• Konveksli datchik
  • 4.Ichki a’zolar ultratovush diagnostikasi
  • 3—mavzu. Ultratovush diagnostikasida yangi texnologiyalar ultratovush to’lqinlari va ularning xususiyatlari




    Download 0,53 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet8/12
    Sana19.01.2024
    Hajmi0,53 Mb.
    #141215
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
    Bog'liq
    3-lecture (2)

    Chiziqli datchiklarni qo‘llaganda kesim to‘g‘ri burchak ko‘rinishida bo‘ladi. 
    Bu datchiklarni akusherlik amaliyotida, qalqonsimon bez va sut bezini tekshirishda 
    qo'llash qulay hisoblanadi. 
    Sektorli datchiklarni qo’llaganda kesim o‘tkir burchak ko‘rinishida bo'ladi. 
    Bu datchiklar uncha katta bo'lmagan maydonni tekshirishda qulay hisoblanadi. Ular 
    qorin bo‘shlig‘i yuqori sohalarini tekshirish uchun ginekologiya va kardiologiya 
    sohalarida keng qo'llaniladi. 
    Konveksli datchik kesim ko'rinishi chiziqli va sektorli datchiklarning kesim 
    ko'rinishi orasidagi shakl bo'ladi. Bunday datchiklar exokardiografiyadan tashqari 
    barcha sohalarda keng qo'llaniladi. 
    Ishlatilishi:
    - Akusherlikda — chiziqli va konveksial datchiklar. 
    - Umumiy amaliyotda — sektorli va konveksial. 


    11
    - Pediatriyada — chiziqli va sektorli datchiklar ishlatiladi 
    Monitor televizion ekran o’lchami 13x10 smdan kam bo’lmasligi kerak.
    4.Ichki a’zolar ultratovush diagnostikasi
    UT tekshiruvlarining maqsadi tekshiruv obyektining joylashishi, harakatchanligi, 
    shakli, chegaralari, tovush o‘tkazuvchanligi, exo tuzilishi, funksional 
    ko’rsatkichlarini aniqlashdan iboratdir. 
    Tekshiruv obyektining joylashishi va obyekt atrofida joylashgan tuzilmalar bilan 
    o‘zaro munosabati umumiy qabul qilingan normativlar bilan solishtiriladi. 
    Obyektning harakatchanligi obyekt atrofidagi tuzilmalarga nisbatan nafas 
    olganda, yutinganda, tana holati o‘zgarganda yoki datchik bilan bosilganda 
    aniqlanadi. Harakatchanlik normal, oshgan, pasaygan bo‘ladi yoki umuman 
    sezilmasligi mumkin. Obyektning shakli geometrik shakllar bilan solishtiriladi
    sharsimon, ovalsimon, tomchisimon, linzasimon va boshqalar. Tekshiruv 
    obyektining chegaralari tekis yoki notekis, aniq yoki noaniq, bir tekis yoki uzilgan 
    chiziqlar kabi belgilar bilan baholanadi. 
    Tovush o‘tkazuvchanligi bu obyektning UT tovush o‘tkazuvchanligini baholash 
    xususiyati hisoblanadi. O‘tkazuvchanlik darajasini aniqlaydigan sinov a’zosi normal 
    jigar hisoblanadi. Chunki jigarda tekshiruv paytida yaqin va chuqur joylashgan 
    tuzilmalarning yorug’lik darajasi deyarli bir xil ko‘rinadi. Jigar sirrozi yoki yog’li 
    distrofiya holatlarida UT ni to'qima o‘ziga yaqqol tortib oladi va UT yorug’ligi 
    "o‘chadi". To’lqin o‘tkazuvchanlik pasayadi, shu sababdan chuqurroq joylashgan 
    a’zolar qora bo‘lib ko‘rinadi. 
    Obyektning exotuzilishi har xil tekshiruv tuzilmalari exogenlik darajasining 
    ko‘rsatkichi hisoblanadi. Zararlanmagan parenxemotoz a’zolar (jigar, taloq va 
    boshqalar) exosignallarning bir xil intensivda va boshqa organlarga bir xil 
    tarqalganligi sababli bir xil exo tuzilmaga ega. Patologik holatda esa (masalan, jigar 
    sirrozida) exostruktura bir xil bo‘lmaydi. 0‘lchamlarni aniqlash (biometriya) ham 
    UT tekshiruvlarining asosiy usullaridan biridir. A’zolarning yoshga nisbatan 
    normativ o‘lchamlari mavjud va bu ulardagi tug‘ma va orttirilgan o'zgarishlarni 
    aniqlashda juda muhim. Funksional ko‘rsatkichlarni aniqlash usuli (masalan, 


    12
    dopplerografiya — o‘t pufagining qisqaruvchanligini aniqlash) obyektni UT 
    tekshirishda qo’shimcha ma’lumot olishga yordam beradi


    Download 0,53 Mb.
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




    Download 0,53 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    3—mavzu. Ultratovush diagnostikasida yangi texnologiyalar ultratovush to’lqinlari va ularning xususiyatlari

    Download 0,53 Mb.
    Pdf ko'rish