• Mavzu: Genlarning komplementar, epiztaz, polimer ta’siri. Strukturaviy va modifikatsion genlar. Reja
  • Genlarning oʻzaro taʼsiri
  • 1. Genlarning oʻzaro taʼsirining komplementar (toʻldiruvchi) taʼsiri
  • 2. Genlarning oʻzaro taʼsirining epistatik tipi, epistaz
  • Mustaqil ishi mavzu: Genlarning komplementar, epiztaz, polimer ta’siri. Strukturaviy va modifikatsion genlar. Bajaruvchi: G. Kamolova Qabul qiluvchi: toshkent-2024 Mavzu: Genlarning komplementar, epiztaz, polimer ta’siri




    Download 265,67 Kb.
    bet1/5
    Sana25.01.2024
    Hajmi265,67 Kb.
    #145367
      1   2   3   4   5
    Bog'liq
    genetika


    OʻZBEKSTON RESPUBLIKASI
    OLIY VA OʻRTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
    MIRZO ULUGʻBEK NOMIDAGI
    OʻZBEKSTON MILLIY UNIVERSITETI

    Biologiya fakulteti biologiya yoʻnalishi


    3-kurs SBBU-21-04-guruh talabsi
    ­­­­­­­Kamolova Gulidaning
    MUSTAQIL ISHI
    Mavzu: Genlarning komplementar, epiztaz, polimer ta’siri. Strukturaviy va modifikatsion genlar.

    Bajaruvchi: G.Kamolova


    Qabul qiluvchi: __________________

    TOSHKENT-2024



    Mavzu: Genlarning komplementar, epiztaz, polimer ta’siri. Strukturaviy va modifikatsion genlar.

    Reja:


    1. Noallel genlarning o’zaro ta’siri. Komplementar ta’siri;

    2. Genlarning epiztas va polimer ta’siri;

    3. Strukturaviy va modifikatsion genlar.


    Genlarning oʻzaro taʼsiri - genlarning belgilar rivojlanishidagi ishtiroki. Bir genning oʻzi bir necha xil belgilar rivojlaiishiga hamda bir necha xil genlar bir belgining rivojlanishiga taʼsir koʻrsatishi mumkin. Bunday taʼsir bir gen allellari (allelli taʼsir) yoki turli genlarning allellari (allel boʻlmagan taʼsir) orasida sodir boʻladi. Genlarning allelli oʻzaro taʼsirini oʻrganish natijasida Mendel qonunlari kashf etilgan. Organizmlardagi koʻpchilik belgilarning irsiylanishi faqat bir gen emas, balki allel boʻlmagan bir necha genlarning faoliyatiga ham boglik. Allel boʻlmagan Genlarning oʻzaro taʼsiri komplementar, epistaz, polimeriya, kombinirlangan (aralash), pleyotrop taʼsir xillariga boʻlinadi.
    1. Genlarning oʻzaro taʼsirining komplementar (toʻldiruvchi) taʼsiri, yaʼni komplementariya ikki yoki undan ortiq allel boʻlmagan genlarning oʻzaro taʼsiri tufayli organizmda ota-onada kuzatilmagan yangi belgi rivojlanadi. Mas, tovuklarda tojning gulsimon va noʻxatsimon shakllari bargeimon (oddiy) shakliga nisbatan dominant hisoblanadi. Gulsimon tojli tovuqlar noʻxatsimon tojli xoʻrozlar bilan chatishtirilganda Gʻrda yongʻoqsimon tojli tovuqlar olinadi. Yongʻoqsimon tojli parrandalar oʻzaro chatishtirilganida Gʻ^a yongʻoqsimon, gulsimon, noʻxatsimon va bargsimon tojli tovuqlar 9:3:3:1 nisbatda toʻrtta fenotipik sinflar olinadi. Gʻ,da kuzatilmagan yangi belgi, yaʼni yongʻoqsimon tojning rivojlanishi gulsimon tojni rivojlantiruvchi, mas, A geni bilan noʻxatsimon tojni rivojlantiruvchi dominant V genining oʻzaro komplementar taʼsiriga bogʻliq. Ota-ona sifatida olingan gulsimon tojli tovuklar oʻz geno-tipida gulsimon tojni nazorat qiluvchi A genining dominant allellariga hamda noʻxatsimon tojni boshqaruvchi V genining resessiv allellariga (AAvv), ota sifatida olingan noʻxatsimon tojli xoʻrozlar esa, aksincha — aaVV genotipga ega boʻlgan. Ota-ona va birinchi avlod parrandalarining genotipini quyidagicha koʻrsatish mumkin: R 9 Aavv (gulsimon tojli) X S aaVV (noʻxatsimon tojli) Gʻ, AaVv (yongʻoqsimon tojli).
    Belgilarning komplementar tipda irsiylanishi 9:7; 9:6:1; 9:3:4 nisbatda ham boʻlishi mumkin.
    2. Genlarning oʻzaro taʼsirining epistatik tipi, epistaz — bir genning allellari boshqa genlar allellarining faoliyatini bosib turishidan iborat. Mas, A>V yoki V>A, a>V yoki v>A. Allel boʻlmagan genlar faoliyatini bosib turuvchi allel genlar supressorlar yoki ingibitorlar deb ataladi. Ular dominant yoki resessiv holatda boʻlishi mumkin. Dominant epistaz taʼsirida bir genning dominant alleli boshqa allel boʻlmagan gen faoliyatini bosib turadi. Dominant epistazda belgilar ajralishi Gʻ2 da 13:3 yoki 12:3:1 nisbatda sodir boʻladi. Resessiv epistaz bir tomonlama yoki ikki tomonlama boʻlishi mumkin. Birinchi holda bir gen resessiv allelli gomozigota holatda boshqa genning dominant yoki resessiv allellari faoliyatini bosib turadi, yaʼni aa>V yoki aa>vv boʻladi. Bu holda Gʻ2 da belgilar 9:3:4 nisbatda roʻy beradi. Ikki tomonlama resessiv epistazda aa>V-, vv>A- boʻlganidan, fenotip boʻyicha ajralish Gʻ2 da 9:7 nisbatda sodir boʻladi.

    Download 265,67 Kb.
      1   2   3   4   5




    Download 265,67 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mustaqil ishi mavzu: Genlarning komplementar, epiztaz, polimer ta’siri. Strukturaviy va modifikatsion genlar. Bajaruvchi: G. Kamolova Qabul qiluvchi: toshkent-2024 Mavzu: Genlarning komplementar, epiztaz, polimer ta’siri

    Download 265,67 Kb.