3—mavzu. Ultratovush diagnostikasida yangi texnologiyalar ultratovush to’lqinlari va ularning xususiyatlari




Download 0,53 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/12
Sana19.01.2024
Hajmi0,53 Mb.
#141215
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
3-lecture (2)



1
3—MAVZU. ULTRATOVUSH DIAGNOSTIKASIDA 
YANGI TEXNOLOGIYALAR 
1. Ultratovush to’lqinlari va ularning xususiyatlari 
UT tebranishlar 1881-yilda aka-uka Kyurilar tomonidan ishlab chiqilgan 
bo‘lib, 1-marta birinchi jahon urushi davrida К. V. Shilovskiy va P. Lanjevinlar 
tomonidan suvosti kemalarini aniqlash uchun ishlatilgan. Tibbiyotda 1- marta 
ultratovushni 1937-yilda amerikalik Karl Dussik ukasi Fridrix bilan birga miya 
o‘smasini aniqlash uchun qo‘llagan. Hozirgi kunda miyani ultratovush bilan 
tekshirish faqat erta yoshdagi bolalarda liqildoqlar bitmaganda akustik deraza 
sifatida foydalaniladi. 
Ultratovush deb 1 sekundda 20000 (20 kGs) sikl tebranish chastotali tovush 
to‘lqinlariga aytiladi.
Bu to’lqinlar inson qulog’i orqali eshitilmaydi, ular inson tanasini skanerlash 
uchun ishlatiladigan nurlarga aylantirilishi mumkin. Skanerda ishlab chiqiladigan 
UT impuls 2—10 mGschastotaga ega (lmGs — 1000000 sikl sek). Bu impulsning 
davomliligi 1 mikro sekundni tashkil etadi (ya’ni sekundning milliondan bir qismi). 
Impulslar bir sekundda 1000 chastota bilan takrorlanadi. Turli tana to‘qimalari UT 
ni turlicha oikazadi. Ba’zi to'qimalar uni to‘liq qaytaradilar, ba’zi birlari esa UT ni 
datchikka qaytarmay tarqatib yuboradilar. To‘qimalar orqali o‘tadigan to’lqinlar 
turli tezliklarga ega (masalan, 1540 m/s — bu yumshoq to‘qimalarda UT tarqalish 
tezligidir). 
Trandyuser orqali qabul qilinayotgan UT signallar qaytgandan so‘ng UT 
apparatida kuchaytirilishi kerak. Katta chuqurlikda joylashgan to‘qimalardan 
qaytgan signallar yuqori to‘qimalardan qaytgan signallarga nisbatan ko‘proq 
darajada so‘nadi. Shuning uchun chuqurdagi to‘qimadan qaytgan signallarni 
ko‘proq darajada kuchaytirish kerak. Qaytarilgan exosignallar datchikka qaytib 
kelganda ultratovush toiqini o‘tgan barcha to'qimalar tasvirini ikki o’lchamli qayta 
sozlash imkoniga ega bo’lamiz. 


2
Ma’lumot kompyuterda saqlanadi va monitorda ko‘rsatiladi. Kuchli qaytuvchi 
signallar yuqori intensiv signallar deb aytiladi va ekranda yorqin oq nuqtalar kabi 
ko'rinadi. Tibbiyot diagnostikasida UT nurlanishlaridan foydalaniladi. Boshqa 
maqsadlar uchun esa umuman boshqa jihozlar talab qilinadi. 
UT generatorlar. UT to’lqinlar datchik pyezaelektrik elementlari vositasida 
generatsiya qilinadi, ya’ni bu datchiklar elektr signallarni mexanik UT to’lqinlariga 
aylantiradi. Datchikni o‘zi qaytgan signallarni qabul qilib, uni qaytadan elektr 
signaliga aylantiradi. Datchiklar ultratovush to'lqinlarni uzatadi va qabul qiladi. 

Download 0,53 Mb.
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Download 0,53 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



3—mavzu. Ultratovush diagnostikasida yangi texnologiyalar ultratovush to’lqinlari va ularning xususiyatlari

Download 0,53 Mb.
Pdf ko'rish