97
taalluqlidir. Nazoratchi va protsessor elementlari,
protsessorlar soni,
qidiruvni tashkillashtirish, tarmoqni to„g„rilovchi va yo„nalish tavsiflari
imkoniyatlariga qarab, SIMDni to„rt turga bo„lish mumkin:
matritsali protsessorlar, shunday tashkil etilganki, berilgan
hisoblashlarni bajarishda ular parallel ishlaydi.
Sonli ishlov
berishga tegishli bo„lgan vektorli va matritsali masalalarni
yechishga mo„ljallangan;
assotsiativ protsessorlar, har bir protsessorni uning xotirasi bilan
bog„lash hisobiga butun massiv bo„yicha qidiruv rejimida
ishlashni ta‟minlaydi. Sonli bo„lmagan masalalarni yechish uchun
foydalaniladi;
protsessorli ansambllar, sonli va sonli bo„lmagan ishlov berishga
yo„naltirilgan, berilgan sinf masalalarini yechish uchun ma‟lum
bir tartibda birlashtirilgan protsessorlar mutanosibligini
ifodalaydi;
konveyerli protsessorlar, transport konveyeriga o„xshash,
ma‟lumotlar oqimiga ishlov berish va
buyruqlarni bajarishni
amalga oshiradi. Bunda har bir so„rov aynan bir manbadan
foydalanadi. Biror bir manba bo„shaganda, avvalgisining
bajarilishini kutmasdan, boshqa so„rov tomonidan foydalanilashi
mumkin.
MISD sinfiga yagona arxitektura-konveyer (ammo bir shart bilan:
so„rov bajarilishining har bir bosqichi alohida buyruq hisoblanadi)
kiritilishi mumkin.
MIMD sinfiga quyidagi konfiguratsiyalarni kiritish mumkin:
multi protsessorli
tizimlar;
multiishlovli tizimlar;
ko„p mashinali hisoblash tizimlari; hisoblash tarmoqlari.
Hisoblash texnikasi rivojlanishining boshqa yo„nalishlaridan biri
neyron tarmoqlariga asoslangan neyrokompyutering hisoblanadi. Bunda
ikki yo„nalishda izlanishlar olib borilmoqda: apparat va dasturiy.
Neyrokompyuterlarning
samaradorligi
juda
yuqori.
Texnologiyaning murakkabligi sababli, yuqori qiymatga ega. Ular kichik
doiradagi foydalanuvchilar tomonidan juda murakkab masalalarni
yechishda qo„llaniladi.
Hisoblash texnikasi vositalarining
rivojlanishiga qaramasdan
hozirgi kunda an‟anaviy fonneyman arxitekturali kompyuterlar
ommaviy bo„lib qolmoqda. Shu sababli shaxsiy kompyuter (ShK)
qurilmalari ustida bir oz to„xtalib o„tamiz.
98
Tizimli blok ShKning asosiy elementi hisoblanadi. U barcha muhim
bo„g„inlarni joylashtirish uchun mo„ljallangan. Unda kompyuter tashqi
qurilmalari ishini boshqarish va ulanishlarni amalga oshirish uchun
kompyuter
protsessori, ta‟minot manbai, tezkor xotira, magnitli diskda
yig„uvchilar, optik (
lazerli) diskni o„qish qurilmasi,
maxsus elektron
elementlar va platalar joylashgan. Tizimli bloklar turli ko„rinishlarga va
o„lchamlarga ega. Bloknotli shaxsiy kompyuterlarda tizimli blok
klaviatura bilan birlashtirilgan.