52
yuritishgacha
(Основные фонды (Asset Tracking), Личное имущество
(Inventory Control)) bo„lgan berilganlar bazasi masterlari mavjud.
Berilganlar bazasini yaratish boshqa barcha hujjatlardan farq qiladi –
ishning katta qismi kompyuterda emas, balki
Accessni ishga tushirishdan
avval bajariladi. Berilganlar bazasini rejalashtirish bir necha ketma-ket
bosqichlardan tashkil topgan.
Birinchi bosqichda (maydon mazmunini aniqlash) berilganlar
bazasiga qanday axborotli maydonlar kiritilishi aniqlanadi. Bu
bosqichda rejaning elektron variantini yaratish va boshqarish uchun
Worddan foydalanish mumkin. Bunda ishlashda kerak bo„ladigan barcha
elementlarni ko„rsatishga harakat qilish zarur. Masalan,
kitoblar haqida
ombor yaratishda kitob nomi, muallifi va mavzusi kiritilishi aniq.
Ammo, chiqarilgan yili, matbaa nomi, rasmlari soni, sahifalari soni,
narxi (agar zarur bo„lsa – boshqa davlatlardagi narxi), muqova turi va
h.k.larni ham qo„shish mumkin.
Ikkinchi bosqichda (maydonlardagi axborot turini aniqlash) har bir
maydonda saqlanuvchi axborot turi aniqlanadi.
Access bir
necha
variantlarni taklif qilsa ham, odatda matn, son va vaqt orasida tanlashga
to„g„ri keladi.
So„ngra berilganlar bazasi
tarkibi rejalanadi. Ya‟ni, berilganlar
bazasida maydonlar qanday tashkillashtirilishi kerak? Maydonlar jadval
bo„yicha qanday va qaysi tartibda joylashishi hal qilinadi.
Agar bir qator yozuvlarda axborot ayrim maydonlarda takrorlansa,
bu maydonlarni alohida jadvalga joylash va
bog‘lanish o‘rnatish zarur.
53
Bu omborning hajmini kamaytiradi va ma‟lumotlar aniqligini oshiradi.
Masalan, bir matbaaga tegishli ko„plab kitob mavjud bo„lsa, axborotni
takroriy kiritish o„rniga Matbaa deb
nomlanuvchi jadval yaratish
maqsadga muvofiq va har bir matbaaga kod belgilanadi. So„ngra
Kitoblar jadvalida kitob va matbaa o„rtasida bog„lanish o„rnatish uchun
kodini kiritish kifoya.
Maydonlarni tashkillashtirish va ularni bir yoki bir necha
jadvallarga taqsimlash, hamda bog„lanishlar yaratish
normallashtirish
deyiladi.
Jadvalda har bir yozuvni aniqlovchi bir yoki bir necha maydon
birlamchi kalit yoki
indeks deb nomlanadi. Indeksning mavjudligi
yozuvlarni tez saralash va topishda
Accessga yordam beradi.
Birlamchi
kalit sifatida foydalanuvchi maydon avtomatik ravishda tartiblanadi.
Birlamchi kalit va indekslar rejalashtirishning bir qismi bo„lishi
zarur va ular odatda jadval yaratishda ko„rsatiladi.
Access muhitida berilganlar bazasining boshqa obyektlari bilan
ishlashda yangi jadvalni yaratishni osonlashtirish uchun jadval
masteridan foydalanish mumkin. Jadval masteri biror berilganlar bazasi
shabloniga asoslangan yangi jadval yaratish bosqichida ketma – ket siz
bilan birga bo„ladi. Siz ishlamoqchi bo„lgan ma‟lumot turiga mos
jadvalni topasiz va zarur maydonlarni tanlaysiz. Jadval masteri
yordamida yangi jadval yaratish quyidagicha amalga oshiriladi.
Berilganlar bazasi oynasida
Таблицы (Tables) qo„yilmasiga o„tiladi
va
Создать (New) tugmasi bosiladi.
Access Новая таблица (New
Table) muloqot oynasini ochadi.
Новая таблица muloqot oynasi ro„yxatidan
Мастер таблиц
(Table Wizard) tanlanadi va OK
tugmasi bosiladi.
Access Jadval
masterining birinchi muloqot oynasini ochadi.
Образцы таблиц ro„yxatini
varaqlab, kerakli bo„lgan jadval
tanlanadi. Bizning misolda
Заказы (Orbers) jadvali tanlangan.
Образцы полей ro„yxatidagi ma‟lumotlar ko„rib chiqiladi. Yangi
jadval uchun kerakli maydonlar tanlanib,
Поля новой таблицы (Fields
In My New Table) ro„yxatiga ko„chiriladi.
Ro„yxatga qo„shilgan maydonlar nomini o„zgartirish mumkin.
Buning uchun u tanlanadi va
Переименовать поле (Rename Field)
tugmasi bosiladi.
Access yangi nom kiritish uchun kichkina muloqot
oynasi ochadi. Yangi nom kiritilgandan so„ng OK
tugmasi bosiladi.
Maydonlar tanlab bo„linganidan so„ng,
Далее (Next) tugmasi
bosiladi. Jadval masterining ikkinchi muloqot oynasi ochiladi. Jadvalga
nom kiritilib,
Далее tugmasi bosiladi.
54
Agar berilganlar bazasi bir necha jadvaldan iborat bo„lsa,
boshqa
jadvallar bilan bog„lanish muloqot oynasi ochiladi. Bunda yaratilayotgan
jadval bilan berilganlar bazasida mavjud bo„lgan ixtiyoriy jadval bilan
aloqa o„rnatish mumkin. Jadvaldan aloqani o„chirish yoki o„zgartirish,
qo„shish uchun ro„yxatda aloqa tanlanadi va
Связи (Relationships)
tugmasi bosiladi.
Jadval masteri so„nggi oynasi jadval yaratilgandan so„ng qanday
ishlar qilmoqchi ekanligingizni ko„rsatish imkonini beradi:
jadval tarkibiga o„zgartirishlar kiritish;
jadval rejimida ma‟lumotlar kiritish;
ma‟lumotlar kiritish uchun Masterdan forma yaratishni talab
qilish.
Agar ma‟lumotlarni klaviaturadan kiritmoqchi bo„lsangiz,
Accessga
forma yaratishni yuklang. Buning uchun kerakli ko„rsatkich tanlanadi va
Готово (Finish) tugmasi bosiladi. Master jadval yaratishni tugallaydi.
Jadvalning har bir maydoni o„z
xossasiga ega. Xossa maydondagi
ma‟lumotlarni
chiqarish, ularga ishlov berish, axborotning saqlanish
usullarini aniqlaydi. Ular tarkibiga: maydon nomi, ma‟lumot turi, va
boshqa bir qator parametrlar (masalan, maydon o„lchami, formati,
inzosi) kiradi. Agar kursor matn maydoni xossasida tursa,
Access
oynaning o„ng quyi burchagida berilgan xossa haqida axborot chiqaradi.
F1 klavishini bosish bilan ko„proq axborot olish mumkin.
Access
jadvalida har bir maydon uchun ma‟lumot turi tanlanishi lozim.
Ma‟lumot turini berish yoki o„zgartirish uchun zarur maydonning Тип
данных ustunida sichqoncha klavishi bosiladi va ochiluvchi ro„yxatda
yangi tur tanlanadi.