89
familiyasi, ismi, otasining ismi (zarurat tug„ilganda boshqa
tavsiflar)
foydalanuvchi shaxsini tasdiqlash identifikatori;
haqqoniylikni o„rnatish jarayoni nomi;
haqqoniylikni tasdiqlash uchun etalon axborot (masalan, parol);
foydalanilayotgan etalon axborotga chegaralanishlar (masalan,
parolning davomiylik vaqti);
foydalanuvchining kompyuter manbalariga kirish huquqi.
Foydalanuvchini o„ta ishonchli aniqlashda insonning shaxsiy
tavsiflarini (ovoz, barmoq izlari, ko„z qorachig„i tuzilishi) aniqlovchi
texnik vositalardan foydalaniladi. Ammo, bunday usullar katta sarf-
harajat talab qiladi. Shu sababli, bunday himoyalanish kamdan-kam
hollarda qo„llaniladi. Foydalanuvchi haqqoniyligini tekshiruvchi eng
ommaviy bo„lgan himoyalanish usuli parol qo„yish hisoblanadi.
Hisoblash tizimlarida axborotni himoyalash asosiy tashkil
etuvchilaridan biri kompyuter viruslaridan (maxsus ruxsatsiz amallar
bajarish uchun ishlab chiqilgan dastur) himoyalanish tizimi hisoblanadi.
Kompyuter viruslaridan himoyalanishni uch darajaga bo„lish
mumkin:
taniqli turdagi viruslarning hisoblash tizimiga kirishidan
himoyalanish;
birinchi darajali himoyadan o„tgan taniqli va notanish turdagi
viruslarning mavjudligini chuqur tahlil qilish;
birinchi ikkita darajadan o„tgan viruslarning ish bajarishi va
ko„payishidan himoyalanish.
Viruslarni qidirish va zararsizlantirish antivirus dasturlari vositalari
(skanerlar) va axborotni himoyalash kompleks tizimlari yordamida
amalga oshiriladi. Tezkor xotiraga yuklanuvchi tranzit skanerlar ichida
Dmitriy Lozinskiyning
Aidstest va Igor Danilovning
Dr Web antivirus
dasturlari keng qo„llanilmoqda.