|
Loyihani texnik-iqtisodiy asoslash (TIA)ning
|
bet | 2/3 | Sana | 18.05.2024 | Hajmi | 54 Kb. | | #242144 |
Bog'liq 4 LectureLoyihani texnik-iqtisodiy asoslash (TIA)ning
NAMUNAVIY TARKIBI
1. Loyihaning maqsadi (rezyume).
2. Loyihaning buyurtmachisi.
3. Loyiha strategiyasi (loyihani yaratish tarixi va shart-sharoitlari).
4. Marketing bozori va kontseptsiyasi.
5. Moddiy resurslar.
6. Ob`ektning joylashgan joyi.
7. Loyihalashtirish va texnologiya.
8. Ishlab chiqarishni tashkil etish va qo`shimcha xarajatlar.
9. Mehnat resurslari.
10. Loyihani amalga oshirish sxemalari.
11. Loyihani amalga oshirish variantlarini moliyaviy baholash.
12. Xulosalar ( Loyihaning asosiy afzalliklari va kamchiliklari, qabul qilingan variantning muqobil variantlardan afzalliklari, noaniqlik tavakkalchiliklari va jihatlari, loyihani amalga oshirish imkoniyatini baholash.)
13. Milliy va xorijiy valyuta xarajatini alohida aks ettirgan holda erkin shaklda moliyaviy va iqtisodiy ko`rsatkichlar sxemalari, shu jumladan quyidagilar mavjud bo`lishi kerak.
14. Tasdiqlovchi hujjatlar nusxalari, shu jumladan quyidagilar mavjud bo`lishi kerak:
14.1. YUridik hujjatlar:
14.2. Kontrakt hujjatlari:
14.3. Smeta hujjatlari va moliyaviy hujjatlar:
14.4. ekspert hujjatlari va boshqa hujjatlar:
14.5. Tayyor mahsulotni sotish va xom ashyo, materiallar xarid qilish marketing tadqiqotlari bo`yicha hujjatlar.
Ishlab chiqarishga moslashtirilgan deb shunday qurulima tushuniladiki, uni tayyorlashda iloji boricha mehnat sarfi kam bo`lishi kerak va uning o`zlashtirilishi kam vaqt ichida bajarilishi lozim.
Yig`ish koeffisienti.
TSB - Yig`ish operatsiyalarga sarflangan mehnat.
TPR, TD - detallarni bir-biriga moslashtirish va etiltirish ishlarga sarflangan mehnat.
KS kanchadir 1GA yakin bo`lsa demak Yig`ish paytida qo`shimcha ishlar kam bo`ladi.
Eski loyihadan foydalanish koeffisienti.
N1 - eski loyihadan qo`llangan detallarni soni;
N2 - ishlab chiqarishda uzlashtirilgan mashinalardan qo`llangan detallar soni.
N0 - loyihaga kiritilgan standart detallari tashqari umumiy detallar soni.
Normallashtirish koeffisienti .
Bu koeffisient ishlab chiqarilayotgan loyihada normalashtirilgan detallar qo`llanish darajasini ko`rsatadi:
N3 - normallashtirilgan (standartlashgan) detallar soni;
- spesifikatsiya bo`yicha detallarni umumiy soni (bu songa normalashtirilgan va standartlashtirilgan detallar ham kiritiladi).
Bu koeffisientni ko`payishi detallarni tayyorlashda mehnat sarfini kamaytiradi.
Zagatovkalarini ratsional qo`llanishi.
Zagatovkani ratsional qo`llanishi zagotovkaning tayyorlash usulini kuzda tutadi.
a) quyitmadan
;
b) shtampovkadan
;
v) profillashtirilgan prokatdan (dvutavr, shveller, ugolok va xokazo)
;
N4 , N5 , N6 - quyitmadan, shtampovkadan va profillashtirilgan prokatdan tayyorlangan detallar soni.
K3 ,K4 va K5 koeffisientlarni ko`payishi zagotovkalarni tayyorlash usullari unifikastiyalashtirishga keltiradi, demak, ularni seriyada yoki ko`p mikdorda chiqarishga imkon beradi.
Materialdan foydalanish koeffisienti.
Bu koeffisient tayyor detalni massasini zagotovkani massasiga bo`lgan nisbatini ko`rsatadi:
;
bu yerda: A1 - ishlov berilgan tayyor detalni massasi;
A2 - zagatovkani massasi;
K6 koeffisientni ko`paytirish mehnat sarfini kamaytiradi, materialni kam sarflanishini ko`rsatadi. Buning uchun mexaniqaviy ishlov beradigan detallarning sonini kamaytirish lozim, yani iloji boricha zagotovkalani quyitmadan, shtampovka yoki profillashtirilgan prokatdan kabo`l qilish kerak.
Har xil materiallarni ratsional qo`llash koeffisienti
N8 - loyihada qo`llanilgan materiallarni markalarning soni.
Bu koeffisientni ko`paytirishga intilish kerak.
|
| |