Real iqtisodiyot




Download 128,91 Kb.
bet6/8
Sana10.09.2024
Hajmi128,91 Kb.
#270767
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Kurs ishi 2024 Qobiljonov sh

1-jadval
Bu jadvaldan ko’rishimiz mumkinki, milliy iqtisodiyotimizda o’tgan yilga nisbatan eng katta iqtisodiy o’sishi eksportda kuzatilgan bo’lib 131% ni tashkil etmoqda. Shuningdek, sanoat ishlab chiqarish fizik hajmi indeksi (+5,7 %), qurilish ishlari hajmining o‘sish sur’ati (+4,8 foiz). chakana savdo tovar aylanmasi o‘sish sur’ati 107,1 foiz, bozor xizmatlari hajmining o‘sish sur’ati 112,4 foiz, tashqi savdo aylanmasi o‘sish sur’ati 123,3 foiz , importning o‘sish sur’ati 118,1 foiz,aoliyfat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar soni 476 701 ta,faoliyat ko‘rsatayotgan kichik tadbirkorlik subyektlari soni 409 988 ta tashkil etdi.
BMTning 1944 yilda tuzilgan Bretton-vuds konferensiyasi, Xalqaro Tiklanish va Taraqqiyot Banki (XTTB) va Xalqaro Valyuta Fondi (XVF) kabi xalqaro tashkilotlar haqida gap bormoqda. Bugungi kunda XTTB va XVF BMTning ixtisoslashtirilgan muassasalaridandir. GATT hozirda Jahon Savdo Tashkiloti (JST) hamda BMT bilan bog‘langan.Xalqaro konferensiyalar ichida “katta sakkizlik” - AQSH, Yaponiya, Germaniya, Fransiya, Buyuk Britaniya, Italiya, Kanada, Rossiya mamlakatlari rahbarlarining har yilgi uchrashuvlari juda mashhur. Ayni paytda “katta sakkizlik”ning jahon iqtisodiyotidagi roli “iqtisodiy qudrat huquqi” xalqaro iqtisodiy huquqning rivojlanishiga tо‘sqinlik qiladi. Xalqaro iqtisodiyotda ishtirok etuvchilar davlat chegaralari mavjudligiga qaramay, umumiy xо‘jalik tizimining tarkibiy kismlari sifatida faoliyat kо‘rsatadilar. Xо‘jalik hayotining internatsionallashuvi va globallashuvi rо‘y bermoqda. Globallashuv sezilarli darajada jahon xо‘jaligi aloqalari miqyosining о‘sishi, doirasining kengayishida namoyon bо‘lib, integratsiyalashuv va globallashuv amalda hech bir davlatga faqat “о‘z ishlab chiqarishiga” ega bо‘lish foydali bо‘lmasligini kо‘rsatdi.Ba’zi milliy iqtisodiyotlar о‘z zaminini topishga intilib, jahon xо‘jaligiga tobora kо‘proq qо‘shilib bormoqda. Jahon xо‘jalik aloqalari shakllanishi va rivojlanishining istiqbollari shuni kо‘rsatmoqdaki, xalqaro jahon xо‘jaligi rivojlanishining asosiy tendensiyasi sayyoramiz miqyosida tovarlar, kapitallar va xizmatlarning yagona bozorini yaratishga, alohida mamlakatlarning iqtisodiy yaqinlashishi va yaxlit xalqaro xо‘jalik kopleksiga birlashishiga intilishdir. Bu esa xalqaro iqtisodiy munosabatlarning boshqa, ancha yuqori bosqichi hisoblanadi.Integratsion tuzilmalarni ishlab chiqarishni integratsiyalashuvida erishilgan darajasiga qarab ajratish lozim. Bunda integratsiyalashuv ham rasmiy, ham real xususiyatiga ega bо‘lishi mumkinligini hisobga olish kerak.Rasmiy integratsiyalashuv – mamlakatlar о‘rtasidagi iqtisodiy aloqalar xalqaro mehnat taqsimoti asosida о‘rnatiladi va bu mehnat taqsimoti о‘zaro aloqada bо‘ladigan mamlakatlar ishlab chiqarishi rivojlanishining tegishli о‘lchamlaridan kelib chiqmaydi (О‘zb.-Jan.Kor). Ishlab chiqarishning xalqaro kooperatsiyalashuvi rivojlanaveradi, lekin ishtirokchilarning yakuniy natijalarga ta’sir qilmaydigan turli iqtisodiy sharoitlarda bо‘ladi.Real iqtisodiy integratsiya esa ishlab chiqarishni shunday xalqaro umumlashtirishdan iboratki, bu umumlashtirish ishtirokchi davlatlar asosiy ijtimoiy-iqtisodiy о‘lchamlarini ma’lum paritetini nazarda tutadi(О‘zb-Ros).Iqtisodiy integratsiya, о‘z navbatida, ishtirokchi mamlakatlarning asosiy ijtimoiy-iqtisodiy о‘lchamlarini jadallashtirish uchun sharoit yaratadi. Iqtisodiy integratsiyaga olib keladigan jarayonlarni quyidagi о‘zaro bog‘langan zanjir kо‘rinishida ifodalash mumkin: ishlab chiqarish kuchlarini rivojlantirish, xalqaro mehnat taqsimoti, ishlab chiqarish va kapitalning integratsiyalashuvi, iqtisodiy integratsiyasi.
Jahon xо‘jaligidagi integratsion jarayonlarni rivojlantirish bо‘yicha tо‘plangan tajriba iqtisodiy integratsiyaning yuzaga kelishi va rivojlanishida tо‘rtta bosqichdan о‘tishning zarurligidan dalolat beradi. Birinchi bosqich - ishtirokchi mamlakatlar о‘rtasida bojxona tariflari va boshqa cheklashlarni bekor qilib, erkin savdo zonalarini tashkil qilish. Ishtirokchi mamlakatlar bu bosqichda о‘zaro savdo tusiqlarini bekor qiladi, lekin uchinchi mamlakatlar bilan iqtisodiy aloqalarda tо‘la erkinlikni saqlab qoladilar (masalan, bojxona bojlarini yoxud boshqa cheklashlarni bekor qilish yoki yangiliklarni kiritish huquqi, savdo-iqtisodiy shartnomalar, bitimlar tuzish huquqi). Buning oqibatida mamlakatlar о‘rtasida ularning chegaralarini kesib о‘tayotgan tovarlarning kelib chiqishini nazorat qiladigan va tegishlicha uchinchi mamlakatlardan imtiyozli ravishda tovarlarni olib kirishga tо‘sqinlik qiladigan bojxona chegaralari va postlari saqlanib qoladi. Bunday erkin zonalarga 1960 yildan buyon mavjud bо‘lgan Yevropa Erkin Savdo assotsiatsiyasini misol qilib keltirish mumkin.
Ikkinchi bosqich. XX asrning ikkinchi yarmidan boshlab yetakchi industrial mamlakatlarning tez iqtisodiy rivojlanishi va xalqaro transp ort hamda kommunikatsiya vositalarining takomillashishi natijasida tovarlar va xizmatlar almashinuvining qizg‘in rivojlanishi rо‘y berdi. Ishlab chiqarish omillari (kapital, ishchi kuchi va texnologiyalar) xalqaro harakatining turli shakllari vujudga kela boshladi, buning natijasida xorijga faqat tayyor mahsulot emas, balki uni ishlab chiqarish omillari ham kо‘chib о‘ta boshladi. Tovarning narxiga qо‘shilgan foyda endilikda faqat milliy chegaralar doirasidagina emas, balki xorijda ham yaratila boshlandi. Tovarlar va xizmatlar xalqaro savdosi hamda ishlab chiqarish omillari aylanishi rivojlanishining qonuniy natijasi iqtisodiy integratsiya bо‘ldi. Uchinchi bosqich. Iqtisodiy integratsiya - mamlakatlar iqtisodiy о‘zaro hamkorligining natijasi bо‘lib, u xо‘jalik mexanizmlarining yaqinlashuviga olib keladi va bu yaqinlashuv davlatlararo bitimlar shaklini oladi hamda tegishli davlatlararo organlar tomonidan tartibga solinadi.Tо‘rtinchi bosqich. Mikrobosqichda bu jarayon bir-biriga yaqin joylashgan mamlakatlar alohida xо‘jalik yurituvchi subyektlari (korxonalar, firmalar) kapitalining о‘zaro iqtisodiy kelishuvlar tizimini yaratish, davlatlararo darajada chet elda filiallarini tuzish orqali rо‘y beradi. Integratsiya davlatlarning iqtisodiy birlashuvi va milliy siyosatlarining muvofiqlashtirilishi asosida kechadi. Integratsion jarayonlar iqtisodiy regionalizmga olib keladi, buning natijasida mamlakatlarning alohida guruhi boshqa mamlakatlarga qaraganda о‘zlariga savdo uchun, ba’zi hollarda esa ishlab chiqarish omillarining mintaqalararo muomalada bо‘lishi uchun qulayroq sharoitlar yaratadi. Boshqacha sо‘zlar bilan aytganda, bir guruhdagi mamlakatlar о‘rtasidagi iqtisodiy aloqalarni rivojlantira turib, iqtisodiy regionalizm boshqa katta mamlakatlar bilan bu aloqalarning murakkablashishiga olib kelmasligi kerak va regionalizm hech bо‘lmaganda qolgan butun dunyo bilan savdo uchun sharoitlarni yomonlashtirmas darajada saqlansagina, u xalqaro iqtisodiyotni rivojlantirishning ijobiy omili hisoblanishi mumkin. Iqtisodiy integratsiyaning shart-sharoitlari quyidagilar:integratsiyalashayotgan mamlakatlarning iqtisodiy rivojlanishi va bozor munosabatlaridagi yetukligi darajasining yaqinligi. Kamdan-kam istisnolardan tashqari, qolgan barcha hollarda davlatlararo integratsiya yo industrial mamlakatlar yoki rivojlanayotgan mamlakatlar orasida rivojlanadi. Xatto sanoati rivojlangan mamlakatlar va rivojlanayotgan mamlakatlar doirasida taxminan bir xil iqtisodiy rivojlanish darajasidagi davlatlar о‘rtasida integratsion jarayonlar eng faol bо‘ladi;integratsiyalashayotgan mamlakatlarning geografik yaqinligi, kо‘p hollarda umumiy chegara va tarixan shakllangan iqtisodiy aloqalarning mavjudligi. Dunyodagi integratsion birlashmalarning aksariyati geografik jihatdan bir-biriga yaqin joylashgan, transport aloqalariga ega bо‘lgan va kо‘pincha bir tilda gaplashadigan bir necha qо‘shni mamlakatlardan boshlanganligi; Kapital eksport qilishham o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘ladi. Kapital eksporti kredit berish yoki chet el korxonalari aksiyalariga maqsadli sarmoyalar sarflash kabi shakllarda amalga oshirilib, kapital chiqarilgan vaqtda eksport qiluvchi mamlakatdan mablag‘lar oqimini taqozo qiladi va shu orqali tasarrufida bo‘lgan resurslar hajmini qisqartiradi. Boshqa tomondan, kapital eksporti chet davlatlarning mazkur mamlakatdan bo‘lgan qarzlarini ko‘paytiradi. Import eksportdan farq qilib chet ellik ishlab chiqaruvchi-lardan tovarlar (xizmatlar) sotib olib, ularni mamlakatga keltirishni bildiradi.Bunda mamlakat ichida ishlab chiqarish xarajatlari tashqaridan sotib olingan chog‘dagi xarajatlardan yuqori bo‘lgan tovarlar import qilinadi. Tashqi savdo samaradorligini hisoblashda mazkur mamlakat tomonidan import qilish hisobiga muayyan tovarlarga bo‘lgan o‘z ehtiyojining tezlik bilan qondirilishi hamda bunday tovarlarni mamlakat ichida ishlab chiqarilgan chog‘da sarflanishi lozim bo‘lgan resurslarning tejalishi natijasida olinuvchi iqtisodiy naf e’tiborga olinadi.Quyidagi jadvalda keyingi yillarda mamlakatimizdagi eksport va importning tovar tarkibi to‘g‘risidagi ma’lumotlar keltirilgan “Bizning tashqi savdoga chiqadigan yuklarimizning 80 foizi Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Rossiyaning tranzit yo‘laklari orqali o‘tadi. Shuningdek, tayyormahsulotlarimiz eksportining 50 foizi, ayrim tovarlar bo‘yicha esa 80 foizi Rossiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston hissasiga to‘g‘ri keladi” Globallashuv jarayonlari o‘ziga xos xususiyatlarga ega boiib, ushbu sharoitdagi xalqaro iqtisodiy munosabatlar rivojlanish tendensiyalarining quyidagi jihatlarini ko'rib chiqish mumkin. Ishlab chiqarish, ilmiy-texnikaviy va texnologik nuqtayi nazaridan globallashuv natijasida yangi yuqori texnologik ishlab chiqarish usuliga oiilishi va yangi texnologiyalarning tez va keng tarqaiishi orqali ishlab chiqarish koiam ining keskin kengayishi, yuz beradi ya’ni tovar, xizmat va kapital harakati oldidagi to‘siqlar imkon qadar bartaraf etiiadi. Globallashuv jarayonlari o‘ziga xos xususiyatlarga ega boiib, ushbu sharoitdagi xalqaro iqtisodiy munosabatlar rivojlanish tendensiyalarining quyidagi jihatlarini ko'rib chiqish mumkin. Ishlab chiqarish, ilmiy-texnikaviy va texnologik nuqtayi nazaridan globallashuv natijasida yangi yuqori texnologik ishlab chiqarish usuliga oiilishi va yangi texnologiyalarning tez va keng tarqaiishi orqali ishlab chiqarish koiam ining keskin kengayishi, yuz beradi ya’ni tovar, xizmat va kapital harakati oldidagi to‘siqlar imkon qadar bartaraf etiiadi. Shuni ta’kidlab o‘tish joizki, turli mamlakatlarda joylashgan ishlab chiqarish obyektlarini markazlashgan holda boshqarish va turli muammolarni yechish imkonini beruvchi va qisqa muddatda ma'lumot almashinuvini ta’minlovchi tizimning tashkil topishi, menejment va marketing, moliyaviy va investitsiyaviy vositalarni boshqarish sohalaridagi inqilob bo'lih, yangi savdo-sotiq majmuasini yuzaga keltirdi.

Download 128,91 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8




Download 128,91 Kb.