Burmalar
a. Erkin burmalar: detal eni yoki uzunligining ortiqchaligi tufayli vujudga keladi va uni erkin xarakatlantirish mumkin.
b. Tarang burmalar: detal uzunligi yoki enining yetishmasligidan vujudga keladi va bu burmani xarakatlantirib bo’lmaydi.
1. Gorizontal (kundalang) burmalar detal uzunligining vertikal yo’nalishdagi ortiqchaligidan yoki detalning gorizontal yo’nalishdagi torligidan kelib chiqadi
2. Vertikal (buylama) burmalar: detal ening gorizontal yo’nalishdagi ortiqchaligidan uzunligining yoki detallarning vertikal yo’nalishidagi yetishmasligidan kelib chiqadi.
3. Detalning butun eni bo’ylab qiya burmalar: detal tayanch qismining bir tomonlama qisqarishi yoki uzayishi natijasida xamda detal toraygan qismida turli yo’nalish bosim kuchlarining vujudga kelishi tufayli kelib chiqadi.
Detal ayrim qismlaridagi burchak burmalar: bu guruh nuqsonlari yoyilma burchaklarini noto’g’ri aniqlanganligi tufayli kelib chiqadi va detal o’rtasidagi tortishish konturlari bo’ylab esa solqilik xosil ko’rinishida bo’ladi. Bularga vitochka kengligining yoki qavariq shakl berishda kirishtirib dazmollash burchagining yetishmasligi natijasida yuzaga keladi.
Bundan tashqari qavariq shakl berish uchun tortish burchagi va vitochka kengligining yetarli darajada loyihalanmaganidan kelib chiqadi.
5. Balans buzilishini – ya’ni tikilgan detallarning spiralsimon buralishi
ko’rinishida yuzaga keladi. Bu nuqsonlar kiyim balansining buzilishi natijasida ya’ni detal uzunliklarining noto’g’ri topilganligi yoki tikib yig’ishda detallar (masalan, yengning yeng o’miziga o’tkazilishida) kiyinishi natijasida vujudga keladi.
6. xarakatda seziladigan boshqa nuqsonlar. Muayyan nuqsonlarni ko’rib chiqishda uning erkin yoki tarang ekanligini aniqlash va shunga ko’ra bartaraf etish usullarini tanlash lozim.
Modellashtirish jarayonida hosil bo’lgan nuqsonlar va ularni bartaraf etish usullari
Hosil bo’lish sababi:
Gavda xususiyatlari hisobga olinmagan:
a) kuraklarning turtib turishi;
b) yelkaning pastligi
Tayyor kiyimdagi nuqsonlarga yelka choklari ort bo'lak tomonga surilgan, old bo'lak yuqori ko'tarilgan bo'lsa (1 rasm), bunda ort bo'lak bo'yi gavdaga mos emas. Bu kamchilikni yo'qotish uchun, butun yelka qirqimi va yoqa o'mizi bo'ylab moslash qo'yimini chiqarib, ort bo'lak uzaytiriladi. Agar moslash qo'yimi kam bo'lsa yoki bo'lmasa, ort bo'lakni etakdagi chok haqi hisobiga uzaytirib, yon chok bo'ylab yuqori ko'tariladi. Yeng o'mizi shuncha chuqurlashtiriladi. Yeng uchi ko'tarilib turadigan bo'lsa ( m rasm), bunda yeng qiyamasi kalta bo'lib qolgan. Bu kamchilikni yo'qotish uchun yeng qiyamasining balandligi qiyamadagi yoki yeng uchidagi tikish haqi hisobiga uzaytiriladi.
Yeng yuqori tomonidagi old qismida ko'ndalang xaltimlar bo'lsa ( n rasm), bunda: a) yeng qiyamasi tor; b) yeng noto'g'ri ko'klab o'tqazilgan. Buni yo'qotish uchun: a) yeng qiyamasi kengaytiriladi; b) yeng qiyamasining eng yuqori nuqtasi suriladi.
Ko'krakdagi qabariq joydan yuqoriroqda bo'rtma chizig'i bo'ylab kiyim shalvirab qolgan bo'lsa ( o rasm), bunda bo'rtmadagi ko'krak vitachkasi kalta bo'lib qolgan. Buni yo'qotish uchun, vitachka ko'krak qabarig'ining yuqori nuqtasigacha uzaytiriladi.
Old qism barlari ochilib ketadigan bo'lsa ( p rasm), bunda kiyim balansi buzilgan bo'ladi: a) old bo'lak uzunligining belgacha bo'lgan uzunligi ortib ketgan; b) bo'ksa aylanasi o'lchamining miqdori kamayib qolgan, kiyim bo'ksa chizig'i bo'ylab tor bo'lib qolgan.
Buni yo'qotish uchun: a) ortiqcha gazlama old bo'lak tomondan yelka chokiga qo'shilib yo'qotiladi va yoqa o'miz o'yig'i chuqurlashtiriladi; b) yon chokdagi moslash qo'yimi chiqarib yuboriladi
Old bo'lak barlari bir-biri ustiga ancha o'tib ketgan bo'lsa ( q rasm), bunda kiyim balansi buzilgan: old bo'lak uzunligining belgacha bo'lgan miqdori kamayib qolgan. Buni yo'qotish uchun, old bo'lak yelka qirqimining va yoqa o'mizining moslash qo'yimi chiqarib yuboriladi.
|