Genlarning komplementar ta’siri.
Genlar o‘zaro ta’sirining komplementar tipida bir belgi ikkita genning o‘zaro ta’siri tufayli hosil bo‘ladi. Lekin belgiga ta’sir etuvchi genlar teng qiymatga ega bo‘lmay ulardan biri asosiy, ikkinchisi to‘ldiruvchi vazifasini bajaradi. Komplementar holda nasldan-naslga o‘tish 2 xil bo‘ladi.
1. Yangi belgi hosil bo‘lishida ishtirok etadigan har ikki noallel gen mustaqil ravishda u yoki bu belgiga ta’sir etadi,
chunonchi AAbb genlar tovuqlarda gulsimon, aaBB genlar no‘xatsimon toj hosil qiladi.
2. Yangi belgi hosil bo‘lishida ishtirok etadigan ikki xil noallel genning biri mustaqil ravishda belgini vujudga keltiradi. Ikkinchi noallel gen esa bunday xususiyatta ega bo‘lmaydi.Komplementar holda nasldan-naslga o‘tishning bu xilida noallel genlar alohida-alohida ravishda belgiga mustaqil ta’sir qila olmaydi. CHunonchi oq patli tovuqlarni genotipi boshqa oq tovuqlar bilan chatishtirishganda duragay tovuqlar hammasining pati rangli bo‘ladi, F1
o’zaro chatishtirilganda esa 9 : 7 nisbatda ajralish ro‘y bergan. Ularning 9\16 qismi rangli patli, 7\16 qismi oq patli bo‘lgan.
Komplementar holda nasldan naslga o‘tishining ikkinchi bo‘g‘ini xilma-xillik
9 : 3: 3: 1; 9 : 7; 9: 3 : 4; 9 : 6: 1 nisbatda ajralish ro‘y beradi.
Masalalar :
1.Xushbo‘y no‘xat o‘simligi gultojibarglarining qizil bo‘lishi ikki noallel dominant gen ta’sirida ro‘y beradi. Digeterozigota qizil gulli xushbo‘y no‘xat ikkita noallel gen bo‘yicha gomozigota bo‘lgan oq gulli retsessiv xushbo‘y no‘xat bilan chatishtirilgan. Hosil bo‘lgan F1 ning fenotipini aniqlang.
A) 75% qizil, 25% oq B) 75% oq, 25% qizil
C) 50% qizil,50% oq D) 100% qizil
2.Genotipi har xil bo‘lgan oq pillali ikkita tut ipak qurtining kapalaklari chatishtirilgan. F1 diduragaylar sariq pilla hosil qilgan. Ularning urg‘ochi va erkak kapalaklari o‘zaro chatishtirilganda F2 da ikki xil fenotipik sinf 9: 7 nisbatda sariq, oq pillali kapalaklar hosil bo‘lgan. CHatishtirishda ishtirok etgan urg‘ochi va erkak, F1 va F2 duragay tut ipak qurt kapalaklarining genotipini aniqlang.
A) AaBb x aabb B) AaBB x AABb
C) AaBb x AaBb D) AABB x aabb
3. Odamlarda karlik har xil xromosomada joylashgan retsessiv genlar—d va e larga bog‘liq. Normal eshitadigan odamlarda bu genlarning D va E si uchraydi. ddEE genotipli kar erkak, DDee kar ayolga uylangan:
I.ular bolalarining eshitish qobiliyati qanday bo‘ladi.
A) 75% kar, 25% normal
B) 75% normal, 25% kar
C) 50% normal 50% kar
D) 100%
normal
II. agar nikohdan o‘tgan ayol va erkak bir xilda kar bo‘lsa ulardan kar bolalar tug‘ilish ehtimoli qanday.
A) 75% kar, 25% normal
B) 75% normal, 25% kar
C) 50% normal ,50% kar
D) 100% kar
4. Qovoq mevasini gardishsimon shakli A va B dominant genlarga bog‘lik. Agar genotipda bu ikki dominant gendan biri bo‘lsa, u holda meva sharsimon shaklda bo‘ladi. Ikki noallel retsessiv genlari gomozigota holatda qovoq mevasi uzunchoq bo‘lishini ta’minlaydi.
I. Tubandagi genotipga ega formallarning chatishishidan hosil bo‘lgan duragaylarning fenotip nisbatini toping:
Aabb X AaBB
A) 75%gardishsimon, 25% sharsimon
B) 50% gardishsimon ,25% sharsimon ,25% uzunchoq
C) 50% gardishsimon, 50% sharsimon
D) 100% gardishsimon
II.Agar 2 noallel bo’yicha geterozigotali gardishsimon qovoq 2 allel gen bo’yicha retsessiv uzunchoq
qovoq bilan chatishtirilsa, duragay avlodning meva shakli qanday nisbatda hilma-xil bo’ladi?
A)2:2 B)3:1 C)2:1:1 D)1:2:1
5. Kartoshka tugunagida antotsian rang bo‘lishi asosiy P va R genlariga bog‘liq. Lekin ular o‘z ta’sirini dominant D geni bo‘lgandagina fenotipda namoyon qiladi. SHunga ko‘ra, P-rr-D genotipli kartoshka tugunagi ko‘k-binafsha rang; P-R-D genotipli tugunagi qizil-binafsha rang;
p-R-D genotipli tugunagi pushti rangda bo‘ladi. Boshqa holatlarda tugunak oq rangda.
I.Kartoshkaning geterozigota qizil-binafsha tugunakli o‘simligi gomozigota oq rangli tugunak hosil qiluvchi pprrdd genotipli o‘simligining changi bilan changlatildi. F1 da 152 ta o‘simlik hosil bo‘ladi.
a) qizil-binafsha tugunakli o‘simlik necha xil gameta hosil qiladi,
b) F
b da nechta o‘simlik qizil-binafsha rang tugunakli bo‘lishi mumkin?
v) F
b necha xil fenotipga ega bo‘ladi?
d) oq tugunakli o‘simliklardan nechtasi keyinchalik ajralmaydi?
A) a-2 xil,b-19 ta,v-1:1:1:1:1:1:1:1 d-19 ta
B) a-8 xil,b-19 ta,v-5:1:1:1 d-95 ta
C) a-8 xil,b-57 ta,v-6:1:1 d-95 ta
D) a-8 xil,b-19 ta,v-2:1:1:4 d-95 ta
II. Quyidagi genotiplarning qaysi birida fenotipi oq rangli bo'ladi?
a)PprrDd; b)PpRrDd; c)ppRRDD; d)PPrrdd; e)pprrDd; f)PPrrDD; j)PPRrDD; k)pprrdd
A)a, f B)b
, j C)d, e, k D)c, f, k
III. Kartoshkaning geterozigotali qizil binafsha tugunakli o'simligi gomozigota oq rang
hosil qiluvchi PPrrdd genotipli o'simlik bilan chatishtirilganda Fb da 896 ta o'simlik hosil boidi. Ulardan nechtasi barcha allellar bo'yicha
geterozigotali?
A) 224 B) 126 C) 112 D) 56
IV. Tugunagi oq gomozigotali kartoshka qizil-binafsha rangli gomozigota kartoshka bilan chatishtirilsa ,olingan avlodning necha foizi fenotip bo’yicha qizil-binafsha rangli bo’ladi?
A) 25 B) 100 C) 75 D) 50
6. Drozofila meva pashshasida ko‘zning qizil rangi A - B genlarga bog’liq: A- bb genotipga ega drozofilaning ko‘zi jigarrang; aa-B-genotipliniki och qizil rang, aabb genotipliniki oq rangda bo‘ladi. Qizil ko‘zli F1
drozofilalarni oq ko‘zli drozofilalar bilan chatishtirib, 196 ta F
b nasl olingan:
a) F
b necha xil genotipli organizmlar uchraydi.
b) ular necha xil fenotip hosil qiladi.
v) ulardan nechtasi qizil ko‘zli.
g) nechtasi jigarrang ko‘zli.
d) nechtasi oq ko‘zli
A) a-4xil,b-4xil,v-49, g-98, d-49
B) a-4xil,b-1xil,v-49, g-49, d-49
C) a-4xil,b-4xil,v-49, g-49, d-98
D) a-4xil,b-4xil,v-49, g-49, d-49
7.Tovuqlarning yong‘oqsimon tojli xili bilan oddiy tojli xili chatishtirilgan da 1: 1: 1: 1 nisbatda ajralish ro‘y bergan chatishtirishda ishtirok etgan tovuq va xo‘rozlarning genotipini aniqlang
A) AaBb x aabb B) AaBB x aabb
C) Aabb x aaBB D) AABb x aaBb
8.Oddiy tojli tovuqlar bilan digeterozigotali yong'oqsimon tojli xo'rozlar o'zaro chatisht.irilganda fenotip bo'yicha qanday ajralish uamoyon bo'ladi?
A)50% yong'oqsimon va 50%
gulsimon tojli
B)100% yong'oqsimon tojli
C)50% yong'oqsimon va 50% no'xatsimon tojli
D)25% yong'oqsimon, 25% gulsimon, 25% no'xatsimon, 25% oddiy tojli
9. Xlorofil pigmentini sintezlashda arpa o’simligida ikkita ferment qatnashadi. Ularning bo’lmasligi pigment buzilishiga olib keladi. Har bir fermentning sintezi har xil autosomalarda joylashgan dominant (A-B) genlar bilan ifodalanadi. Birinchi ferment sinteziga javobgar genning bo’lmasligi o’simliklarning oq rangda, ikkinchi ferment sinteziga javobgar genning bo’lmasligi o’simliklarning sariq rangda bo’lishiga olib keladi. Ushbu genlarning birgalikda bo’lmasligi o’simlikning oq rangini, birgalikda bo’lishi yashil rangini ta’minlaydi. Agar degeterozigotali arpalar o’zoro chatishtirilsa, sariq o’simliklarni e’tiborga olmaganda avloddagi duragaylarning necha % i genotip bo’yicha digomozigotali bo’ladi?
A) 18,75% B) 6,25% C) 23% D) 25%
10. Tovuqning yong‘oq tojli formallari oddiy tojli xo‘roz bilan chatishtirilganda quyidagicha natija olingan:
a) tovuq, xo‘rozlarning 50% yong‘oqsimon, 50% gulsimon tojli;
b) hamma tovuq va xo‘rozlar yong‘oqsimon tojli;
v) tovuq va xo‘rozlarning 50% yongoqsimon. 50% no‘xatsimon tojli;
g) tovuq va xo‘rozlarning 25% gulsimon, 25% no‘xatsimon 25% yong’oqsimon, 25% oddiy tojli bo‘ladi. CHatishtirishga ishtirok etgan tovuq va xo‘rozlarning genotipini aniqlang.
A) a-AABbxaabb, b-AABBxaabb, v-AaBBxaabb
g-AaBbxaabb
B) a-AaBbxaabb, b-AABBxaabb, v-AaBBxaabb
g-AABbxaabb
C) a-AABbxaabb, b-AABBxaabb, v-AaBBxaabb
g-AABbxaabb
D) a-AABbxaabb, b-AABbxaabb, v-AaBBxaabb
g-AaBBxaabb
11.Hayvonotchilik xo’jaligida ko’paytiriladigan norka mo’ynalarining
rangi ikki juft birikmagan, noallel genlar bilan ifodalanadi. Ikki juftning dominant genlari mo’ynaning qo’ng`ir rangini, ularning retsessiv allellari esa mo’ynaning kumush rangda bo’lishini belgilaydi.
a) Ikki juft genlar bo’yicha geterozigotali norkalarni o’zaro chatishtirish natijasida qanday avlod hosil bo’lishini aniqlang?
b) Ota-onalar genotipi qanday bo’lganda faqat qo’ng`ir mo’ynali duragaylar hosil bo’ladi ?
A) a- 9 ta qo’ng’ir,b-7ta kumush b- AAbbxaaBB
B) a-6 ta qo’ng’ir,b-3ta kumush b- AAbbxaaBB
C) a- 9 ta qo’ng’ir,b-7ta kumush b- AABbxaabb
D) a- 9 ta qo’ng’ir,b-7ta kumush b- AaBbxaaBb
12.Tovuqlar tojining shakli komplementar genlar bilan belgilanadi. No'xatsimon va gulsimon tojli tovuqlar chatishtirilganda naslda oddiy, no'xatsimon, yong'oqsimon va gulsimon tojlilar olingan. Ota-onalar genotipini aniqlang?
A) AaBb x aabb B) AaBB x aabb
C) Aabb x aaBb D) AABb x aaBb
13. Tut ipak qurtida A-bb, aa-B oq rangni, A-B- sariq rangni namoyon etadi. F1 da 1: 1 nisbat olish uchun qanday genotipga ega tut ipak qurtini chatishtirish kerak.
A) AaBb x aabb B) AABB x aabb
C) Aabb x aaBB D) AABb x aaBb
14. To’ti qushlarda patlar rangi 2 juft birikmagan va allelmas genlar tomonidan belgilanadi. Ikki xil dominant genlarning genotipda birga kelishi
yashil rangni belgilaydi, 1-juftning dominant geni ikkinchi juftning retsessiv geni bilan birga uchraganda havorang yoki 2-juftning dominant geni 1- juftning retsessiv geni bilan birga uchraganda sariq namoyon bo’ladi, har ikkala juftning retsessiv genlari oq rangni belgilaydi.
I. Fermada yashil va sariq to'tiqushlarni chatishtirish natijasida quydagilardan qaysilarida genotipda sariq to'tiqushlar paydo bo'lmaydi?
1)AABB x aaBB; 2) AaBb x aaBB;
3) AABb x aaBB; 4) AaBB x aaBB;
5)AaBb x aaBb; 6) AABb x aaBb;
7) AaBB x aaBb; 8) AABB x aaBb.
A) 1,2, 5, 6, 8 B) 1,2, 3,4, 7
C) 2, 3, 4, 6, 7 D) 1, 3,6, 8
II.Yashil rangli to‘tiqushlami o‘zaro chatishtirish natijasida avlodda 27 ta yashil, 9 ta sariq, 10 ta havorang va 4 ta oq rangli qushlar olingan, ota-ona genotipini aniqlang.
A) AaBb x, aabb B) AaBb x AaBb
C) Aabb x AaBb D) aaBb x AaBB
15. Itlarning bir zotida tanasi rangi ikki juft allel bo’lmagan genlar bilan boshqariladi. Genotip
A-B- holatda tanasi rangi qora, A-bb holatda malla, aaB-holatda jigarrang rang hosil qiladi. Ikki juft retsessiv genga ega bo’lgan itlar tanasi och sariq rangda bo’ladi. Qora urg’ochi va malla erkak itlar chatishtirilganda qora, malla, och sariq, jigarrang itlar hosil bo’lgan. Kuchukchalarning necha foizini tana rangi malla bo’lmagan kuchukchalar tashkil etadi?
A) 62,5% B) 50% C) 37,5% D) 25%
16.Hidli no’xatning gultojibarglari oq va qizil rangda bo’ladi. Genotipi boshqa-boshqa bo’lgan ikkita oq gultojibargli shakli chatishtirilgan. Natijada F1 da qizil gultojibargli shakllar, F2 da esa oq va qizil gultojibargli shakllar olingan. Dastlabki ota-ona va F1 duragayining genotipini toping.
A)AAbb x AaBbc; AaBb
B)AABB x aabb; AaBb
C)AAbb x aaBB; AaBb
D)AABB x AaBb; aaBB
17. Quyida berilgan chatishtirish nisbatlarining qaysi biri komplementar ta'sirga tegishli?
A)13:3 B)12:3:1 C)9:7 D)15:1
18. Olako'zanlarning sarg'ish va kulrang mo'ynali organizmlari o'zaro chatishtirilganida F1 duragaylarining barchasi jigarrang bo'ldi. F2 da esa 9 ta jigarrang, 3 ta sarg'ish, 3 ta kulrang hamda 1 ta oq rangli individlar olindi.
I.Jigarrangni yuzaga chiqaruvchi genotiplarni aniqlang?
II.Agar 1-dominant gen 2-ressessiv gen bilan kelsa, kulrang, 1-ressessiv gen 2- dominant gen bilan kelsa, sarg'ish
tus yuzaga chiqsa, sarg'ish tusni yuzaga chiqaruvchi genotiplarni aniqlang.?
III.Kulrangni yuzaga chiqaruvchi genotiplarni aniqlang?
IV.Oq rangni yuzaga chiqaruvchi genotiplarni aniqlang?
A)I-AaBb, II-aaBB, III-AABb, IV-aabb
B) I-AABb, II-aaBb, III-Aabb, IV-aabb
C) I-AABB, II-AAbb, III-AAbb, IV-aabb
D) I-Aabb, II-aaBB, III-aabb, IV-aabb
19.Piyoz rangining irsiylanishi genlarning komplementar ta'siriga bog'liq. A va B geni birgalikda piyozning oq rangda bo'lishini ta'minlaydi. A geni B genisiz piyozga qizil rang beradi. Qolgan holatlarda piyoz rangi sariq bo'ladi. Qizil va sariq rangli piyozlar o'zaro chatishtirilganda F1 da 960 ta oq rangli piyozlar olingan, ularni o'zaro chatishtirish natijasida F2 da 1440 ta o'simlik olingan. F2 da olingan qizil rangli piyozlarning soni qancha?
A) 540 B) 810 C) 1080 D) 270
20. Odamda yaqindan ko'rish dominant bo'lib, turli darajada namoyon bo'ladi. Bu belgi har xil autosomada joylashgan dominant genlarning komplementar ta'siri natijasidadir. Genotipda har ikkala dominant genlar uchrasa yaqindan ko'rishning
yuqori darajasi, dominant belgilardan faqat bittasi uchrasa o'rta darajasi kuzatiladi. Ona yuqori darajada yaqindan ko'radigan, ota esa normal ko'rish qobiliyatiga ega bo'lgan oilada ikki farzand tug'ilgan: biri yuqori darajada, ikkinchisi esa o'rta darajada yaqindan ko'radi. Ota-onalar genotipini toping.
A) AaBB x aabb B) AaBb x aabb
C) AaBB x AAbb D)AaBB x aaBB