• Olinayotgan tasvirning foni.
  • Ultratovush nurlarini taqsimlash.
  • Akustik kuchaytirish va akustik soya.
  • Tekshiriluvchi teri bilan kontakt (bog'lanish)




    Download 0,53 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet5/12
    Sana19.01.2024
    Hajmi0,53 Mb.
    #141215
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
    Bog'liq
    3-lecture (2)

    Tekshiriluvchi teri bilan kontakt (bog'lanish). Datchik bemor 
    (tekshiriluvchi)ning tanasiga joylanishi kerak. Bunda tekshiriluvchi tanasining 
    tekshirilishi kerak bo'lgan sohasiga bog'lanish geli surkaladi, gel UT to'lqinlarining 
    yaxshi o'tkazilishiga va datchikning harakatlanishi yengilashishiga imkon beradi. 
    Datchik teri bilan kontakt (bog'lanish) geli orqali jips bog'lanishda bo'ladi. Operator 
    ekrandagi tasvirni to'liq tahlil qilguncha datchikning harakati doimiy va ketma- ket 
    bo'lishi kerak.


    6
    Olinayotgan tasvirning foni. Ekrandagi olinayotgan tasvir aynan qora yoki 
    oq bo’lishi mumkin. Ba’zan oq rang qora qaytarilgan signallar bilan yoki qora rang 
    oq qaytgan signallar bilan nuqtalar yoki chiziq tuzilmalar ko‘rinishida aniqlanadi. 
    Odatda, UT apparatlarida rangni o‘zgartiruvchi tugmacha bo‘ladi. Agar tugmacha 
    bo‘lmasa apparat shunday tayyorlanishi kerakki, doim qora fonda oq qaytgan 
    signallar bo‘lishi kerak. 
    Ultratovush nurlarini taqsimlash. Tana to‘qimalari UT to‘lqinlarini ikki 
    usulda qaytaradi. Ba’zi to‘qimalar to’lqinni xuddi oyna singari aynan orqaga 
    qaytaradi. Ba’zi to‘qimalar esa UT to‘lqinlarini tuman tomchilari singari tarqatib 
    yuboradi (рассеивающий цветовой поток). Masalan, diafragma oyna, texnika 
    ta’biri bilan aytganda "oynali aks" hisoblanadi. Monitor ekranida diafragma holati 
    va shakliga aynan mos keluvchi aniq va yaqqol tasvir paydo bo’ladi. Jigar esa UT 
    to’lqinlarini tarqatib yuboradi, shuning uchun ekrandagi aks etgan signallar holati 
    jigarda aks etgan tuzilmalarga mos kelmaydi. Bu signallarning turli yo’nalishlarda 
    tarqalishi natijasida yuzaga keladi va interferensiya deb yuritiladi. Har qanday 
    holatda ham qora fondagi oq signallar toiqinlarning differensirovkasiga (ajratishga) 
    yaxshi imkoniyat beradi. 
    Akustik kuchaytirish va akustik soya. Toza suyuqlik UT to’lqinlarini 
    o’zgarishsiz, kuchsizlantirmasdan o’tkazadi, shuning uchun suyuqlik ostidagi 
    to’qimalardan kelayotgan qaytarilgan exosignallar, odatda, kuchaytirilgan bo’ladi, 
    ya’ni yaqqolroq ko’rinadi. Bu holat akustik kuchaytirish nomini olgan. Yetarli 
    miqdorda suyuqlik qabul qilib, oshqozonning to’ldirilishi gaz bilan to’la 
    ichaklaming chekkaga surilishiga olib keladi va shu bilan birga akustik oyna hosil 
    qilinadi. Bu narsa oshqozon osti bezining tanasi va dumining yaqqol tasvirini olish 
    uchun imkoniyat beradi. Ichakdagi, umuman qayerda bo’lmasin, gazlar turlicha 
    exografik fenomen hosil qiladi. Gazlar ta’sirida UT to’lqinlari shunday tarqalishi, 
    qaytarilishi, yutilishi va sinishi mumkinki, bunday holatda pastdagi to’qimalarni 
    (a’zolarni) ko’rish umuman mumkin bo’lmay qoladi. Shuning uchun UT orqali 
    sog’lom o’pkani ko’rish yoki kasalliklarni aniqlash imkoniyati bo’lmaydi. Bundan 
    o’pka periferiyasida joylashgan hajmli hosilalar mustasno. 


    7
    Suyak yoki toshlar shunday akustik soya hosil qiladiki, natijada orqada joylashgan 
    to’qimalarning tasvirini olish mumkin bo’lmay qoladi. Chunki ulardan UT 
    to’lqinlari o’tmaydi (suyak va toshlardan). Bu holat akustik soya nomini olgan. 
    Qovurg’alar ostidagi to’qimalarni skanerlash uchun qovurg’a oralig’i orqali egrilab 
    tekshiruv o’tkaziladi. 

    Download 0,53 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




    Download 0,53 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Tekshiriluvchi teri bilan kontakt (bog'lanish)

    Download 0,53 Mb.
    Pdf ko'rish