Axborot tizimlari nazariy asoslari magistratura mutaxassisliklari uchun o




Download 1,73 Mb.
Pdf ko'rish
bet31/96
Sana30.01.2024
Hajmi1,73 Mb.
#148577
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   96
Bog'liq
ATT

5. Ba’zi axborot tizimlari tavsifi 
Qaror qabul qilish tizimlari 
Qaror qabul qilish va unga mos axborot tizimlari asosan amerikalik 
olimlarning sa‟y harakatlari bilan XX asrning 70-yillar oxiri 80-yillar 
boshlarida yuzaga keldi. Bu shaxsiy kompyuterlar, standart amaliy 
dasturlar paketlarining keng tarqalishiga imkoniyat yaratdi, hamda 
sun‟iy intellekt tizimini yaratishda yutuq bo„ldi. 
Qaror qabul qilish tizimining asosiy xususiyati inson va kompyuter 
muloqotini tashkillashtirishning yangi sifatli usullari hisoblanadi. 
Texnologiyaning asosiy maqsadi bo„lgan qaror ishlab chiqarish 
iteratsion jarayon natijasida amalga oshiriladi va bunda quyidagilar 
ishtirok etadi: 
Hisoblash bo„g„ini va boshqaruv obyekti sifatida qaror qabul 
qilish tizimi. 
Boshqaruv bo„g„ini sifatida inson, dastlabki ma‟lumotlarni beradi 


43 
va kompyuterda hisoblash natijalarini baholaydi. 
Iteratsion jarayonning tugallanishi inson ixtiyorida amalga 
oshiriladi. Bunday holda, axborot tizimining foydalanuvchi bilan 
birgalikda qaror qabul qilish uchun axborot yaratish qobiliyati haqida 
gapirish mumkin. 
Qaror qabul qilish tizimning bunday xususiyatiga xos bir qator 
farqlanuvchi tavsiflarni ko„rsatish mumkin: 
yomon tartiblangan (formallangan) masalalarni yechishga 
yo„naltirilganlik; 
masalalarni yechish matematik model va uslublari imkoniyatlari 
asosida kompyuter ma‟lumotlariga ishlov berish va kirishning 
an‟anaviy usullari mosligi. 
Qaror qabul qilish tizimi boshqaruvning ixtiyoriy darajasida 
qo„llanilishi mumkin. Bundan tashqari, boshqaruvning turli darajalariga 
tadbiq qilinayotgan qarorlar ko„pincha moslashtirilishi zarur. Shu 
sababli texnologiya va tizimning vazifasi qaror qabul qiluvchi shaxsni 
boshqaruvning ham bir, ham turli darajalariga moslashtirish hisoblanadi. 
Birlamchi ma‟lumotlar asosida qarorlarni ishlab chiqish jarayonini 
ikki bosqichga bo„lish mumkin: mumkin bo„lgan qarorlarni turli 
modellardan foydalangan holda matematik yo„l bilan shakllantirish va 
sub‟yektiv omillar asosida optimal qarorni tanlash. 
Qarorlar qabul qiluvchilarning talablari ko„pgina xollarda birlamchi 
ma‟lumotlarga ishlov berish natijasida olinishi mumkin bo„lgan texnik- 
iqtisodiy ko„rsatkichlarga qaratilgan. Natijaviy va birlamchi 
ma‟lumotlarning funksional bog„liqliklarini tahlil qilib, axborot tizimini 
qurish mumkin. Odatda birlamchi ma‟lumotlar turlicha bo„lib, ularning 
kelish intensivligi juda yuqori, qiziqtirilayotgan oraliqda umumiy hajmi 
katta. Ikkinchi tomondan, talab qilinayotgan davrda ko„rsatkichlari 
tarkibi nisbatan kichik. 
Boshqarilayotgan 
jarayon 
holatining 
axborotlashtirilganlik 
darajasiga, obyekt modeli va boshqaruv tizimi aniqligi, tashqi muhit 
bilan o„zaro aloqasiga qarab, qaror qabul qilish jarayoni turli 
sharoitlarda kechadi: aniqlik sharoitida, xavf sharoitida, noaniqlik 
sharoitida va ko‘pqirralilik sharoitida qaror qabul qilish. 


44 
Aniqlik sharoitida qaror qabul qilish. Bu masalada boshqaruv tizimi 
va obyekt modeli berilgan deb qaraladi, tashqi soha ta‟siri esa hisobga 
olinmaydi. Shu sababli, manbalardan foydalanishning tanlangan 
strategiyasi va yakuniy natija o„rtasida bir qiymatli aloqa mavjud 
bo„ladi. Aniqlik sharoitida qarorlar foydaliligini baholash uchun ko„p 
samara beruvchi qarorni qabul qilish kifoya. Agar bunday qarorlar ko„p 
bo„lsa, ular teng kuchli hisoblanadi. Aniqlik sharoitida qaror qidirish 
uchun matematik programmalash usullaridan foydalaniladi. 
Xavflilik sharoitida qaror qabul qilish. Bu sharoitda qaror qabul 
qilish uchun, aniq tahlil qilish mumkin bo„lmagan va uning holatlari 
taqsimoti ehtimolligi ma‟lum bo„lgan, tashqi muhit ta‟siri ham hisobga 
olinishi zarur. Bunday sharoitlarda zarur bo„lgan strategiyadan 
foydalanish, namoyon bo„lish ehtimoli berilgan deb qaraluvchi yoki 
aniqlanishi mumkin bo„lgan, turli natijalarga olib kelishi mumkin. 
Strategiyani tanlash va baholash hal qiluvchi, yakuniy natijaga erishish 
ehtimolligini hisobga oluvchi qoida yordamida keltiriladi. 
Noaniqlik sharoitida qaror qabul qilish. Yuqoridagi masala kabi, 
yakuniy natija va strategiyani tanlash o„rtasida bir xil aloqa mavjud 
emas. Bundan tashqari, yakuniy natijalarning chiqish ehtimolligi ham 
noaniq. Har bir «strategiya–yakuniy natija» juftligiga yutuq sifatida 
tashqi baholash mos qo„yiladi. Chegaralanishning eng keng tarqalgani 
maksimal kafolatlangan yutuqni olish hisoblanadi. 
Ko‘pqirralilik sharoitida qaror qabul qilish. Yuqorida sanab 
o„tilgan masalalarda ko„pqirralilik bir-biriga keltirib bo„lmaydigan bir 
necha mustaqil maqsadlarning mavjudligida yuzaga keladi. Ko„p sonli 
qarorlarning mavjudligi optimal strategiyani tanlash va baholashni 
murakkablashtiradi. 
Mumkin 
bo„lgan 
qaror 
yo„llaridan 
biri 
modellashtirish usullarini qo„llashdir. 
Qarorlar qabul qilish uchun quyidagi tashkil etuvchilarning 
mavjudligi majburiy hisoblanadi: tahlil; bashorat qilish; vaziyatli 
modellashtirish. 
Hozirgi kunda qaor qabul qilish tizimlari ikki turga ajratiladi. 

Download 1,73 Mb.
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   96




Download 1,73 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Axborot tizimlari nazariy asoslari magistratura mutaxassisliklari uchun o

Download 1,73 Mb.
Pdf ko'rish