92
siklini to„liq ta‟minlovchi vositalar to„plami) quyidagi komponentlarni
o„z ichiga oladi:
CASE-vositaning asosi hisoblangan repozitoriy. U loyiha
talqinlari va uning alohida komponentlarini saqlashni ta‟minlashi,
guruhli ishlab chiqishda turli ishlab chiquvchilar axborotlarini
sinxronlashtirishi, metama‟lumotlarning to„laligini va to„g„riligini
nazorat qilishi lozim;
axborot tizimi modelini tashkil qiluvchi, iyerarxik bog„langan
diagrammalarni (DFD, ERD va boshqalar) yaratish va tahrirlashni
ta‟minlovchi tahlil qilish va loyihalashning grafik vositalari;
4GL tili va kod generatorlarini o„z ichiga olgan holda ilovalarni
ishlab chiqish vositalari;
konfiguratsion boshqarish vositalari; hujjatlashtirish vositalari;
testlash vositalari;
loyihani boshqarish vositalari; reinjiniring vositalari.