiluvchi korxona va tashkilotlar faoliyatining kengayishi;

  5. Xalqaro aloqalarning kuchayishi;

  6. Jahon xо‘jaligida ishchi kuchi harakati hajmining ortishi va miqyosining kengayish;

  7. Ijtimoiy, iqtisodiy, ekologik va boshqa muammolarning jahon xо‘jaligiga ta’siri hamda ularni bartaraf etish yuzasidan hamkorlikning kuchayishi.Globallashuv bosqichlarini milliy iqtisodiyotga nisbatan 2 turga ajratish mumkin:

Ichki globallashuv – ishlab chiqarish va savdo aloqalarining mamlakatning ichki hududidagi ichki omillar evaziga kengayishi;Tashqi globallashuv – ishlab chiqarish va savdo aloqalarining milliy doiradan tashqaridagi omillar hisobiga rivojlantirilishi.Globallashuv bosqichlari tarixiy taraqqiyot nuqtai-nazaridan quyidagi davrlarga bо‘linadi: Birinchi bosqich (1890-1920y) – resurslarni о‘zlashtirish bosqichi bо‘lib, bunda kapital tabiiy resurslar mavjud hududlarga oqib kelib, ularni о‘zlashtirishga yо‘naltiriladi. Tо‘g‘ridan-tо‘g‘ri investitsiyalar hajmi ortib boradi. Ikkinchi bosqich (1920-1970y) – ishlab chiqarish va bozorlarni egallash bosqichi bо‘lib, bunda kapital sanoat ishlab chiqarishi va uning mahsulotlarini sotish bozorlarini egallashga yо‘naltiriladi. Uchinchi bosqich – zamonaviy integratsiya bosqichi bо‘lib, bunda quyidagi maqsadlar kо‘zda tutiladi:Investitsion resurslarni samaraliroq tarmoqlarga tezkor joylashtirish va boshqarish;Hududlarning ichki va tashqi omillaridan, tabiiy, iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy va boshqa barcha imkoniyatlaridan (EIZ va offshorlar) hamda integratsion aloqalaridan kengroq foydalanish;Texnika-texnologiya, tashkiliy, boshqaruv yoki bozordagi ustun imkoniyatlarni birlashtirish, xalqaro raqobatda ustunlikni qо‘lga olish, talabgir sohalarni egallash (GOOGLE, Amazon…IT sohalar) Umuman O’zbekistonning keyingi bozor tarixi Turkiston bilan bog’liq bo’lgan. Bunda XIX asrning ikkinchi yarmidan boshlab, rus mustamlaka davri alohida o’rin egallaydi. Bu davrda bozor munosabatlari bir qadar kengayib, bir qator o’zgarishlar yuz berdi. Bu o’zgarishlar ham miqdor, ham sifat o’zgarishlarini o’z ichiga oladi. O’rta Osiyo iqtisodiyoti Rossiya iqtisodiyoti manfaatiga bo’ysundirildi. Bunda, avvalo paxtachilikka va bog’dorchilikka katta ahamiyat berildi. Rossiya mustamlakachilik siyosatida paxtachilik asosiy o’rin egallab, bu tarmoq imkoni boricha kengaytirildi va O’zbekistonning paxta xom ashyosi bilan Rossiya to’qimachiligi sanoati to’la ta’minlanib, hatto Rossiya uni chetga ham eksport qildi. Bu borada mustamlakachilik siyosati imkoniyatlaridan to’la foydalanildi. Chunki bu yo’l bilan tabiiy boyliklar va arzon mehnat va resurslaridan juda yuqori foyda olinar edi. Shu bilan birga hunarmandchilik mahsulotlari ham arzonga olib ketilar, bu tarmoq ham ancha jonlangan va o’ziga xos bozorgir mollar ishlab chiqarilar edi. Mustamlaka davrida sanoat yuzaga kela boshladi. Bu asosan qishloq xo’jalik mahsulotlariga birlamchi ishlov berish bilan bog’liq bo’lib, bular asosan paxta zavodlarini tashkil etar edi.Davr o’tishi bilan hududimizga Ovro’paga xos bo’lgan savdo ham kira boshlaydi va Sharq savdosi xususiyatlari yanada boyiydi. Bunda kapitalistik munosabatlarning kirib kela boshlashi ahamiyatlidir. Texnik ekinlar maydonining kengayishi, temir yo’l qurilishi, xo’jaliklarning sanoatga bog’liqligi kuchayishi kabilar tovar – pul muomalalarini jonlantiradi.Hozirgi O’zbekiston hududida paxta maydonlari 1860 – 1915 yillar ichida 36 ming gektarga, paxta etishtirish esa 25 ming tonnadan 830,9 ming tonnagacha o’sgan. Bundan tashqari Rossiyaga pilla, teri-charm, jun, mevalar etkazilib turilgan. 1915 yili 80 ming tonna pilla, 1800 ming dona qorako’l teri, 11,2 mln.so’mlik meva Rossiyaga tashilgan.Rossiyaga olib ketilgan mahsulot miqdori 1857 yildagi 3838,8 ming so’mdan 1914 yilda 269079,0 ming so’mga o’sgan. Shuningdek, Rossiyadan keltirilgan tovarlar miqdori shu vaqt ichida 6047,5 ming so’mdan 243574,0 so’mga etgan. Bunda chetga chiqarilgan mollar asosan qishloq xo’jalik mahsulotlari bo’lsa, chetdan olib kelingan mollar sanoat iste’mol mollarini tashkil etgan. Yirik savdo do’konlari, katta magazinlar asosan ruslar turgan mavzelarda ochilgan. Bozor munosabatlarini kengaytiradigan birja, yarmarka va banklar ochilgan. Eng birlamchi va ahamiyatli savdo birjasi 1906 yili Qo’qonda ochiladi va kon’yunkturani ko’rsatib turuvchi «Kokandskiy birjevoy komitet» byulleteni nashr etiladi.Mustamlaka davrida Toshkent va Qo’qon iqtisodiy markazga aylandi. Ayniqsa, Qo’qon eng ahamiyatliliga sabab Farg’ona vodiysining paxtasi edi.Bu davrda kooperativ savdosi paydo bo’la boshladi. Bular asosan matlubot va ssuda kooperativlari bo’lib, ular Foydalanilgan adabiyotlarqat rus aholisi ichida tarqalgan edi.Umumiy qilib aytganda, Turkistondagi bozor savdosi mustamlaka mazmunida bo’lib, u Foydalanilgan adabiyotlarqat Rossiya manfaatiga qaratildi, mavjud bozor munosabatlari ichki xo’jalik munosabatlariga deyarli tub o’zgarish kirita olmadi va asosan tashqi ta’sir, ya’ni Rossiya ta’sirida bo’ldi. Shuning uchun ham u Rossiya va Turkiston hamda Turkiston orqali Rossiya va Sharq, Janub mamlakatlari o’rtasidagi mahsulot harakatlarini o’z ichiga olgan edi. Shunga ko’ra Turkiston Rossiyaning Хitoy, Hindiston, Eron, Arab mamlakatlari bilan bo’lgan tashqi savdosida oraliq vazifasinigina bajarib, o’zi hech qanday mustaqillikka ega emas edi. .Globallashuvning zamonaviy jahon iqtisodiyotidagi asosiy ziddiyatli jihati belgisi integratsiya va avtonomizatsiya jarayonlarning uyg‘unlashuvidirGloballashuv jarayonlari inson salohiyatini oshirishda ham qulay sharoitlar yaratib bermoqda. U izlanish va tadqiqotlar, ta’lim va tajriba sohasida xalqaro malaka oshirish, qо‘shma loyihalar va xorijda tajriba almashinishning jadallashuvi natijasida о‘zini milliy iqtisodiyotning muhim innovatsion omili sifatida namoyish etmoqda.Bozor ishtirokchilari kо‘pchilik mamlakatlarda tarqalgan biznes yuritish tamoyillarini qayta shakllantirmoqdalar. Ular faoliyat maydonida gо‘yoki о‘zlarining tashkiliy va texnik tо‘rlarini yoyib tashlamoqdalar.Oxirgi ellik yil davomida bir necha rivojlanish bosqichlarini, ya’ni avtomatlashtirish, kompyuterlashtirish, biologizatsiya kabilarni boshidan kechirgan ilmiy-texnikaviy inqilob global jahon bozorida tamomila yangi segmentning - axborotlar va texnologiyalar bozorining paydo bо‘lishiga olib keldi. Iqtisodiy aloqalarning globallashuvi va buning natijasida xalqaro savdoning liberallashuvi hozirgi zamonning ko‘p yoqlama ta’sir kuchiga ega bo'lgan murakkab jarayonlaridandir. Umuman olganda, bu obyektiv jarayonlar bo‘lib, shubhasiz jahon va milliy iqtisodiyotlar samaradorligining oshishiga turtki beradi. Bozorlarning kengayishi ishlab chiqarish o‘sishi va ixtisoslashuv ehuqurlashuvini rag‘batlantiradi hamda raqobat kurashini keskinlashtiradiki, bu innovatsiyalarga va ularni jahon bozorida ishonchli muhofazalash tizimiga ho‘lgan ehtiyojni kuchaytiradi. Bu, o‘z navbatida, intellektual mulk, ayniqsa sanoat mulkining huquqiy muhofazasi tizimi ahamiyatini tobora oshirib bormoqda.

Download 128,91 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8




Download 128,91 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Global bozorining shakillanishi tarixi

Download 128,91 Kb.