• Chegaralar.
  • 3—mavzu. Ultratovush diagnostikasida yangi texnologiyalar ultratovush to’lqinlari va ularning xususiyatlari




    Download 0,53 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet3/12
    Sana19.01.2024
    Hajmi0,53 Mb.
    #141215
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
    Bog'liq
    3-lecture (2)

    Kuchaytirish. Chuqur joylashgan tuzilmalardan qaytgan exosignallar yuzada 
    joylashgan a’zolardan qaytadiganlarga qaraganda zaifroq bo‘ladi. Shuning uchun 
    ularni kuchaytirish kerak. Ultratovush apparatda exosignallarni kuchaytiruvchi 
    uskuna bor. Barcha ultratovush apparatlarda kuchaytirish darajasini o’lchash 
    imkoniyati va shu bilan yanada aniq tasvirga ega bo‘ladi. . 
    Chegaralar. UT turli to‘qimalar chegarasida aks etishi yoki sinishi mumkin, 
    aks etishi signalning orqaga kelishini, sinish esa yo‘nalish o‘zgarganligini anglatadi. 
    Bunda aks etish o‘rni bo'lishi shart emas. To'qimalar UT ning o‘zaro ta’sir 
    xarakteriga ko‘ra bir-biridan farq qiladi. Masalan, skelet suyaklari, ichakdagi yoki 
    o'pkadagi havo yumshoq to‘qimalardan ancha farq qiladi. UT lar o‘z yo‘lida suyak 
    yoki gazga yo‘liqsa, ko‘proq darajada aks etadi yoki sinadi. Shuning uchun, odatda, 
    ko‘p miqdorda gaz bilan to’lgan ichaklarni ultratovush skanerlashga imkon 
    bo‘lmaydi. Kichik chanoq a’zolari ultratovush tekshiruvida siydik pufagini to‘ldirish 
    kerak. Chunki suyuqlikka to‘la siydik pufagi ichaklarni ko‘tarib, UT li to'lqinlarning 
    o‘tishiga yo‘l ochib beradi. O‘pkani ham havosi bo‘lganligi uchun tekshirib 


    4
    bo‘lmaydi. Lekin plevra bo‘shlig‘idagi suyuqlik va o‘simta ko‘krak qafasiga tegib 
    tursa, tasvirga ega bo’lish mumkin.
    Skelet suyaklari juda intensiv ravishda ultrtovushni qaytaradilar, shuning 
    uchun suyaklarning ichki strukturasidagi boshqa kuchli kalsiyli strukturalar 
    ko‘rinmaydi. 
    Nurlanayotgan to‘lqinlarning bir qismi qaytadi, bunda qaytish burchagi 
    tushish burchagiga teng. To’lqinlarning boshqa qismi tashqi yuza orqali o‘tadi va 
    sinadi. So‘ng burchak ostida tarqalib ketadi. 
    Ikki muhitning akustik qarshiligi qanchalik farqli bo‘lsa, ultratovush shuncha 
    ko‘p qaytadi. Tarqalish tezligining nisbati qanchalik katta bo‘lsa, shunchalik sinish 
    katta bo'ladi. Shuni bilish zarurki, tushish burchagi nol ko'rsatkichga teng bo‘lganda 
    UT yuzaga perpendikulyar holatda tushadi. Agar aks etuvchi chegara to‘lqin 
    uzunligidan (10 — 20) ancha katta bo‘lsa, u oyna bo‘ladi va oyna aksi deb ataladi. 
    Homila bosh suyagi, diafragma, tomir devorlari, biriktiruvchi to‘qimalar oyna 
    aksiga misol bo‘ladi. 
    Aks etuvchi tuzilma o'lchami ultratovush to‘lqin uzunligidan kam bo‘lsa, UT to’lqini 
    tarqalib ketadi. Faqat juda kam qism signallargina boshlang‘ich yo‘nalish bo‘ylab 
    orqaga qaytadi. Jigar va buyrak parenximasi bunga misol. 
    UT to’lqinlarining yuqoridagi xususiyatlaridan kelib chiqqan holda datchik va 
    teri yuzasini bog'lab turish uchun akustik gel qo’llash zaruriyati yuzaga keladi. 
    Akustik gel UT to‘lqinlar havoda tarqalib ketishining oldini oladi. 

    Download 0,53 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




    Download 0,53 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    3—mavzu. Ultratovush diagnostikasida yangi texnologiyalar ultratovush to’lqinlari va ularning xususiyatlari

    Download 0,53 Mb.
    Pdf ko'rish