• Eski loyihadan foydalanish koeffisienti. 5) Normalizatsiya koeffisienti.
  • 4 Lecture mavzu: mashina loyihasini ishlab chiqarishga moslashtirish




    Download 54 Kb.
    bet1/3
    Sana18.05.2024
    Hajmi54 Kb.
    #242144
      1   2   3
    Bog'liq
    4 Lecture


    4 Lecture
    MAVZU: MASHINA LOYIHASINI ISHLAB CHIQARISHGA MOSLASHTIRISH


    REJA

    1. Loyihani ishlab chiqarishga moslashtirish bo`yicha umumiy tushuncha.

    2. Loyihani texnik iqtisodiy asoslash.

    3. Yig`ish koeffisienti.

    4. Eski loyihadan foydalanish koeffisienti.

    5) Normalizatsiya koeffisienti.

    1. Zagotovkadan ratsional foydalanish.

    2. Materialdan foydalanish koeffisienti.

    Loyiha - iqtisodiy, ijtimoiy va boshqa manfaat ko`rish maqsadida investitsiyalar kiritgan holda oldindan belgilangan muddat mobaynida amalga oshiriladigan o`zaro bog`liq tadbirlar va ishlar kompleksidir.


    Loyiha oldi hujjatlari - qabul qilingan parametrlarga ko`ra loyihani amalga oshirishning imkoniyati va maqsadga muvofiqligini, shuningdek uning hayotiyligini asoslab beruvchi hujjatlar yig`indisi hisoblanadi. Loyiha oldi hujjatlariga loyihaning texnik-iqtisodiy asoslashi (texnik-iqtisodiy hisoblashi), materiallar va asbob-uskunalar etkazib berish, qurilish-montaj ishlarini va ishlarning boshqa turlarini bajarish yuzasidan tender o`tkazish uchun tanlov hujjatlari; loyihaning yakuniy texnik-iqtisodiy asoslashi yoki texnik-iqtisodiy hisoblashi, shuningdek moliyaviy takliflar yoki kredit va investitsiya shartnomalari (pul mablag`lari jalb etilgan taqdirda) kiradi.
    Loyiha hujjatlari - ishchi hujjatlarni ishlab chiqish uchun zarur bo`lgan arxitektura-shaharsozlik echimlari va texnik echimlarni, qurilishning smeta qiymatini o`z ichiga oluvchi hujjatlar. Loyiha hujjatlari tasdiqlangan texnik-iqtisodiy asoslash asosida ishlab chiqiladi.
    Dastlabki texnik-iqtisodiy asoslash yoki dastlabki texnik-iqtisodiy hisoblash (DTIA yoki DTIH) - variantlarni ko`rib chiqish asosida loyihani oqilona joylashtirish va amalga oshirishning eng samarali texnik, tashkiliy va iqtisodiy echimini tanlashni, umuman loyihaning cheklangan qiymatini, shu jumladan, texnologik asbob-uskunalar qiymatini asoslovchi, uni moliyalashtirishning mumkin bo`lgan manbalari bo`yicha variantlarni hisobga olgan holda moliyalashtirishga bo`lgan ehtiyoj hajmini belgilovchi hujjat hisoblanadi.
    Yakuniy texnik-iqtisodiy asoslash yoki texnik-iqtisodiy hisoblash (TIA va TIH) - investitsiya loyihasini amalga oshirishning tanlov savdolari asosida va loyihani moliyalashtirish shartlarini hisobga olgan holda aniqlangan yakuniy, eng samarali texnik, tashkiliy va moliyaviy-iqtisodiy echimlarini belgilovchi loyihaoldi hujjati.

    Download 54 Kb.
      1   2   3




    Download 54 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    4 Lecture mavzu: mashina loyihasini ishlab chiqarishga moslashtirish

    Download 54 Kb.