• Uyda
  • Zig‘ir tolasi
  • Kanop tolasi
  • Kimyoviy tolalar va ularning xossalari




    Download 1.84 Mb.
    bet1/4
    Sana30.05.2023
    Hajmi1.84 Mb.
    #67480
      1   2   3   4
    Bog'liq
    2-lab
    hisobot, Menschen A2.2 KB, 1-Labaratoriya elektronika, 2 5255744844390731028, Ишан кала каракалпакская2022, IN1002223, Reference-315231103505, 128-134, pedagogika (1), Avtotransport vositalarining tuzilishi, TERMIZ MUHANDISLIK-TEXNOLOGIYA INSTITUTI, Algoritmlash va dasturlash asoslari (A.Azamatov), IX-XV asrlarda Oʻrta Osiyodagi iqtisodiy fikrlar., ahmad yassaviy ustozi arslon bob va yassaviylikda devoni hikmat

    2-laboratoriya vazifasi
    KIMYOVIY TOLALAR VA ULARNING XOSSALARI


    Laboratoriya ishining maqsadi: Kimyoviy tolalar va ularning xossalari o‘rganish.
    Laboratoriya darsi uchun kerak bo‘lgan anjomlar va materiallar: To’qimachilik tolalari, kimyoviy tolalar bo’yicha plakatlar va na’munalar.


    Topshiriq

    1. To’qimachilik tolalarining olinishi.

    2. To’qimachilik tolalarining siniflanishi.

    3. Kimyoviy tolalar va ularning xossalari.



    Uyda: Laboratoriya ishi bo’yicha hisobot tayyorlang.


    Asosiy ma’lumot
    To‘qimachilik tolasi deb, egiluvchan, pishiq, uzunligi chegaralangan, to‘qimachilik mahsulotlarini ishlab chiqarishga ishlatiladigan xom-ashyodir.
    Elementar tola - uzunligi bo‘yicha bo‘linmaydigan yakka tolaga aytiladi.
    Kompleks(texnik) tola - uzunligi bo‘yicha bir qancha elementar tolalarning birikishiga aytiladi.
    Tabiiy tolalar - tabiatdan (o‘simliklardan, jonivorlardan va ma’danlardan) olingan tolalar.
    Kimyoviy tolalar - tabiiy yoki sintetik yuqori molekulali moddalardan olingan kompleks iplarni kesish yoki uzish usuli bilan ishlab chiqarilgan tolaga aytiladi.
    To‘qimachilik tolalarining olinishi
    Tabiiy tolalar uch guruhga: o‘simliklardan (paxta, zig‘ir, kanopli, kanop, sizal va hokazo), jonivorlardan(jun, ipak), ma’danlardan olinuvchi(tosh paxta) tolaga bo‘linadi.
    Paxta issiq iqlimli joylarda etishtiriladi. g‘o‘zaning asosiy qismi chigitni qoplab turgan tola bo‘lib, eng muhim to‘qimachilik xomashyodir. Paxta pishgandan so‘ng, qo‘lda va mashinada terib olinadi va dastlabki ishlash korxonalarida tolalar chigitdan ajratiladi. Paxta tolasi ko‘pgina ajoyib xossalarga ega: juda qayishqoq ilashuvchan, ingichka, lekin pishiq va cho‘zishga chidamli, yaxshi bo‘yaladi. Shu xossalari tufayli paxta tolalaridan turli-tuman yigirilgan iplar olinadi va ulardan juda nafis gazlamalar (mayya, batist, shifon, va h.k), ro‘zg‘orda keng ishlatilagan matolar (chit, satin, surp va h.k), dag‘al (payandozlar, sholchalar) va texnik to‘qimalar (kord, kirza, belting) olinadi.
    Poya po‘stlog‘idan olinuvchi tolalar -har xil o‘simliklarning poyalarida, barglarida bo‘ladi. To‘qimachilik sanoatida asosan poya po‘stlog‘idan olinadigan tolalar ishlatiladi. Ulardan eng muhimi zig‘ir tolasidir. To‘qimachilik sanoatida ishlatiladigan poya po‘stlog‘idan olinuvchi tolalar ichida zig‘ir tolasi 95-97 foizni tashkil qiladi.
    Po‘stlog‘idan olinuvchi tolalar zig‘ir, kanop va boshqa o‘simliklarning poyasida dasta-dasta bo‘lib joylashgan bo‘ladi. Tolalarni poyasidan ajratib olish uchun o‘simliklar uzoq muddat hovuzalarda ivitilishi yoki kimyoviy moddalar ta’sirida ishlov berilishi, siqish, yuvish, quritish, so‘ngra ezish va titish kerak.
    Zig‘ir tolasi- xossalari jihatidan paxta tolalaridan farq qiladi. Ular pishiq, lekin dag‘al va yo‘g‘onroq bo‘ladi. Poya po‘stlog‘idan olinuvchi tolalar paxta tolalaridan uzunroq, lekin uzunligi bo‘yicha notekis bo‘ladi.
    Zig‘ir poyasidan yigirib olingan mayin iplardan sochiq, dasturxon, choyshab va yostiq jildlari, ko‘ylakbop hamda texnik maqsadlarda ishlatiladigan gazlamalar ishlab chiqariladi, dag‘al iplardan esa qoplar, yo‘g‘on arqon va chilvirlar ishlab chiqariladi.
    Kanop tolasi - bir yillik, poyasidan tola olinuvchi, balandligi 3-5 m, poyasining yo‘g‘onligi 20 mm gacha bo‘lgan o‘simlik bo‘lib, u asosan bizning yurtimizda - O‘zbekistonda Toshkent viloyatidagina ekiladi va etishtiriladi.
    Kanop xorijiy mamlakatlarda, ya’ni Hindistonda, Eron va Afrika qit’asining ayrim mamlakatlarida o‘stiriladi. Kanop asosan qop-qanor gazlamalari va eshilgan buyumlar ishlab chiqarish uchun ishlatiladi. Buning sababi - uning tolasining dag‘alligidir.
    Tola olish uchun ekiladigan kanoplar asosan 10 apreldan 1 maygacha bo‘lgan muddatni o‘z ichiga oladi.

    Download 1.84 Mb.
      1   2   3   4




    Download 1.84 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Kimyoviy tolalar va ularning xossalari

    Download 1.84 Mb.