|
3—mavzu. Ultratovush diagnostikasida yangi texnologiyalar ultratovush to’lqinlari va ularning xususiyatlariBog'liq 3-lecture (2)6. Exoensefalografiya
Exoensefalografiya (grekcha echo — tovush, encephalon — bosh miya,
grapho — yozmoq, tasvirlamoq degan ma’noni anglatadi. Sinonimlari:
UT ensefalografiya, neyro- sonografiya — bosh miyani UT yordamida
tekshirish usuli. Bunda bosh miyaning yumshoq to‘qimalari, miya qutisi (bosh
suyaklari) tekshiriladi. Bosh miya to‘qimalari akustik har xil qarshilik ko‘rsatadi,
ya’ni har xil darajada UT ni qaytaradi. UT tekshirish mana shu bosh miyaning
akustik tovush qaytarish xususiyatiga asoslangan. Exoensefalografiya miyaning
hajmini, kasalliklarini (o‘sma, gematoma, absess, yotjism, kista ichi gipertenziyasi,
miyashishini aniqlashda asosiy diagnostik usul hisoblanadi. Bu usulga hech qanday
qarshi ko‘rsatmalar yo‘q va u har qanday holda qo’llanilishi mumkin.
Exoensefalografiyani UT ensefalograf apparati bajaradi. UT skanerlar bir
o‘lchamli va ikki o‘lchamli bo‘lishi mumkin. Bu usulga oldindan bemorni
tayyorlash talab qilinmaydi. Exoensefalografiya, odatda, gorizontal holatda
bajariladi, lekin bemor holatiga ko‘ra tekshiruvni stulga olingan holatda ham
bajarish mumkin.
UT datchigi akustik kontaktni ta’minlash maqsadida moyli vazelin bilan
ishlov berilib boshning kerakli sohasiga qo'yiladi (teriga ham moyli vazelin bilan
ishlov beriladi). UT toiqinlar elektr impulslarga o‘zgarib ekranda namoyon bo’ladi.
Exosignallarni olish uchun optimal shartlar: datchik yonbosh sohaga eshituv yolidan
4 — 5 sm balandga binaaurikulyar chiziq bo‘yicha qo‘yiladi. Exoensefalogrammada
boshlanglch kompleks (BK), oxirgi kompleks (OK), oraliq exo (M) va turli miya
to‘qimalaridan keladigan exosignallardan iborat.
Boshlang’ich kompleks: generator impuls va boshning yumshoq to‘qimalari, bosh
suyagi, yuza miya strukturalaridan keladigan exosignallardan iborat.
|
| |