To‘quvchilik nuqsonlari




Download 1,98 Mb.
bet1/2
Sana21.05.2024
Hajmi1,98 Mb.
#248212
  1   2
Bog'liq
Nuqson turlari ochiq dars


Sifatli, raqobatbardosh, har tomonlama is’temolchi talablariga javob beradigan kiyimlarni ishlab chiqarish tikuv korxonalarining asosiy vazifalaridan biridir. Ammo ishlab chiqarish jarayonida ayrim kiyimlarda nuqsonlar uchrashi ixtimoldan holi emas.
Kiyimdagi nuqsonlar - bu buyum tashqi ko‘rinishini buzadigan taranglik, g‘ijim, keraksiz burmalar va taxlamalar, qishaishlar sifatida namoyon bo‘ladi. Kiyimlarda uchraydigan nuqsonlarni 3 turga bo‘lish mumkin:
to‘quvchilik nuqsonlari;
konstruksiya nuqsonlari -texnologik nuqsonlari.

To‘quvchilik nuqsonlarga matoning chegaralangan joyidagi nuqsonlar(teshik, ipning qalinlashganligi, arqoq ip siyrak joylar va x.k.) va matoning yuzasi bo‘yicha tarqalgan nuqsonlar ( notekis bo‘yoq, matoning qalinligi).


Konstrkutiv nuqsonlar kiyimning o‘lchami va shakli qomat shakliga mos emasligi sababli paydo bo‘ladi. Ular kiyimga gorizontal, vertikal, qiya taxlama, g‘ijimlar, burchak taxlamalari, muvozayatining buzulishi va dinamik nomoslik nuxsonlari sifatida nomoyon bo‘ladi.

Texnologik nuqsonlar detalllarning noto‘g‘ri bichilishi, detallarni biriktirishda texnik shartlarga rioya qilinmaganligi, biriktiruvchi kertiklar surilishi natijasida konstruktiv chiziqlar shakli buzilganda nomoyon bo‘ladi. Detallar qirqimi biriktirilishda kam kirishtirilsa yoki yetarli cho‘zilmasa, choklar qishaysa, paketni tuzuvchi astar va qotirmalar detallar bir-biriga shakli va tanda ipining yo‘nalishi mos kelmasa, tikish texnologiyasining nuqsonlari paydo bo‘ladi.


Buyumlarni shakli buzilishi namlab-isitib ishlov berish shartlariga rioya qilinmaganligi sababli paydo bo‘ladi.


Modellash nuqsonlari bazaviy konstruksiya xususiyati buzilishiga olib keladigan texnik modellash xatolari natijasida paydo bo‘ladi.
To‘qimachilik nuqsonlari: ip uzilganda va to‘qimachilik dastgoxlarning mexanizmlari nosozligi sababli to‘qimachilik nuqsonlari kelib chiqadi. Bunday nuqsonlar gazlama va tikuv buyumlarining sifatiga ta’sir qiladi. Tikuv buyumlarning ko‘rinib turadigan detallaridagi nuqsonlari ularning navini pasaishiga xatto navsiz bo‘lishiga olib kelishi mumkin. Buni oldini olish maqsadida tikuv korxonalarining tayyorlov - bichish jarayonida gazlamalar sifati tekshiriladi, nuqsonlar belgilanadi va bichish jarayonida hisobga olinadi.

To‘qimachilik nuqsonlarga quyidagilar kiradi:


bir yoki ikki qo‘shni tanda iplarning yo‘qligi (blizna);
bir yoki ikki qo‘shni arqoq iplarning yo‘qligi (prometka yoki prolet);
ma’lum joyda tanda ip gazlama sirtida yotadi va arqoq ipi bilan o‘rilishmaydi ( nepodrabotka osnovi);
ma’lum joyda arqoq ip gazlama sirtida yotadi va tanda ipi bilan o‘ rilishmaydi(podnirka);
arqoq ip siyrak joylari (nedoseka);
arqoq ip zich joylari(zaboina);
arqoq ip siyrak joylar bilan zich joylar galma-gal kelgan joylar (nerovniy boy);
ikki tanda ip xuddi bittadek o‘rilishgan joy ( parochka);
arqoq ip qalinlashgan joy (sled utka). Bunday nuqson arqoq ipi kalava oxiridan dastalanib kelsa va shu holda o‘rilib ketsa paydo bo‘ladi;
arqoq haltalari- arqoq ip uncha tarang bo‘lmaganda paydo bo‘ladi;
qo‘sh o‘rilish (podpletini). Uch yoki undan ko‘p tanda iplari uzulib, arqoq ipiga noto‘g‘ri o‘rilishidan hosil bo‘ladi;
to‘quv dastgoxining qismlari gazlamani shikaslantirganda paydo bo‘ladigan turli o‘lchamdagi teshiklar;
kir va moy dog‘lari- to‘quv dastgoxi ko‘proq moylab yuborilganda va ehtiyot bulinmaganda paydo bo‘lishi mumkin;
to‘quv naqshining buzilishi-gazlamaning ayrim joylarida to‘quv naqshining belgilangan naqshiga to‘g‘ri kelmasligi.

Konstruktiv nuqsonla 6 guruhga bo‘linadi:


Gorizontal taxlamalar detalning gorizontal yo‘nalishda torligi yoki vertikal yo‘nalishda uzunligi sababli paydo bo‘ladi.
Vertikal taxlamalar detalning gorizontal yo‘nalishda kengroqligi yoki vertikal yo‘nalishda kaltaroqligi natijasida hosil bo‘ladi.
Qiya taxlamalar detalning diagonal yo‘nalishda kichikroqligi natijasida, tor joylarda har xil yo‘nalgan kuchlar ta’siri ostida hosil bo‘ladi.
Burchak g‘ijimlar shakl hosil qilishda biriktirilgan detallar konturining egirligi bir-biriga nomosligi natijasida hosil bo‘ladi.
Balans buzilishi biriktiriladigan detallar uzunligi tengsizligidan yoki biriktirish vaqtida bir-biriga nisbatan qiyshiq o‘rnatilishidan kelib chiqadi. Ushbu nuqsonlar turikiyim muvozanatini buzib, uni spiralsimon aylantirib qo‘yadi.
Dinamik nosozlik nuqsonlari odam harakatida namoyon bo‘ladi.

Texnologik nuqsonlar:


gazlamalarni bichishga tayyorlash jarayoni nuqsonlari;
gazlamalarni bichish jarayoni nuqsonlari;
tikuv jarayoni nuqsonlari;
namlab-isitib ishlov berish jarayoni nuqsonlari;
tayyor mahsulotni saqlash va yuklab yuborish jarayoni nuqsonlari.

Tayyorlov sexining tenologik nuqsonlari:


Gazlama va boshqa tikuv materiallarini tayyorlash jarayoni bichish, tikish, pardozlash sexlarini ritmik ishlashini ta'minlashda muhim ahamiyatga ega. Ishlab chiqarishning tayyor sexida kiruvchi tekshirish natijasida kelib tushayotgan gazlama va boshqa tikuv materiallarining sifat ko'rsatkichlari va ularning standart talablariga muvofiqligi aniqlanadi. Bu holda olingan ma'lumotlar bizga kelayotgan materiallar partiyalarining xilma-xilligini va ularning nuqsonlarini aniqlashga va shu bilan keyingi ishlab chiqarish jarayonida mahsulotni nuqsonsiz ishlab chiqarish uchun dastlabki shart-sharoitlarni yaratishga imkon beradi. Gazlamalarning chiziqli o'lchamlari barqarorligiga erishish va kiyim sifatini yaxshilash uchun ular dekatirlanadi, uning mohiyati matoni namlash va keyinchalik quritishdir.

Gazlamalarni bichish jarayoni nuqsonlar


Bichish sexining asosiy vazifasi kiyim uchun kesilgan detallar ishlab chiqarishdir. Bichish texnologikjarayonida nuqsonlar paydo bo'lishining oldini olish uchun kesish chiziqlarining ravshanligini ta'minlash kerak va materiallarni kesishda, ruxsat etilgan og'ishlar chegarasidan chetlanmaslik kerak; bitta mahsulot uchun bichiq detallar to'liq to'plamda bajarilishi kerak.
Bichiqlar aniqligiga bo‘rlama sifati, gazlamalarni to‘shash usullari, detallarni qirqish uchun qo‘llaniladigan bichuv mashinalari turi, to‘shalayotgan gazlamalarni fizik-mexanik xususiyatlari, tikuv buyum detallarini gazlamada tanda ip yo‘nalishiga nisbatan joylashtirilishi ta’sir qiladi. Eng aniq bichiqlarga mashinada to‘shash va bichish usulini qo‘llashda erishiladi.

Tikuv ishlab chiqarishidagi texnologik nuqsonlar Kiyimlarning sifati ko'p jihatdan yig'ish jarayonining texnologiyasiga bog'liq. Mahsulotni tayyorlash va yig'ish sifatining umumiy harakteristikasi sifat ko'rsatkichlarining texnologik talablarga muvofiqligi hisoblanadi. Kiyim -kechak qismlarini yig'ishning aniqligi detallarning kertiklarini bir-biriga qay darajada to‘gri kelganligi tushiniladi.


Kiyim-kechaklarni yig'ish jarayonida shuni esda tutish kerakki, texnologik nuqsonni aniqlangandan keyin qancha ko'p operatsiyalar bajarilsa shuncha nuqsonni tuzatish qiyinroq bo‘ladi.
Tikuvchilik sexlarida tayyor mahsulotda nuqsonlar paydo bo'lishining oldini oladigan operatsiyalararo texnologik nazorat olib boriladi.

Kiyim qismlarini nam-issiqlik bilan ishlov berishning texnologik nuqsonlari


Tikuv buyumlar sifatning muhim ko'rsatkichi - bu kiyimning ekspluatatsiya jarayonida tashqi ko‘rinishi va shaklini saqlab qolish qobiliyatidir. Bu esa ko‘p jihatdan ishlov berilayotgan kiyim gazlamalarining xususiyatlari, ularga shakl berish va saqlash usullariga bog‘liq.
Tikuv buyumlarini ishlab chiqarishda namlab-issitib ishlov berish asosiy operatsiyalaridan biri hisoblanadi.
Tayyor mahsulotni saqlash va yuklab yuborish nuqsonlari
Kiyim -kechaklarni tashish va saqlashning asosiy talabi ularning tashqi ko‘rinishini saqlab qolishdir. Shuning uchun tayyor kiyimlar ma’lum talablarni hisobga olgan holda savdo tashkilotlariga yuborilishidan oldin omborlarda saqlanishi kerak. Bu xonalarda harorat 18 ... 200S va namlik 40 ... 60% saqlanadi. Kiyim to‘g‘ridan - to‘g‘ri tushadigan quyosh nurlaridan himoyalanishi kerak.

Bu guruhdagi nuqsonlarning oldini olish uchun mahsulotlarning saqlanishi, qadoqlanishi va jo‘natilishini doimiy kuzatib borish zarur. Gijimlar,chang bosish, tugmalar yo‘qligi, dog‘lar, qismlarning xiralashgan yuzalarida namoyon bo‘ladigan tashqi ko‘rinishning yo‘qolishi - bularning barchasi mahsulotni asl narxini hisobga olgan holda sotishning iloji yo‘qligiga olib keladi.


Tayyor mahsulotni tashishda kranshtynlar, selofan va polietilen paketlardan, karton qutilardan foydalanish tavsiya etiladi.Tayyor mahsulotga ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo‘lish kerak, chunki tashqi ko‘rinishini yo‘qolishi mahsulotning narhini pasaishiga olib keladi.

Kiyimlar konstruksiyasini qurganda yo‘l qo'yilgan xatolar konstruktiv nuqsonlar hosil bo‘lishiga olib keladi.


Konstruktiv nuqsonlar:

  1. Shakllantirish nuqsonlari

  2. Statikada namoyon bo’ladigan kiyimning konstruktiv nuqsonlar

  3. Dinamikada namoyon bo’ladigan konstruktiv nuqsonlar

  4. Paket konstruksiyasining nuqsonlari

Shakllantirish nuqsonlari-kiyim detallarining . o‘lchamlari va konfigurasiyasi moda yo‘nalishiga to‘g‘ri kelmasligi natijasida uning shakli, proporsiyasi, hajmi buzi- lishida hamda kiyimni hajmiy jihatdan shakllantirishda noto‘g‘ri usullar va modelga mos kelmaydigan material tanlashda namoyon bo'ladigan nuqsonlardir. Masalan, erkin hajmiy shakl qattiq materiallardan hamda viachkalar yordamida hosil qilinmaydi.


Vitachka, bo'rtma choklar va h.k. joylarini aniqlashda kiyimning umumiy shakli hisobga olinmaydi. Masalan, modaga mos yassi shakllami hosil qilishda bo‘linish chiziqlari ko‘krak yoki orqa markaziga juda yaqin o‘tkaziladi, bu kiyimni dumaloqroq va sirtini bo‘rttirib ko‘rsatadi.
Bu nuqsonlar tufayli yon chok bo‘ylab bittagina taxlama hosil bo‘ladi, natijada kiyimning umumiy shakli yassi-lanadi.
Ushbu nuqsonlarni bartaraf etish maqsadida buyum chizmasini to‘liq yoki qisman qaytadan ishlab, zarur o‘zgarishlar kiritiladi.

Statikada kiyim konstruksiyasining nuqsonlari


a)old-orqa balansining buzilishi;
b)yon balans buzilishi;
v) tarang gorizontal taxlamalar;
g) bo‘sh gorizontal taxlamalar;
d) yelpig‘ichsimon va qiya siniq chiziqlar.

Nuqsonlarning sababi ko'p. Ular taranglik, g'ijim, keraksiz taxlamalar, qiyshayishlar sifatida namoyon bo'lib, qomatda kiyim o'rna- shuvini va muvozanatini buzadi. Kiyim nuqsonlarini osonroq aniqlash va bartaraf etish maqsadida ularning tasnifi tuzilgan


Kiyimda uchraydigan nuqsonlar konstruktiv, texnologik va modellash nuqsonlari guruhlariga bo'linadi.
Konstruktiv nuqsonlar kiyimning o'lchami va shakli qomat shakliga mos emasligidan paydo bo'ladi. Ular kiyim muvozanatini buzib gorizontal, vertikal, qiya taxlama, g'ijimlar, burchak taxlamalari va dinaniik nomoslik nuqsonlari sifatida namoyon bo'ladi.

Kiyim o’lchovlari shaklining to’g’riligi, kiyimni manekenlarga yoki tipik gavdalarga kiydirib ko’rish yo’li bilan aniqlanadi. Kiyim tayyorlash jarayonida andazalarni tekshirish bilan birga texnologik ishlov berish xatoliklari ham aniqlanadi. Bunda albatta konstruktiv nuqsonlarni, texnologik nuqsonlardan farqlay bilish katta ahamiyatga ega. Qo’yida konstruktiv nuqsonlarning hosil bo’lish sabablari va ularni bartaraf etish usullari o’rganiladi. Tashqi har xil yo’nalishdagi taxlama va burma ko’rinishidagi kiyimning gavdaga o’tirish kamchiliklari detal konturlari o’lchov va shakllarining odam gavdasi o’lchov va shakllariga mos kelmasligi natijasida yuzaga keladikiyim detallari uzunligi yoki enining ortiqcha uzunligi yoki yetishmaslik natijasida vujudga keladi va ular 2 xil bo’ladi.



  1   2




Download 1,98 Mb.