Axborot tizimlari nazariy asoslari magistratura mutaxassisliklari uchun o




Download 1,73 Mb.
Pdf ko'rish
bet58/96
Sana30.01.2024
Hajmi1,73 Mb.
#148577
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   96
Bog'liq
ATT

Sun’iy tafakkur texnologiyasi 
Kompyuter texnologiyalarining rivojlanishi bilan axborot tizimi 
tushunchasi ma‟nosi ham o„zgardi. Zamonaviy axborot tizimi – bu 
axborotning hayot jarayonini ta‟minlashga yo„naltirilgan axborot 
texnologiyalari to„plami bo„lib, o„z ichiga uchta asosiy jarayonni oladi: 
ma‟lumotlarga ishlov berish, axborotni boshqarish va bilimlarni 
boshqarish. 
Prof. Pospelovning ta‟rifiga ko„ra, quyidagi asosiy funksiyalar 
bajarilsa, tizim intellektual deyiladi: 
tizimni o„rab turgan muhit haqida bilimlarni to„plash, ularning 
paragmatik nuqtai nazardan foydaliligini baholash, yangi 
bilimlarni olish jarayonlarini amalga oshirish, avvalgi 
ma‟lumotlarni yangi ma‟lumotlar bilan taqqoslash; 
mantiqiy xulosalar natijasida bilimlarni to„ldirish va o„z 
faoliyatini mantiqiy loyihalash; 
inson bilan inson tiliga yaqin tilda muloqot qilish va o„rab turgan 
olamni bilish uchun inson qo„llaydigan kanallardan axborot qabul 
qilish, xotirada saqlanayotgan bilimlar asosida foydalanuvchiga 
yordam ko„rsatish, o„zi uchun yoki inson (foydalanuvchi) iltimosi 
bilan o„zining faoliyati tushunchalarini shakllantirish. 
Sanab o„tilgan funksiyalarni bilimlarni taqdim etish va ularga ishlov 
berish, fikrlash va muloqot qilish funksiyalari deb qarash mumkin. 
Majburiy tashkil etuvchilardan tashqari, aniq tizimda qo„llanilish 
sohasi va yechilayotgan masalalarga qarab, bu funksiyalar turli darajada 
bajarilishi mumkin. Bu tizimning individualligini ifodalaydi. 
Intellektual 
tizimlarni 
kiritilayotgan 
funksiyalarni 
amalga 
oshiruvchi tashkil etuvchilarni to„plashiga qarab, quyidagi asosiy 
turlarga ajratish mumkin: 
axborot qidiruv intellektual tizimlari; 
tadqiqot tizimlari; 
mantiqiy-hisob tizimlari; gibrid tadqiqot tizimlar. 


94 
Axborot qidiruv intellektual tizimlari muammoga yo„naltirilgan 
(faktografik) berilganlar bazasi bilan, tabiiy tilga nisbatan grammatik va 
leksik chegaralangan, muloqot qilish tizimlari hisoblanadi. Bunday 
tizimlar uchun bilimlar omboridan tashqari, muammo sohasida 
bilimlarni taqdim etishning semantik modelini amalga oshiruvchi 
lingvistik protsessordan foydalanish xarakterlidir. 
Tadqiqot tizimlari, hozirgi kunda, intellektual tizimning jadal 
rivojlanayotgan sinflaridan biri hisoblanadi. Bu tizimlar, birinchi 
navbatda, ilm-fan va texnikaning matematika kam formallashgan 
sohalarida rivojlana boshladi. Masalan, sport, tibbiyot, geologiya, 
biologiya va boshqalar. 
Mantiqiy-hisob tizimlari masalalarning boshlang„ich ma‟lumotlari 
matematik modellarining murakkabligidan qat‟iy nazar, boshqaruv va 
loyihalash masalalarini yechish imkonini beradi. Bunda, hisoblash 
jarayoni bosqichida, foydalanuvchiga muloqot rejimida nazorat qilish 
imkoniyatini taqdim etadi. Umumiy holda, muammoning bayoni 
bo„yicha, predmet sohasi tilida matematik modelini avtomatik qurish va 
funksional masalalarning tuzilishidan ishchi dasturlarni tahlil qilishni 
ta‟minlaydi. 
So„nggi vaqtlarda gibrid tadqiqot tizimlar maxsus sinf sifatida 
ajratilmoqda. Bunday tizimlar axborot-qidiruv, tadqiqot, mantiqiy-hisob 
tizimlarining eng yaxshi tomonlarini o„zida jamlashi zarur. Gibrid 
tadqiqot tizimlarni ishlab chiqish sohasi boshlang„ich bosqichda turibdi. 

Download 1,73 Mb.
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   96




Download 1,73 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Axborot tizimlari nazariy asoslari magistratura mutaxassisliklari uchun o

Download 1,73 Mb.
Pdf ko'rish