35
Mijoz-server arxitekturasi komponentalarni bo„lish va ko„proq
samarali faoliyat ko„rsatadigan joylarga joylash yo„li bilan fayl-serverli
ilovalarda yuzaga keladigan muammolarni yechishga yo„naltirilgan.
Mijoz-server arxitekturasining o„zgachaligi SQL (
Structured Query
Language) tarkiblangan so„rovlar tilidagi so„rovlarni tushinuvchi va
axborotlarni
qidirish, saralash va agregirlashni bajaruvchi berilganlar
bazasining ajratilgan serverlaridan foydalanish hisoblanadi.
Berilganlar bazasi serverlarining farqlanuvchi tomoni – berilganlar
bazasi tarkibi, berilganlar yaxlitligiga cheklanishlar, formatlar va hattoki
so„rov yoki dasturdagi hodisalar bo„yicha berilganlarga ishlov berish
serverli
jarayonlari
yozilgan
berilganlar
ma‟lumotnomasining
mavjudligidir. Bunday ilovalarda, sifatida
ishlov berish muloqoti va
mantiqidan tashqari, berilganlarning relyatsion modeli va u bilan
bog„langan berilganlar bazasiga so„rovlar uchun SQL-operatorlar
to„plami ishlab chiqish obyekti hisoblanadi.
Mijoz-server konfiguratsiyalarining ko„pchiligi ikki darajali
modelni qo„llaydi, bunda mijoz server xizmatlariga murojaat qiladi.
PS
va
PL muloqot komponentalari uchun mijozda joylashadi.
Ular grafik
interfeysni ta‟minlash imkonini beradi. Berilganlarni boshqarish
komponentalari (
DS, FS) serverda joylashadi, muloqot (
PS, PL) va
mantiq (
BL, DL) – mijozda. Mijoz-server arxitekturasining ikki darajali
aniqlanishi aynan shu talqindan foydalanadi,
BBBT-serverda.
Bunday sxema serverga kam talablar qo„yadi.
U eng yaxshi
mashtablashtirish imkoniyatiga ega. Ammo, berilganlar bazasi bilan
katta o„zaro bog„lanishni chaqiruvchi murakkab ilovalar ham mijozni,
ham tarmoqni katta yuklantirishi mumkin.
SQL-so„rov natijalari ishlov berish uchun mijozga qaytishi lozim,
chunki u yerda qaror qabul qilish mantiqi joylashgan. Bunday sxema
turli mijoz bo„g„inlariga sochilgan ilovalarni
administratorlash uchun
qo„shimcha qiyinchiliklarga olib keladi. Tarmoqdagi yuklanishni
qisqartirish
va
administratorlashni
soddalashtirish
uchun
BL
komponentni serverda joylashtirish mumkin. Bunda qaror qabul
qilishning butun mantiqi
saqlanuvchi jarayonida ko„rinishida jixozlanadi
va berilganlar bazasi serverida bajariladi.
Saqlanuvchi protsedura – berilganlar bazasiga kirish uchun talab
qilingan parametrlari bilan nomi bo„yicha chaqiriluvchi va berilganlar
bazasi serverida bajariluvchi SQL operatorlari bilan protseduralardir.
Saqlanuvchi protseduralar kompilyatsiya qilinishi mumkin. Bu ularning
bajarilishini tezlashtiradi va serverdagi yuklanishni kamaytiradi.
Berilganlar bazasi va ilovalar
yaxlitligini yaxshilaydi, jamoaviy
36
foydalanilayotgan amallar va hisoblashlar dolzarbligini saqlaydi.
Hozirgi kunda mijoz-server arxitekturasi korporativ darajadagi
axborot tizimlari va ishchi guruhlarda keng tarqalgan. Ishni bunday
tashkillashtirish ilovalarning bajarilish samaradorligini oshiradi.