|
Mavzu: kiyimdаgi nuqsonlаrni аniqlаsh vа ularni bаrtаrаf qilish
|
Sana | 21.05.2024 | Hajmi | 8,12 Mb. | | #248213 |
Bog'liq kiyimdagi nuqson turlari Reja:
02
Nuqsonlarning kelib chiqish sabablari
03
Kiyim tikishda uchraydigan nuqsonlarni yo'qotish yo'llari
01
Kiyim tikishda uchraydigan nuqsonlar
Kiyimdagi nuqsonlar - bu buyum tashqi ko‘rinishini buzadigan taranglik, g‘ijim, keraksiz burmalar va taxlamalar, qishayishlar sifatida namoyon bo‘ladi.
TO‘QIMACHILIK NUQSONLARI
Kiyimlarda uchraydigan nuqsonlarni 3 turga bo‘lish mumkin:
TEXNOLOGIK NUQSONLAR
KONSTRUKTIV NUQSONLAR
To‘qimachilik nuqsonlari:
matoning chegaralangan joyidagi nuqsonlar:
matoning yuzasi bo‘yicha tarqalgan nuqsonlar
notekis bo‘yoq,
- arqoq ip siyrak joylar va h.k.
matoning qalinligi
Konstrkutiv nuqsonlar kiyimning o‘lchami va shakli qomat shakliga mos emasligi sababli paydo bo‘ladi.
Ular kiyimga gorizontal, vertikal, qiya taxlama, g‘ijimlar, burchak taxlamalari, muvozayatining buzulishi va dinamik nomoslik nuxsonlari sifatida nomoyon bo‘ladi.
Texnologik nuqsonlar detallarning noto‘g‘ri bichilishi, detallarni biriktirishda texnik shartlarga rioya qilinmaganligi, biriktiruvchi kertiklar surilishi natijasida konstruktiv chiziqlar shakli buzilganda nomoyon bo‘ladi.
Detallar qirqimi biriktirilishda kam kirishtirilsa yoki yetarli cho‘zilmasa, choklar qishaysa, paketni tuzuvchi astar va qotirmalar detallar bir-biriga shakli va tanda ipining yo‘nalishi mos kelmasa, tikish texnologiyasining nuqsonlari paydo bo‘ladi.
Buyumlarni shakli buzilishi namlab-isitib ishlov berish shartlariga rioya qilinmaganligi sababli paydo bo‘ladi.
Modellash nuqsonlari bazaviy konstruksiya xususiyati buzilishiga olib keladigan texnik modellash xatolari natijasida paydo bo‘ladi.
To’qimachilik nuqsonlari
Buni oldini olish maqsadida tikuv korxonalarining tayyorlov - bichish jarayonida gazlamalar sifati tekshiriladi, nuqsonlar belgilanadi va bichish jarayonida hisobga olinadi.
Bunday nuqsonlar gazlama va tikuv buyumlarining sifatiga ta’sir qiladi. Tikuv buyumlarning ko‘rinib turadigan detallaridagi nuqsonlari ularning navini pasaishiga xatto navsiz bo‘lishiga olib kelishi mumkin.
To‘qimachilik nuqsonlari: ip uzilganda va to‘qimachilik dastgoxlarning mexanizmlari nosozligi sababli to‘qimachilik nuqsonlari kelib chiqadi.
To‘qimachilik nuqsonlarga quyidagilar kiradi:
bir yoki ikki qo‘shni tanda iplarning yo‘qligi (blizna);
bir yoki ikki qo‘shni arqoq iplarning yo‘qligi (prometka yoki prolet);
ma’lum joyda tanda ip gazlama sirtida yotadi va arqoq ipi bilan o‘rilishmaydi ( nepodrabotka osnovi);
ma’lum joyda arqoq ip gazlama sirtida yotadi va tanda ipi bilan o‘ rilishmaydi(podnirka);
arqoq ip siyrak joylari (nedoseka);
arqoq ip zich joylari(zaboina);
arqoq ip siyrak joylar bilan zich joylar galma-gal kelgan joylar (nerovniy boy);
ikki tanda ip xuddi bittadek o‘rilishgan joy ( parochka);
arqoq ip qalinlashgan joy (sled utka). Bunday nuqson arqoq ipi kalava oxiridan dastalanib kelsa va shu holda o‘rilib ketsa paydo bo‘ladi;
arqoq haltalari- arqoq ip uncha tarang bo‘lmaganda paydo bo‘ladi;
qo‘sh o‘rilish (podpletini). Uch yoki undan ko‘p tanda iplari uzulib, arqoq ipiga noto‘g‘ri o‘rilishidan hosil bo‘ladi;
to‘quv dastgoxining qismlari gazlamani shikaslantirganda paydo bo‘ladigan turli o‘lchamdagi teshiklar;
kir va moy dog‘lari- to‘quv dastgoxi ko‘proq moylab yuborilganda va ehtiyot bulinmaganda paydo bo‘lishi mumkin;
to‘quv naqshining buzilishi-gazlamaning ayrim joylarida to‘quv naqshining belgilangan naqshiga to‘g‘ri kelmasligi.
3
5
4
Qiya taxlamalar detalning diagonal yo‘nalishda kichikroqligi natijasida, tor joylarda har xil yo‘nalgan kuchlar ta’siri ostida hosil bo‘ladi.
Gorizontal taxlamalar detalning gorizontal yo‘nalishda torligi yoki vertikal yo‘nalishda uzunligi sababli paydo bo‘ladi.
Vertikal taxlamalar detalning gorizontal yo‘nalishda kengroqligi yoki vertikal yo‘nalishda kaltaroqligi natijasida hosil bo‘ladi.
1
6
2
Konstruktiv nuqsonla 6 guruhga bo‘linadi:
Balans buzilishi biriktiriladigan detallar uzunligi tengsizligidan yoki biriktirish vaqtida bir-biriga nisbatan qiyshiq o‘rnatilishidan kelib chiqadi. Ushbu nuqsonlar turikiyim muvozanatini buzib, uni spiralsimon aylantirib qo‘yadi.
Dinamik nosozlik nuqsonlari odam harakatida namoyon bo‘ladi.
Burchak g‘ijimlar shakl hosil qilishda biriktirilgan detallar konturining egirligi bir-biriga nomosligi natijasida hosil bo‘ladi.
Texnologik nuqsonlar:
gazlamalarni bichishga tayyorlash jarayoni nuqsonlari;
01
tikuv jarayoni nuqsonlari;
03
gazlamalarni bichish jarayoni nuqsonlari;
02
namlab-isitib ishlov berish jarayoni nuqsonlari;
03
tayyor mahsulotni saqlash va yuklab yuborish jarayoni nuqsonlari.
01
Tarang tortilgan taxlamalar Bo’sh taxlamalar Qiya taxlamalar
|
| |