Genlarning epistaz ta’siri.
Epistaz tashqi ko‘rinishidan dominantlikka o‘xshaydi. Lekin dominantlik noallel genlar orasida ro‘y beradi. Noallel genlar ustidan dominantlik qiluvchi genlar supressor yoki ingibitor- epistatik gen deyiladi. Epistatik genlar retsessiv gomozigota xolatda ham bo‘ladi. Dominant epistazning F2 bo‘g‘inida 13: 3,
12 : 3: 1 nisbatda, retsessiv epistazning ikki tomonlisida 9 : 7 nisbatda, bir tomonlisida
9 : 3: 4 nisbatda ajralish ro‘y beradi.
Masalalar:
1.Tovuqlar patining rangli bo‘lishi S geniga bog‘lik. Bu genning retsessivi s esa rang hosil qilmaydi. Boshqa xromosomada joylashgan I gen S gen ustidan dominantlik qilgani sababli pat oq rangli bo‘ladi. i geni esa S geniga ta’sir etmaydi. Quyidagicha genotipli tovuq va xo‘rozlar chatishtirilsa, F1 da tovuqlarning pati qanday rangda bo‘ladi.
a) IiSs X iiss; b) IISS X liSs
A) a-3:1 b-100% oq B) a-2:1:1 b-100% rangli
C) a-2:2 b-100% oq D) a-2:2:1 b-100% oq
2.G‘o‘zaning malla va yashil tolali liniyalari chatishtirilgan. F1 da malla tolali duragaylar xosil bo’ldi. F1 duragay o‘z-o‘zidan changlanganda F2 da asosan malla, qisman yashil va juda oz miqdorda oq tolali o‘simliklar hosil bo‘lgan. Bu hodisani qanday tushuntirish mumkin.
F2 da fenotip bo’yicha ajralish nisbati qanday bo’ladi?
A) Genlarning epistaz ta’siri, 12:3:1
B) Genlarning komplementar ta’siri ,9:6:1
C) Genlarning komplementar ta’siri, 9:3:4
D) Genlarning epistaz ta’siri, 13:3
3.Suli donining rangi ikki xil gen ta’sirida rivojlanadi. Ulardan biri donning qora, ikkinchisi kulrang bo‘lishini ta’minlaydi. Qora rang hosil qiluvchi gen kulrang hosil qiluvchi gen ustidan dominantlik qiladi. Mazkur genlar retsessiv holatda donning oq bo‘lishiga sababchi bo‘ladi.
I.Seleksioner qora donli sulini o‘z-o‘zi bilan changlatgan, nasldagi o‘simliklarning 1205 tasi qora donli, 306 tasi kulrang donli, 99 tasi oq donli ekanligi ma’lum bo‘ldi. Tajribadagi ota-ona o‘simliklarning genotipini aniqlashda seleksionerga yordam bering? Qora donli o’simliklarning necha foizida keyingi bo’g’inda ajralish kuzatilmaydi?
A) AaBb x AaBb, 33,3
B) AaBb x AaBb , 66,67
C) AaBb x AaBb ,25
D) AAbb x aaBB ,33,3
II.Qora donli suli o'simliklari kulrang donli o'simliklar bilan chatishtirilganda keyingi avlodda olingan o'simliklarning 50 %i qora, 25 %i kulrang va 25 % oq donli bo’lgan. Chatishtirishdan olingan qora donli o'simliklarning ayrimlari oq donli o'simliklar bilan chatishtirilganda keyingi avlodda olingan o'simliklarning ½ qismi qora, ½ qismi oq donli bo’lgan.
a) 1-chatishtirish uchun olingan o'simliklarning
genotipini aniqlang.
b) 2-chatishtirish uchun olingan o'simliklarning genotipini aniqlang
A) a-Aabb x aaBb, b- aaBb x aabb
B) a-Aabb x aaBb, b- Aabb x aabb
C) a-AaBb x aaBb, b- aaBb x aabb
D) a-Aabb x aaBb, b- AaBb x AaBb
4. Sulida A - dominant supressor donning qora rangda bo'lishiga olib keladi, a - geni rang hosil bo'lish jarayoniga ta'sir ko’rsatmaydi
B- donning kulrang bo'lishini ta'minlaydi.
b - mevaning oq rangli bo'lishini ta'minlaydi. Genotiplari bir-biridan farq qilgan 2 ta suli
chatishtirilganda F1 da 4098 ta o'simlik olingan, shulardan 1032 tasi kulrang donli, qolganlari esa qora donli bo'lgan. Chatishtirilgan o'simliklarning genotipini aniqlang?
A) AaBb x AaBb B) AaBb x aabb
C) AaBB x Aabb D) AAbb x aaBB
5. Qovoq mevasining oq rangi - W, sariq rangi - U, yashil rangi - u, gen bilan ifodalanadi. W gen dominant ingibitor vazifasini bajaradi.
I. Quyidagi WwYy va wwyy genotipga ega organizmlar o’zaro chatishtirilgandan birinchi bo’g’in duragaylarining fenotipi qanaqa nisbatda bo’ladi?
A) hammasi oq rangda
B) 1 ta sariq, 1 ta yashil, 2 ta oq
C) 6 ta oq , 1 ta sariq, 1 ta yashil
D) 3 ta oq, 1 ta sariq
II. Qovoq mevasining oq rangi W, sariq rangi Y, yashil rangi y gen bilan ifodalanadi. W gen dominant ingibitor vazifasini bajaradi. Quyidagi WwYy va wwyy genotipiga ega organizmlar o'zaro chatishtirilsa, birinchi bo'g'in duragaylarining fenotipi qanday nisbatda bo'ladi?
A) 1 ta sariq, 1 ta yashil, 2 ta oq
B)6 ta oq, 1 ta sariq, 1 ta yashil
C)3 ta oq, 1 ta sariq
D)hammasi oq
III.Quyidagi WwYy va Wwyy genotipiga ega organizmlar o'zaro chatishtirilsa, birinchi bo'g'in duragaylarining fenotipi qanday nisbatda bo'ladi?
A)3 ta sariq, 1 ta yashil
B) 6 ta oq, 1 ta sariq, 1 ta yashil
C)3 ta oq, 1 ta sariq
D)hammasi oq
IV.Quyidagi WwYY va Wwyy genotipiga ega organizmlar o'zaro chatishtirilsa, birinchi bo'g'in duragaylarining fenotipi qanday nisbatda bo'ladi?
A)3 ta sariq, 1 ta yashil
B)6 ta oq, 1 ta sariq, 1 ta yashil
C)3 ta oq, 1 ta sariq
D)hammasi oq
6. Qovoqda U - geni mevaning sariq rangini, u -geni yashil rangini ifodalaydi. S - dominant ingibitor, s - qovoq rangining yuzaga chiqishiga to'sqinlik qilmaydi.
I.Ikki juft dominant genlar bo'yicha gomozigota oq qovoq yashil qovoqlar bilan chatishtirish natijasida hosil bo'lgan F1duragayni o'zaro chatishtirilsa, F2 da fenotip bo'yicha qanday ajralish vujudga keladi?
A) 9 ta oq, 3 ta sariq, 3 ta oraliq, 1 ta yashil
B) 9 ta sariq, 3 ta oq, 4 ta yashil
C) 9 ta sariq, 6 ta oq, 1 ta yashil
D) 12 ta oq, 3 ta sariq, 1 ta yashil
II.Quyida berilgan genotiplarni tahlil qilib, oq rangli qovoqlar berilgan javobni toping.
1)UuSS; 2)UuSs; 3)Uuss; 4)UUSs; 5)uuss; 6)uuSs; 7)UUss; 8)uuSS.
A)3, 5 B)1, 2, 4, 6, 8
C)1, 2, 5, 7, 8 D)5
III. Tajribada UuSs genotipli qovoq, uuss bilan chatishtirilgan. F1 da qanday fenotipik xilma-xillik vujudga kelishini aniqlang.
A) 50% oq, 25% sariq, 25% yashil
B) 50% yashil, 25% sariq, 25% oq
C) 50% sariq, 50% oq
D) 100% oq
IV.Tajribada Uuss genotipli qovoq, uuss bilan chatishtirilgan. F1 da qanday fenotipik xilma-xillik vujudga kelishini aniqlang.
A)50% oq, 25% sariq, 25% yashil
B)50% sariq, 50% yashil
C)50% oq, 50% yashil
D)100% sariq
7. Sariq mevali qovoq o'simliklari oq mevali o'simliklar bilan chatishtirilganda F1 da olingan o'simliklarning mevasi oq rangli bo'lgan.
F2 da esa 204 ta oq mevali, 53 ta sariq mevali va 17 ta yashil mevali o'simliklar olingan. F1 da olingan oq mevali o'simliklar yashil mevali o'simliklar bilan chatishtirilsa, keyingi avloddagi meva rangi bo'yicha qanday fenotipda ajralish bo’ladi?
A) 4:3:3 B) 2:2 C) 2:1:1 D) 1:1
8. Xushbo‘y no‘xat o‘simligida A va B dominant genlar genotipda alohida bo‘lganda gultojibarglari oq, birgalikda bo’lganda gultojibarglari qizil rangda bo‘ladi.
aabb genotipli formallar esa oq gultojibargli bo‘ladi. Quidagi chatishtirishdan hosil bo‘lgan F1 bo‘g‘inda gultojibargi qanday rangda bo‘ladi.
a) AaBb X aabb b)AaBb X Aabb
c)AaBb X AaBb
A) a- 3:1, b-3:5, c-9:7
B) a- 1:1, b-3:5, c-9:7
C) a- 3:1, b-3:6, c-9:7
D) a- 1:1, b-6:5, c-9:7
9. G‘o‘zada B gen tolaning malla, b gen oq rangda bo‘lishini ta’minlaydi. A gen esa yuqoridagi har ikkala gen ta’sirini bo‘g‘ib, tolaning yashil rangda bo‘lishiga olib keladi.
a gen esa tola rangiga ta’sir ko‘rsatmaydi. aaBB va AAbb genotipli liniyalarni chatishtirib F1 da 116 ta o‘simlik, F1 o‘z-o‘zini changlatashidan F2 da 800 o‘simlik olingan:
a) F1 dagi o‘simliklarning qanchasi yashil tolali.
b) F2 dagi o‘simliklarning qanchasi malla, qanchasi yashil, qanchasi oq tolali bo‘lgan.
A) a-116,b-600 ta yashil,150 ta malla, 50ta oq
B) a-125,b-600 ta yashil,150 ta malla, 50ta oq
C) a-116,b-600 ta yashil,110 ta malla, 100ta oq
D) a-116,b-150 ta yashil,600 ta malla, 50ta oq
10. Zig‘ir gultojibarglari chetining kungurador bo‘lishi A, tekisligi—a genlarga bog‘liq. I—gen ingibitor vazifasini bajaradi, i—gen gultojibarg shakliga ta’sir ko‘rsatmaydi.
I.Quyidagicha chatishtirishdan qanday fenotipli duragaylar hosil bo‘ladi.
a) IIAAX iiaa; b) IiAa X iiaa;
A) a-100% tekis, b-6 ta tekis:2ta kulrang
B) a-100% tekis, b-3 ta tekis:1ta kulrang
C) a-100% tekis, b-3 ta tekis:2ta kulrang
D) a-100% tekis, b-2 ta tekis:2ta kulrang
II.Tekis va kungurador gultojbargli o'simliklar chatishtirilganida 135 ta kungurador va 225 ta tekis gultojbargli o'simliklar olingan bo'lsa, chatishtirilgan o'simliklarning genotipini aniqlang.
A) IiAaxiiAA B) IiAaxIiAa
C) IiAAxiiAa D) IiAaxiiAa
11. Itlarning qora junli urg‘ochisi, oq junli erkak formasi bilan chatishtirilgan. 50% oq junli, 25%kulrang junli, 25% qora junli itlar tug‘ilgan. Erkak, urg‘ochi itning genotipini aniqlang.
A) IiAax IiAa B) iiAa x Iiaa
C) IiAa x iiaa D) IIaa x iiAA
12. Genotipa har xil, fenotipi o‘xshash bo‘lgan ikki xil piyoz chatishtirilgan. F1 da 60 oq piyozboshlar, ularning o‘zaro chatishishidan F2 da 260 oq payozbosh, 60 ta rangli piyoz hosil bo‘ladi. Chatashtirishda ishtirok etgan dastlabki ota-ona piyozboshlarning genotipini aniqlang?
A) IiAax IiAa B) IIAA x iiaa
C) IiAa x iiaa D) IIaa x iiAA
13. Piyoz po‘stining qizil rangini B gen, sariq rangini b gen ifodalaydi, ammo ranglar genotipda I gen bo‘lsa yuzaga chiqadi. Uning
retsessiv i alleli ingibitor vazifasini bajaradi va rangning chiqishiga to‘sqinlik qiladi. Po‘sti qizil piyoz sariq piyoz bilan chatishtirilganda avlodda qizil, sariq va oq piyozlar hosil bo‘ldi.
a)Hosil bo‘lgan avlodda fenotip bo‘yicha qanday ajralish namoyon bo‘ladi?
b) Chatishtirilgan ota-onalarning genotipini aniqlang.
A) a-3:3:2, b-IiBbxIibb
B) a-6:4, b-IiBbxIibb
C) a-3:3:2, b-IIBbxIibb
D) a-3:3:2, b-IIBBxiibb
14.Piyoz po'stining qizil rangini B gen, sariq rangini b gen ifodalaydi, ammo ranglar genotipda I gen bo'lsa yuzaga chiqadi. Uning retsessiv i alleli ingibitor vazifasini bajaradi va rangning chiqishiga to'sqinlik qiladi.
I.Po'sti sariq piyoz oq piyoz bilan chatishtirilganda F1 da olingan barcha duragaylar qizil po'stli bo'lgan. F2 da fenotip bo'yicha qanday ajralish namoyon bo'ladi?
A) 1 qizil: 2 sariq : 1 oq
B) 3 qizil: 3 sariq : 2 oq
C) 9 qizil: 3 sariq : 4 oq
D) 9 qizil: 6 sariq : 1 oq
II.Quyidagi genotiplarning qaysi biri sariq rangli
fenotipga ega?
a)BBII; b)Bbii; c)bbII; d)bbii; e)bbIi;
f)BbIi; j)BbII; k)BBii
A)c,e B)a, f, j C)b, d, k D)c, e, f
III.Quyidagi genotiplarning qaysi biri qizil rangli
fenotipga ega?
a)BBII; b)Bbii; c)bbII; d)bbii; e)bbIi;
f)BbIi; j)BbII; k)BBii
A)c,e B)a, f, j C)b, d, k D)c, e, f
IV.Quyidagi genotiplarning qaysi biri oq rangli
fenotipga ega?
a)BBII; b)Bbii; c)bbII; d)bbii; e)bbIi;
f)BbIi; j)BbII; k)BBii
A)c,e B)a, f, j C)b, d, k D)c, e, f
15. Tovuqlarda C- patning qora rangini, c- oq rangini belgilaydi. Ikkinchi juft noallel dominant (I) gen rangni yuzaga chiqarmaydi, i- rangga ta’sir qilmaydi.
I.Quyidagi chatishtirishlarning qaysi birida 3 ta qora, 1 ta oq tovuq hosil bo’ladi?
A) IICC x iiCc B) iiCc x iicc
C) iiCc x iiCc D) IiCc c iicc
II.Oq patli tovuq va xo'roz chatishtirilganda 1680 jo'ja olingan. Ulardan 315 tasi rangli, qolgani oq. Tovuq, xo'roz va rangli jo'jalarning genotipini aniqlang.
A)Ccii x ccii; CCii, Ccii
B)CCIi x CCIi; Ccii, Ccii
C)CcIi x CcIi; CCii, Ccii
D)Ccii x CCIi; Ccii, Ccii
III.Oq tovuq rangli xo'roz bilan chatishtirilganda 715 rangli va 716 oq jo'jalar olindi. Tovuq xo'roz va jo'jalarning genotipini aniqlang.
A)CCII x ccii; Ccii, Ccii
B)CcII x Ccii; CCIi, Ccii
C)CCU x Ccii; CCIi, Ccii
D)ccii x Ccii; Ccii,ccii
IV. Genlarning epistaz ta'siriga ko'ra tovuqlarning oq patli (1)va qora patli (2)formalarini ajrating.
a)IICC; b)IiCc; c)iiCC; d)licc; e)iiCc; f)iicc.
A)1 - a, b, d,f;2-c,e
B)1-c, e; 2-a,b,d,f
C)1 - a, c, d, e; 2-b,f
D)1-c,f;2-a,b,d, e
V.Quyidagi chatishtirishlarning qasi birida faqat rangsiz tovuqlar hosil bo’ladi?
A)IiCC x IiCC B)IiCc x iicc
C)IICc x iicc D)IiCC x Iicc
VI. Oq patli tovuqlarni o'zaro chatishtirilganda F1 da barcha duragaylar oq patli, F2 da esa 650 ta oq, 150 tasi qora rangli bo'lgan.
a) F2 da olingan oq patli duragaylarning nechtasi 2 ta gen bo'yicha gomozigotali genotipga ega?
b) F2 da olingan oq patli duragaylarning nechtasi 2 ta gen bo'yicha geterozigotali genotipga ega?
c) F2 da olingan qora patli duragaylarning nechtasi 2 ta gen bo'yicha gomozigotali genotipga ega?
A)a-200,b-200, c-50
B) a-150,b-200, c-150
C) a-150,b-200, c-50
D) a-150,b-100, c-100
VII. Oq.patli tovuq rangli xo'roz chatishtirilganda 5044 ta oq, 3033 ta rangli jo'ja olingan. Ota-ona
genotipini toping.
A) IiCCxiiCC B) IICCxiiCc
C) IiCCxIiCc D) IiCCxiiCc
16. Sichqonlarning rangi ikki juft allel bo'lmagan va birikmagan genlar bilan ifodalanadi. Birinchi juftning dominant geni kulrangni, retsessivi esa qora rangli bo'lishini, ikkinchi juftning dominant geni rangning hosil bo'lishiga yordam beradi, uning retsessiv alleli esa rang hosil bo'lishiga to'sqinlik qiladi.
I.Kulrang sichqonlar o'zaro chatishtirilganda 82 kulrang, 35 oq va 27 qora rangli sichqonlar paydo bo'lgan. Ota-ona sichqonlarning genotipini aniqlang.
A)AaBb x Aabb
B)AaBb x AaBb
C)AABb x AABb
D)AaBb x AAbb
II.Kulrang sichqonlar o'zaro chatishtirilganda 40 kulrang, 13 qora avlodlar paydo bo'lgan. Ota-ona sichqonlarning genotipini aniqlang.
A)AaBb x AaBb
B)AaBb x AABB
C)AaBB x AaBB
D)AaBb x AAbb
17. Quyidagi berilgan chatishtirish nisbatlarining qaysi biri epistaz ta'siriga tegishli emas?
A)9:7 B)13:3 C)12:3 D)12:3:1
18. Yovvoyi aguti (A) tusi uchun har bir junida sariq pigmentli halqaning bo'lishi xos. Uning yuzaga chiqishi A geniga bog'liq bo'lib, retsessiv alleli a esa junlarda sariq halqa bo'lmasligiga olib keladi. Shuning uchun aa genotipli sichqonlar qora junli bo'ladi.Sichqonlar junining rangi qanday bo'lishida yana boshqa juft xromosomada joylashgan bir juft genlar ham qatnashadi. Uning dominant alleli - B rangning yuzaga chiqishiga ta'sir ko'rsatmaydi. Retsessiv alleli - b esa A va a genlaliga turli xil ta'sir ko'rsatadi. Dominant gen A bilan birga kelganda jun rangining jigarrang bo'lishiga olib keladi. Agar retsessiv a geni bilan birga kelsa sichqonlar junining rangi ≪shokolad≫ rangga ega bo'ladi.
Sichqonlarning boshqa bir juft xromosomasida ularning juni rangiga ta'sir ko'rsatuvchi yana bir juft gen bo'lib, uning dominant alleli C ranglarga umuman ta'sir ko'rsatmaydi, retsessiv alleli c esa gomozigota holatda ranglarning yuzaga chiqishiga yo'l qo'ymay ularning ta'sirini bo'g'ib qo'yadi(oq bo’lishiga sababchi bo’ladi). Ushbu 3 juft belgi bo'yicha geterozigotali sichqonlarni chatishtirish natijasida olingan avlodlar 1152 tani tashkil etdi.
I.Ularning nechtasi yovvoyi aguti rangli?
A) 486 B) 560 C) 456 D) 525
II. Fenotip bo’yicha ajralish nisbati qanday bo’ladi?
A) 27ta aguti:16ta jigarrang:9ta oq:3ta shokolat
B) 26ta aguti:17ta oq:9ta jigarrang:3ta shokolat
C) 27ta aguti:15ta oq:10ta jigarrang:3ta shokolat
D) 27ta aguti:16ta oq:9ta jigarrang:3ta shokolat
III.oq ranglilarni inobatga olmaganda aguti ranglarning necha foizi trigeterozigotali?
A) 12,5% B) 16,67% C) 6,25% D) 18,75%
19. Oq urug'li loviyani qo'ng'ir urug'li loviya bilan chatishtirganda birinchi bo'g'inda olingan hamma avlod sarg'ish tusli bo'ldi. Ikkinchi avlodda esa quyidagicha ajralish kuzatildi: 567 ta sarg'ish, 189 ta qo'ng'ir, 252 ta oq.
a) Olingan oq urug'li individlarda nechta genotipik sinf uchraydi,
b) sarg'ish urug’lilarning nechtasi sof gomozigotali?
c) Olingan qo'ng'ir urug'li individlarda nechta genotipik sinf uchraydi,
d) oq urug'li o'simliklarning nechtasi sof gomozigotali?
e) Olingan sarg'ish urug'li individlarda nechta genotipik sinf uchraydi,
g) qo'ng'ir urug'lilarning nechtasi sof gomozigotali?
A) a-3,b-63,c-2xil,d-126,e-3,g-63
B) a-3,b-63,c-3xil,d-126,e-4,g-63
C) a-3,b-63,c-2xil,d-126,e-4,g-63
D) a-5,b-63,c-2xil,d-126,e-4,g-63
20. Genlarning epistatik ta'siri natijasida oq mevali qovoq o'simliklari yashil mevali o'simliklar bilan chatishtirilganda keyingi avlodda olingan o'simliklarning 50 %i oq, 25 %i sariq va 25 %i yashil mevali bo'lgan. Chatishtirish uchun olingan o'simliklarning genotipini aniqlang.
A)AaBb x AaBb B)AaBb x AAbb
C)AaBB x aabb D)AaBb x aabb
|