• Bachadon va ortiqlarining yallig‘lanishli kasalliklari.
  • Akusherlikda UT tekshiruvi.
  • 3—mavzu. Ultratovush diagnostikasida yangi texnologiyalar ultratovush to’lqinlari va ularning xususiyatlari




    Download 0,53 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet10/12
    Sana19.01.2024
    Hajmi0,53 Mb.
    #141215
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
    Bog'liq
    3-lecture (2)

    Tuxumdon kistomalari. Dermoid kista (yetilgan teratoma) ba’zan 
    aniqlanmaydi, yaxshi sifatli va yomon sifatli hosilalar aniqlanadi. 
    Tuxumdon polikistozi. Bunda tuxumdon o’lchamining kattalashuvi va 
    exostrukturalarning o‘zgarishi xarakterli. 
    UT tekshiruvi bepushtlikni aniqlash va davolashda katta ahamiyatga ega. 
    Bachadon va ortiqlarining yallig‘lanishli kasalliklari. Endometrit, 
    metroendometrit, pio va gidrosalpings, pioovar, o‘tkir va surunkali oofaritning 
    ultratovushli belgilari mavjud. 
    Bachadondan tashqari homiladorlik. O‘z-o‘zidan bola tashlash, erta 
    muddatlarda bola tashlash xavfi, boshlangan bola tashlashda homilani saqlab 
    qolishni baholashga imkon yaratadi. UT tekshiruvi nazorati ostida katta hajmdagi 
    manipulyatsiyalar o'tkazilmoqda: kichik chanoq bo‘shlig‘i hosilalarida qorin 
    bo‘shlig‘i funksiyasi, bachadondan tashqari homila- dorlikni davolash, follikulalar 
    funksiyasi, amniosentez va xorion biopsiyasi tug‘ma poroklar diagnostikasida katta 
    ahamiyatga ega.
    Akusherlikda UT tekshiruvi. Usulning afzalliklari turli kasallik va homila 
    rivojlanishidagi buzilishlarni aniqlash, zararsizligi, turli sharoitlarda qo'llash 
    mumkinligi bilan ajralib turadi. Homiladorlik diagnostikasida UTT transaginal 
    datchiklarning qo’llanilishi erta muddatlarda aniqlash imkoniyatini beradi. Bu 
    vaqtda bachadon bo‘shlig‘ida urug‘langan tuxum hujayra aniqlaniladi. 5—6 
    haftaligida embrion aniqlanadi. 4—5 mm o‘lchamdagi homilada yurak urishini 
    aniqlash mumkin, boshi 7—8 haftaligida, mushaklar 9 haftaligida aniqlanadi. 
    Homiladorlikning birinchi oyligida turli rivojlanish nuqsonlarini aniqlash imkonini 
    beradi, bu esa abort yo‘li bilan homiladorlikni to‘xtatish imkoniyatini beradi. 13—
    16 haftaligida homila jinsini aniqlash mumkin. 
    Rivojlanishdan orqada qolgan homiladorlikda anembrioniya yoki embrionda 
    yurak urishi aniqlanmaydi. Bachadon tonusini aniqlash, yelbo‘g‘oz kasalligini 
    aniqlashda katta ahamiyatga ega. 


    14
    Kechki muddatlarda UT tekshiruvida homila o'lchamlari aniqlaniladi: 
    biparietal o‘lcham yoki bosh aylanasi, o‘rtadiametr yoki qorin aylanasi va son 
    uzunligi. Buning uchun yuqoridagi o‘lchamlar aks ettirilgan jadval bo'lib, u 
    yordamida turli muddatlarda homilagi potrofiyasi va ayrim nuqsonlar, vazni 
    aniqlanadi. 

    Download 0,53 Mb.
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




    Download 0,53 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    3—mavzu. Ultratovush diagnostikasida yangi texnologiyalar ultratovush to’lqinlari va ularning xususiyatlari

    Download 0,53 Mb.
    Pdf ko'rish