• В (brightness—yaqqol) tartib.
  • Videomonitor kuzatuv (Real vaqt tartibi).
  • M (motion harakat) tartib.
  • Ma’lumotni taqdim qilishning turli tartiblari




    Download 0,53 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet4/12
    Sana19.01.2024
    Hajmi0,53 Mb.
    #141215
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
    Bog'liq
    3-lecture (2)

    Ma’lumotni taqdim qilishning turli tartiblari. Ma’lumotning turli tartibda 
    qabul qilinishi qaytgan signallarni turli usullar bilan tasvirlash bilan ifodalanadi. 
    1. A (Amplitude—amplituda) tartib. Bu tartibda qaytgan signal cho‘qqi 
    shaklida tasvirlanadi. Bunda turli tuzilmalar o‘rtasidagi masofani o‘lchash 
    mumkin.Tuzilmaning o‘zi bu tartibda tasvirlanmaydi, lekin bu prinsip ikki 
    o'lchamli tasvirlarda ishlatilmaydi. 
    2. В (brightness—yaqqol) tartib. Bu tartibda UT to‘lqinlar o‘tgan barcha 
    to‘qimalar ekranda tasvirlanadi. Ikki o‘lchamli bunday tasvirlar В tartib 


    5
    tasvirlari yoki В tartib qirqimlari deyiladi. В qirqimda tez ketma-ketlikda 
    berilgan tasvirlardan video monitor kuzatuvi shakllantirish mumkin. 
    3. Videomonitor kuzatuv (Real vaqt tartibi). Bu tartib datchik ostida turgan 
    to‘qimalar qay tartibda skanerlanayotgan bo‘lsa, tasvirlar ketma- ketligini 
    ham shu tartibda shakllantiradi. Datchikning har qanday harakati yoki tana 
    holatining har qanday o‘zgarishida tasvir o‘zgaradi (masalan, homilaning 
    qimirlashi, arteriya pulsining o'zgarishi). Harakatlar monitorda real vaqtda 
    tasvirlanadi. Real vaqt tartibida ishlovchi uskuna tasvirni qotirib qo’yish 
    imkonini beradi. Bunda tasvirni o‘rganish va o‘lchash ishlarini olib borish 
    mumkin. 
    4. M (motion harakat) tartib. Bunda ekranda to'lqinli tartib paydo bo'ladi. 
    Bu, odatda, kardiologiyada foydalaniladi. 
    2. Ultratovush tekshiruvining asosiy qoidalari 
    Ko'ndalang skanerlashda monitor ekranidagi tasvir shunday joylashadiki, 
    unda bemorning chap tomoni ekranning o‘ng tomonida bo'ladi. Datchikda holat 
    indikatori bo'lishiga qaramasdan tekshiruv boshlanishidan oldin datchikning 
    muayyan tomoni olinayotgan tasvirning tomoniga mos kelishini ko'z bilan tekshirish 
    kerak. Buning uchun datchikning bir tomoniga barmoq uchini qo'yib, tasvir 
    ekranning qaysi tomonida hosil bo’lganligiga ahamiyat berish kerak. Noto'g'ri 
    mo'ljal olishda datchik birinchi holatga aylantiriladi va yana tekshiruv o'tkaziladi. 
    Bo'ylama kesimlarda esa bemorning (tekshiriluvchining) bosh tomoni ekranning 
    chap tomonida, oyog'i esa o'ng tomonidan aniqlanadi. 

    Download 0,53 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




    Download 0,53 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Ma’lumotni taqdim qilishning turli tartiblari

    Download 0,53 Mb.
    Pdf ko'rish